«Siyosiy, ijtimoiy faoliyati va bilimining kengligi jihatidan Turkistonning o’sha vaqtdagi
jadidlaridan unga teng kelaoladigan kishi bo’lmasa kerak»
64
deb yozgan edi.
Bu gapda haqiqat bor, chunki zamonasidagi fikrlar — diniy huquq bilimdonlaridan
hech biri fikh ilmining kengligi jihatidan mufti Mahmudxo’ja Behbudiyga teng kela
olmas edi. Behbudiyning ayrim jaholatparast ruhoniylardan farqi va afzalligi shunda
ediki, u hech qachon fikhning biror qoidasi yoki yo’l-yo’rig’ini xalq manfaatlari va
ijtimoiy taraqqiyotga zarar keltiradigan tarzda talqin qilmagan. Aksincha, oyat va
hadislarga tayangan holda, shar’iy dalillar asosida jamiyatdagi davlatmand sinf
vakillarini insofga, shafqatga chorlaydi, ularning ochko’zligi va noinsofligini keskin
qoralaydi, ayni paytda ma’rifatparvar arbob sifatida mehnatkashlarning bolalarini
o’qimishli, bilimdon qilish vositasida ijtimoiy tengsizlik ildizlarini quritish mumkin
degan xayol bilan bepul yangi usul maktabi ochadi, keng xalq ommasining barcha
tabaqalarini ma’rifatli etish choralarini izlaydi, bu yo’lda shaxsiy mablag’larini beg’araz
sarf qiladi. U xalqni, millatni ma’rifatli etish yo’lidagi tadbirlar uchun o’z mablag’larini
ayagan mulkdorlarni qanchalik yomon ko’rsa, umumxalq manfaatini oyoq osti qilib,
mulkdorlar yuz-xotirini qilgan din arboblaridan ham shunchalik nafratlanadi. Biroq
Mahmudxo’ja Behbudiyning muftiylik lavozimini bunday halollik bilan ado etishi, yangi
usul maktabi ochishi va taraqqiyparvar jadidlar faoliyatini moddiy va ma’naviy jihatdan
qo’llab-quvvatlashi mutaassib ruhoniylarga hecham yoqmas edi. Shu bois 1914 yilning 3
yanvarida g’oyat mash’um hodisa ro’y berdi: Samarqanddagi Ulug’bek madrasasining
ichida joylashgan Jomeda o’qilgan juma namozidan so’ng muazzin besh-olti ming
musulmon huzurida nutq so’zlab, «usuli jadidchilarning kofirligi va har kim bolasini
usuli jadid maktabiga bersa, o’zi kofir, xotini taloq bo’lishini», jamoaga e’lon qiladi.
Uning aytishicha, bu favqulodda takfirni u ulamoning «qavmi va buyrug’i» ila e’lon
etgan. Bu shum xabar yashin tezligida butun Turkistonga tarqaladi. Mutaassib ruhoniylar
tomonidan qo’llangan bu makkorona usul jadidlarni mushkul ahvolga solib qo’ydi, o’z
bolalarini usuli jadid maktabiga bergan ota-onalar tavahhumda qoldilar. Bunday
vaziyatda eng oqilona tadbir jadidlarni diniy dalillar vositasida himoya qilmoq edi. Bu
vazifani muftiy Behbudiy yuksak mahorat bilan ado etadi. To’g’ri, zamonaning zayli
bilan dastlab ulamoning o’zi takfirdan tanishga majbur bo’ladi. Gap shundaki,
mustamlakachi ma’muriyatning Samarqand viloyatidagi Mahkamasiga mazkur takfirning
ma’naviy rahbarlari hamda muazzin chaqirtiriladi. Shunda ularning jamoadagi jangariligi
va yuqoridagi xurujidan asar ham qolmaydi, ular hayosizlarcha bu dalildan tonadilar va
almoyi — aljoyi javoblar beradilar. Natijada, Behbudiy «Oyna» jurnalining 1914 yil
yanvarida chiqqan 12-sonida e’lon qilingan «Favqulodda takfir» maqolasida sodir
bo’lgan voqea haqida zo’r taassuf bilan xabar beradi. «Oyna» jurnalining 12-sonida esa
Mahmudxo’ja Behbudiyning bu masalaga bag’ishlangan «Bizni(ng) hollar va ishlar»
maqolasida: «Ushbu nutq hukumatga ma’lum bo’lib, hukumat tarafidan Madrasai
Tillakor va Madrasai Ulug’bek mudarrislari janob mulla Imomnazar va mulla Salim ham
nutq qilg’on muazzindan so’rolibdur - Janob mudarrislar ushbu nutqdan xabarimiz
yo’q— debdurlar. Muazzin aytibdurki, men usuli jadid o’ruscha o’qumoq va yo usuli
Do'stlaringiz bilan baham: |