168
Birlamchi pielonefritda buyrak va siydik yo‗llari o‗zgarmaydi. Ikkilamchi pielonefrit asosida
siydik yo‗lida siydik xarakatiga xalakit beradigan organik yoki funksional jarayon yotadi.
Birlamchi pielonefrit ikkilamchisiga karaganda ancha kam uchraydi.
Kator xollarda kasallik etarlicha davolanmagan o‗tkir pielonefrit natijasida paydo bo‗lsa, boshka
xollarda boshidanok surunkali turda bo‗lib, oson kechadi. Kasallikning boshlangich davrida
alomatlar nixoyatda kam kuzatiladi, ba‘zan kasallik boshka kasallik bo‗yicha siydik
tekshirilganda yoki surunkali byrak etishmovchiligi paydo bo‗lganda va arterial gipertoniyali
bemorlarda aniklanadi.Klinik ko‗rinishi: bemorlar tez-tez charchashdan, bosh ogrishidan,
epigastral soxaning simillab ogrishidan shikoyat kiladilar. Sababsiz sistit va dizuriya paydo
bo‗lganda yoki jarayon zo‗rayganda oshadi. kon buyrakda yalliglanish jarayonlari zo‗rayganda,
buyrak etishmovchiligi paydo bo‗lgandao‗zgaradi. ECHT ko‗pincha o‗rtacha darajada oshgan
bo‗ladi.Kasallikning kechishi xastalik ayniksa bir tomonlama bo‗lganda davom etadi.
Kasallikning kechishi kay darajada davolashga boglik. Etarli va muntazam davolash kasallik
ogirlashuvining oldini oladi. Surunkali pielonefritlar kechishi bo‗yicha bir necha turi fark kiladi:
1. Latent (yashirin davri) alomatlari kam kuzatiladi, remissiya davri kaytalanadi.
2. Gipertonik turi – gipertonik sindrom ustunligi bilan kechadi.
3. Azotemik turi – kasallik surunkali buyrak etishmovchiligi davriga etgandagina
namoyon bo‗ladi.
Surunkali pielonefritda kasallik buyrakning siydik ajratish funksiyasi uzok
saklanadi.Ko‗pincha pielonefrit gipertoniyaga olib kelishi mumkin. Ko‗pincha gipertoniyada
buyrak etishmovchiligi xam kuzatiladi. Gipertoniyani paydo bo‗lishi yalliglanish jarayonida
tomirlar va Yukstaglomerulyar apparatning xam zararlanganidan dalolat beradi. Surunkali
pielonefritda gipertoniyaga nisbatan engil kechadi.
Surunkali glomerulonefrit uzok davom etuvchi immunokompleks yalliglanish kasalligi u klassik
Brayt kasalligining klinik manzarasini namoyon kiladi, tomirli koptokchalarning tobora ko‗prok
atrofiyalanishiga olib keladi.Arterial gipertoniya va buyrak etishmovchiligini keltirib chikaradi.
Etiologiyasi: Kasallik o‗tkir glomerulonefrit natijasi bo‗lishi mumkin. SHu bilan birga immun
tabiatli SGN xam uchraydi. U zardob, vaksina, ovkat allergeni, jaroxatdan sovuk kotish sababli
paydo bo‗lishi mumkin. Bir kator nefrotoksinli dorilar xam bu kasallikni paydo kilishi mumkin
(metotsiklin, gentomitsin).
Kasallik ikki boskichda kechadi:
1. Buyrakning kompensatsiyalanish davri bunda azot chikindilari axralishi nisbatan saklangan
bo‗ladi.
2. Dekompensatsiya davri, bunda azot chikindilari ko‗pincha ushlanib koladi, klirens buziladi.
Gipertoniya surunkali buyrak etishmovchiligi, uremiya rivojlanadi. Egzetusga olib keladi.
Xastalikni kuyidagi klinik ko‗rinishlari farq qiladi.
Nefrotik shish turi.
Gipertonik turi.
Aralash (shish-gipertonik) turi.
Latent – botiniy turi.
Do'stlaringiz bilan baham: