o’qimoq va o’qitmoqdan boshqa iloj yo’qdur. Alloh tao-lo boshqalarga hajmi ibrat va
sizlarga sabr bergay” (“Padarkush”, 155-bet).
Oxirgi jumlalardagi “o’qimoq” va “o’qitmoq” so’zlariga e’tibor berilsa, ta’lim-
tarbiya ishlari faqat yoshlar o’rtasida emas, shu bilan birga, kattalar (ota-onalar) o’rtasida
ham olib borilishi lozimligi ta’kidlanadi.
Behbudiy yoshlar ta’lim-tarbiyasi haqida nima ish qilgan, qanday faoliyat
ko’rsatgan bo’lsa, hammasini, asosan, turkiy xalqlarning kelajagini porloq, o’zlarini
mustaqil, vatanni obod, el-yurtni qaramlikdan ozod etish uchun qilgan. Turkistondagi
barcha ota-onalarni ham, ularning farzandlarini ham shu ruhda tarbiyalashni ko’zda
tutgan.
Behbudiy chor Rossiyasiga qaramlikdan qutulmoq, mustaqillikka erishmoq uchun
savodxon bo’lmoq darkorligini alohida ta’kidlar, buning uchun ma’rifat o’choqlari
bo’lmish yangi usul maktablarini ko’paytirish, maktab va madrasalarda esa diniy bilimlar
bilan birga tabiiy fanlarni ham xuddi Ovro’pa mamlakatlaridagi saviyada o’qitish
g’oyasini targ’ib qiladi: «...Yahudiy, armani va boshqa ajnabiylarga poymol bo’lishimiz
yillarning o’tishi bilan lozim keluvchi bir amri tabiiydir. Zamonamizning ilm va fanidan,
ilmi di-nimiz ila birga o’qib o’zimizni din va millatimizni hifz etmak kerak va illo
Ovro’pa ashyoniy nafisasi kasabalarimizni va Ovro’pa siyosiylari vujudimizni bo’lib
yuboradilar...
...Ilmi diniy ila barcha ilmi zamoniy — ilmiy dunyoviy tahsil qilmaslik munkariz
bo’larmiz...»
62
.
Behbudiy o’zining mana shu fikrlarini amalga oshirish borasidagi ko’p qirrali va
sermahsul faoliyati davomida ma’rifatparvarlik va taraqqiyparvarlik: g’oyalarini keng
tashviq etibgina qolmasdan, balki Jomboy qishlog’ida o’qituvchilik qilib yurgan
Abduqodir Shakuriyni yollab, maktab uchun o’z hovlisining tashqarisini beradi, bolalar
esa tekinga o’qitiladi.U katta o’g’li Ma’sud bilan qizi Parvinni ham Shakuriy maktabiga
o’qishga beradi. Behbudiy o’z uyida ochilgan “usuli jadid”maktabining butun moddiy
xarajatlarini o’z gardaniga oladi «Padarkush»ning sahnaga qo’ilishidan kelgan asosiy
daromadni Samarqand, Qo’qon, Namangan, Toshkent, Kattaqo’rg’on va boshqa
shaharlardagi “usuli jadid” maktablariga hadya qildi, bu maktablar uchun o’zi
«Muntaxabi jo’g’rofiya umumiy» («Qisqacha umumiy jo’g’rofiya»), «Madxali jo’xrofiya
umro-qiy» («Ahli jo’g’rofiyasiga kirish»), «Muxtasari jo’g’rofiyai Rusiy» («Rusiyaning
qisqacha jo’g’rofiyasi»), «Kitobul aftol» («Bolalar maktubi»), «Muxtasari tarixi islom»
(«Islomning qisqacha tarixi»), «Amaliyati islom» va «Yangi hisob» darsliklarini yaratdi
va o’z mablag’iga matbaa ochib, maktab uchun darslik va qo’llanmalarini tekinga bosib
tarqatadi. Samarqanddagi birinchi musulmon kutubxonasi va qiroatxonaning asosiy
mablag’i ham uning hisobidan chiqqan edi.
Qizig’i shundaki, Mahmudxo’ja Behbudiyning hayot yo’li, uning din va jamoat
arbobi sifatidagi faoliyatida ma’rifatparvarlik va shariat uzviy birlikni tashkil etadi.
Chunki, Behbudiy faqat diniy bilimlarnigina emas, shu bilan birga, zamonaviy ilmlarning
zo’r bilimdoni, xalqni ma’rifatli qilish uchun kurash yo’lida o’z moddiy boyliklarini,
hatto jonini ayamagan shaxsdir. Professor Abdurahmon Sa’diy 1923 yilda z’lon qilgan
«Behbudiy va uning tegrasiga yig’ilgan yozuvchilar» nomli maqolasida «O’z zamonida
Turkiston jadidlarining eng faol va eng ma’lumotli rahbarlaridan edi»
63
deb ta’riflagan
bo’lsa, Fayzulla Xo’jaev o’zining «Buxoro tarixi» asarida bu fikrni rivojlantirib:
62
“Тараққий” газетаси, 1906, 7-сон.
63
Ш.Турдиев Маҳмудхўжа Беҳбудий. «Фан ва турмуш» журнали, 1989, 1- сони.
115
Do'stlaringiz bilan baham: |