Buxoro davlat universiteti ijtimoiy iqtisodiy fakultet



Download 0,65 Mb.
bet22/32
Sana20.01.2022
Hajmi0,65 Mb.
#393710
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32
Bog'liq
O`yin tuzilmasi, pedagogik o`yinlar klassifikatsiyasi (Рузиева Г.)

Tayyorgarlik bosqichi: jonlantiruvchi fursat, avvalo davomiyroq rolli o‘yinlarda va tajribasiz guruhlarda (masalan, pantomima va boshq. yordamida, hech qanday bachkanaliksiz), ssenariy/mavzu (mojaro, vaziyat, rol)ni belgilash va rejalashtirish, qur’a tashlash metodi bilan bajaruvchilarni tanlash, rollarni bajaruvchilar va tomoshabinlar roziligi/tayyorgarligi, anglashmovchiliklarni tushuntirish, o‘yin qoidalari va maqsadlari bilan tanishtirish; qo‘shimcha: o‘yin materialini va kuzatuvlar natijalari/vazifalarini ro‘yxatga olish uchun anketalarni tarqatish, rekvizitni berish.

  • O‘tkazish bosqichi: tasavvurdagi sahnada rolli o‘yin (tomoshabinlar bilan bir balandlikda), imkoni bo‘lsa, tempni buzmasdan; maqsad: rol bilan tenglashtirish; texnika:

    • aylana akvarium/baliqli hovuz: bir guruh o‘ynaydi, ikkinchisi tomosha qiladi (zaruriyat bo‘lganda og‘zaki aralashishi mumkin);

    • murakkab konstruksiyali metod: bir vaqtda bir necha guruhlarda o‘yin (masalan, bir tomoshabinli 2-3 kishilik bir necha guruh, umumiy guruhda baholash);

    • rollarni almashtirish (ishtirokchilar orasida almashish);

    • rollar rotatsiyasi.

    1. Baholash bosqichi (davomiyligi bo‘yicha kamida o‘yin kabi, optimal: ikki marta davomiyroq): bajaruvchilarning o‘z rollaridan xulosalari (o‘yinda paydo bo‘lgan asabiylik yoki qiziqqonlik o‘yindan keyin qolmasligi muhimdir); barcha uchun bevosita qayta aloqa va o‘tkazish bo‘yicha tajriba almashtirish, jarayon va tarbiyani baholash; o‘z-o‘zini baholash; harakatlar va ularning sabablari/motivlari, o‘quv jarayoni samarasi, shuningdek, hissiyotlarni anglash va baholash (og‘zaki ifoda); qo‘yilgan maqsadlarni haqiqiy natijalar bilan taqqoslash; xulosa chiqarish; qo‘shimcha: bilimlarni boshqa vaziyatlarga ko‘chirish; keyingi rolli o‘yinlar (qayta ko‘rib chiqilgan /o‘zgartirilgan rollar, alternativ harakatlar hamda yechimlar imkoniyatlari); oldingi ta’lim bilan birlashtirish va kelajakdagi ta’lim rejasini tuzish; natijalarni hamda rolli o‘yin metodini ko‘chirishda cheklashlarni aniqlash.

    Baholashda qo‘llaniladigan metodlar ixtiyorida bo‘lgan vaqt (45 min.) va ishtirokchilar davrasidan (bolalar, o‘quvchilar, talabalar) bog‘liq bo‘ladi. Baholash fazasi vaqt bo‘yicha ikki qolgan fazaga etarli munosabatda bo‘lishi kerak:

    Baholashning ehtimolli metodlari/vositalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

    • kuzatuv bayonnoma;

    • so‘rovnoma (guruh yoki alohida ishtirokchini so‘rash);

    • yozma: so‘rov varag‘i;

    • og‘zaki: intervyu;

    • test (bilimlarni baholash);

    • miyaga hujum metodi, qaytar aloqa;

    • videoyozuv,

    • doska/pinvand/flipchart (kuzatuvchilarning qo‘shimchalari uchun).

    So‘rovnomaga quyidagi savollarni kiritish mumkin:

    • belgilangan ijtimoiy va o‘rganish o‘quv maqsadlariga erishish savollari (natija yoki mahsulot bahosi/o‘quv maqsadi erishilganlik);

    • o‘rganish o‘quv maqsadlari;

    • mavzu bo‘yicha maxsus kasbiy bilimlar;

    • turli guruhlar bilan qiziqishlar bo‘yicha tenglashtirish;

    • ijtimoiy o‘quv maqsadlari;

    • hamkorlik;

    • guruhda ishlashga qiziqishlar;

    • so‘z ravonligi.

    O‘qitish va o‘yinni tashkil etish bo‘yicha savollar (jarayonni baholash):

    • o‘qitishni tashkil etish;

    • ta’lim muassasi samaradorligi;

    • rolli o‘yinga vaqt sarfi;

    • guruhning optimal kattaligi;

    • o‘yinni tashkil qilish;

    • rolli o‘yinni rejalashtirish;

    • videoyozuv foydasi;

    • o‘yin qo‘llanmasi.

    Rolli o‘yin umumiy bahosi yoki umumiy tanqidi:

    • rolli o‘yindan mamnun bo‘lish;

    • bunday o‘yinda qatnashish bo‘yicha tavsiyanomalar va unga tayyorgarlik;

    • tanqid va tavsiyanomalar.

    Baholash fazasida (og‘zaki, yozma) ehtimolli savollar:

    asosiy va ikkinchi darajali ishtirokchilarga:



    • O‘zingizni hozir qanday his etyapsiz?

    • O‘zingizni rolda qanday his etasiz?

    • Nimaga aynan shunday qildingiz?

    • Bu harakatlar orqali nimaga erishmoqchi bo‘ldingiz?

    • Muammo yechimi bilan qanchalik qoniqdingiz?

    ... kuzatuvchi/kuzatuvchilarga:

    • Rollar ijrochilari o‘zlarini qanday his qilishdi?

    • Ijrochilar bir-birini tushunishdimi?

    • Rollarni taqsimlash kuzatildimi?

    • Dalillarni keltirish konstruktiv/ish bo‘yicha bo‘ldimi?

    • Rol ijrochisining qanday fikri sizga yoqdi yoki yoqmadi? Nima uchun?

    • Rollar ijrochilari nutq, mimika, imo-ishoralarni qanday qo‘llashdi?

    barchaga:

    • Muamoni yechish uchun qanday natijalar mavjud edi?

    • Qanday faktorlar X ijrochi qabul qilgan qarorga ta’sir ko‘rsatdi?

    • Yechim topish sifati qanday edi?

    • Siz o‘zingizning fikringiz va tarbiyangizni angladingizmi?

    • O‘zingizning harakatingiz/o‘qishingiz uchun qanday xulosalar qilasiz?

    • O‘yin va voqelik orasida qanday farqliklar mavjud?

    • Qanday sharoitlarda real vaziyatda o‘yin vaziyatidagidek o‘zini tutish mumkin?

    • Rolli o‘yin maqsadlariga erishish nimadan bog‘liq?

    Baholash rolli o‘yinni tashkil etishning didaktik elementi sifatida qaralishi o‘tkazishda bevosita qaytar aloqa bo‘lishi, o‘quv maqsadlariga erishilganligini baholash mezonlari asosida tekshirish muammoli mavzulari uchun ochiq metodlari qo‘llash tavsiya etildi.


    • MAKTAB O‘RTOQLIK SUDI” (ROLLI O‘YIN).

    Bu metir yordamida talaba – talabalar bilan tarbiyaviy soatlar o‘tkazish vaqtda foydalanish yaxshi natija beradi. Bu metoddan uzluksiz foydalanish maqsadida ommaviy –axborot vositalari, vaqtli matbuot nashrlari sahifalarida berilayotgan, yoshlar va ularning faoliyatlari masalasiga taaluqli bo‘lgan materiallarni o‘rganib, ularni mazmunini rolli jarayonini hosil etish orqali talaba – talabalarga namoish qilish usilidan foydalaniladi.


    • ADOLAT O‘LKASIGA SAYOHAT”.

    Bu metod rolli o‘yinlardan biri bo‘lib, uning maqsadi-talaba – talabalarning huquqiy bilimlarini chuqurlashtirish, ularda huquqiy idrok va zehnni shakllantirishdan iboratdir.

    Ushbu o‘yin bellashuv shaklida uyushtiriladi. Unda ikkita yoki to‘rtta guruh ishtirok etib bir qancha Shartlarni bajaradilar.



  • 1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish