Buyrak
parenximiyasining
o‟tkir
yallig‟lanish
sindromi.
O‘tkir diffuz glomerulonefrit (O‘GN) Bu ikkala buyrakning Yuqumli-allergik omilli yalliqlanish
bo‘lib, bunda nefron apparati koptokchasi zararlanishi bilin kechadi. Glomerulonefrit- buyrak
koptokchalari va to‘qimasining yalliqlanishi: angina, tish kariesi yoki shamollashdan keyin
rivojlanadi. Belgilari: belda og‘riq Bo‘lib, harorat kutariladi, siydik kam ajralib, rangi o‘zgaradi.
Badanda
shishlar
paydo
bo‘ladi.
Etiologiya:
O‘tkir glomerulonefritning kelib chiqishiga ko‘pincha angina, tonzillit, Yuqori nafas
organlari kasalliklari sabab bo‘ladi. Streptokokkning glomerulonefritdagi roli uning streptokokk
kasalliklaridan keyin kelib chiqqan nefritning paydo Bo‘lishini tasdiqlaydi. Lekin streptokokk
yagona etiologik omil emas. O‘GN pnevmoniyadan so‘ng ham rivojlanishi mumkin
(streptokokk, pnevmokokk), ich terlama va toshmali terlama, difteriya, brusellyoz. Ba'zi
tadqiqotchilar nefritning virusli etiologiyasini ham kursatadilar. Eng asosiy omil bu
organizmning shamollashidir. Odatda, bemor angina, faringit yoki boshqa Yuqumli kasallikdan
to‘zalgandan keyin o‘zini soppa-soq deb xisoblaydi. Xaqiqatda esa O‘GNning yashirin holati
vujudga keladi. Yashirin davrning tugashida bemorda holsizlik, chanqov, siydik ajralishining
kamayishi, ertasi kuni esa Yuzlarning bo‘rtishi paydo bo‘ladi. Ko‘pincha bemorlar bosh
og‘riqiga, havo yetishmasligi yoki bo‘g‘ilishdan shikoyat qiladilar, siydik rangining o‘zgarishi
"gusht Yuvindi rangi"o‘xshashi xosdir. O‘GNning klinik ko‘rinishini 3 sindromga bo‘lish
mumkin: shish, buyrak gipertoniyasi, siydik sindromi 70-90%.Shishlar kelishi O‘DG ning tez-tez
uchraydigan simptomi xisoblanadi. Buyrak gipertoniyasi (70-87%) qon bosimining ko‘tarilishi,
odatda, kasallikning og‘irligiga qarab har xil darajada bo‘lishi mumkin. Odatda, sistologik
bosim180 mm. s.u. gacha kutarilishi, diastolitik esa 115-120 mm s.u. gacha bo‘lishi mumkin.
Puls tekshirilganda, bradikardiya, qon bosimining kutarilishi va karotid sinusli baroreseptorlar
reflektor qitiqlanishida kelib chiqadi. Tomir urishi qattiq va tula. Ko‘p hollarda gemodinamik
bo‘zilishlar, natriy va suvning ushlanib qolishi natijasida qon sirkulyasiyasi xajmining oshishiga
olib keladi, Bu bemorlarda ortiqcha suyuqlik-shish 7-9 litrgacha bo‘lishi mumkin. Bunday
hollarda qon bosimining kutarilishi Yurak charchaydi, Yurak bushliqining kengayishi va qon
38
aylanishi doirasida etishmovchilik kuzatiladi. Qon aylanishining buzilishi natijasida taxikardiya,
nafas siqish, sianoz, ortopnoe: o‘pka auskultasiya qilinganda nam xirillash ko‘zatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |