«buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi «buxgalteriya hisobi»


Me’yoriy: iqtisodiy sikl mobaynida o’rtacha narxlar bo’yicha hisoblab chiqiladi. Joriy



Download 2,81 Mb.
bet103/139
Sana21.02.2022
Hajmi2,81 Mb.
#6306
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   139
Me’yoriy: iqtisodiy sikl mobaynida o’rtacha narxlar bo’yicha hisoblab chiqiladi.
Joriy: ma’lum hisob davrida kutilayotgan va bu davrda harakatda bo’lgan narxlar asosida hisoblashni ko’zlaydi.
Bazis: yil boshida o’rnatiladi va yil davomida o’zgarmay qoladi. Odatda ulardan narxlar indeksini hisoblash uchun qo’llaniladi.

  1. Quvvatdan foydalanish darajasiga nisbatan.

Nazariy: ulardan yaxshi yoki ideal foydalanishda subekt tomonidan erishiladi. Ular subektning maqsadi hisoblanadi, quvvatdan to’liq foydalanish, dam olish vaqtining me’yorlangan qiymatiga asoslangan, yaroqsiz, turib qolishlar, buzilishlarga vaqt sarflashni ko’zda tutmaydi.
O’tgan o’rtacha bajarish: statistik ma’lumotlar bo’yicha hisoblanadi va yaroqsiz, turib qolishlar va buzilishlarga sarflangan vaqtni hisoblaydi, ya’ni oldingi davrning hamma kamchiliklarini nazarda tutadi.
Me’yoriy bajarish: kelajak davrda me’yorlarning kutilayotgan o’rtacha darajasini ko’zda tutadi.

  1. Mahsulot chiqarish hajmiga nisbatan. Mahsulotning ishlab chiqarish hajmi standartlarni ishlab chiqarishga yondashishga birinchi darajada ta’sir ko’rsatadi.

Nazariy: subektning nazariy quvvatiga asoslangan holda oldindan belgilangan. Ularga yoki erishib bo’lmaydi, yoki bir martalik tartibda erishiladi.
Amaliy: yaxshi bajarilishda subekt tomonidan erishiladi, ular o’z darajasi bilan yaxshi bajarilishida nazariy standartlarga yaqin, ishlab chiqarishning real erishiladigan darajasiga asoslangan va qochib bo’lmaydigan yo’qotishlarga yo’l qo’yadi.
Me’yoriy: sikl mobaynida ishlab chiqarishning yuqori va past hajmining o’rtacha qiymatidan kelib chiqqan holda mahsulot chiqarishning erishish darajasida hisoblanadi.
Kutilayotgan: mahsulot chiqarishning kutilayotgan hajmida ishlab chiqarishning aniq sharoitlari asosida hisoblanadi.
Mazkur tavsif Amerika firmalarida xarajatlarning moddalari bo’yicha standartlarni o’rnatishga har xil yondashishlarning mavjudligini ko’rsatadi. Lekin har bir yondashishda qabul qilingan standartlar buxgalteriyada ishlab chiqarish jarayoni boshlanguncha standart tannarx xaritalariga umumlashtiriladi. Kartalar buyum, bu buyumni, buyurtmani tayyorlashda ishtirok etadigan ishlab chiqarish bo’linmalari va buyurtmalar bo’yicha tuziladi.
Standart-kost tizimi to’g’ri xarajatlarni boshqarish vositasi sifatida namoyish qilinadi. Bu tizimning bir necha variantlaridan foydalaniladi. Bitta variantda xarajatlar "ishlab chiqarish" schyotining debetida to’planadi va standart qiymat bo’yicha baholanadi, tayyor mahsulot xuddi shunday standart qiymat bo’yicha shu schyotning kreditidan chiqarib tashlanadi, tugallanmagan ishlab chiqarish standart qiymat bo’yicha baholanadi. Ikkinchi variantning mazmuni "Ishlab chiqarish" schyotining debetida umumlashtirilgan xarajatlar haqiqiy qiymati bo’yicha baholanishdan, schyotning kreditidan esa tayyor mahsulot standart qiymat bo’yicha chiqarib tashlanishidan iborat. Тugallanmagan ishlab chiqarish haqiqiy xarajatlardan u yoki bu tomonga chiqib ketishlarni hisobga olgan holda standart qiymat bo’yicha hisoblanadi.
Haqiqiy xarajatlarning standartlardan chetga chiqishini Amerika firmalari odatda tannarxga olib bormasdan "Mahsulot, xizmat, ishlarning realizatsiyasi" schyotiga chiqarib tashlaydilar.
Subektning quvvatlariga nisbatan standart-kost tizimini tashkil etish, standartlardan chetga chiqishlarni aniqlash va ularni chiqarib tashlash uslubiyati bo’yicha ishlar koordinatsiyasini standart-kost tizimi bilan bog’liq bo’lgan hamma bo’linmalarning vakillari amalga oshiradilar. Yanada yirik kompaniyalarda standartlarni tuzish, ularga o’zgartirishlar kiritish, hisoblash va boshqalar bo’yicha barcha ishlar jamlangan standartlar bo’linmasi tuziladi.
Standart-kost tizimi amaliyotda qo’llaniladigan xarajatlarni hisoblashning boshqa tizimiga ko’ra o’z xususiyatlariga ega. Birinchidan, vositalarni sarflash jarayonida standartlardan chiqib ketishlarni aniqlash asosi bo’lib ularni hujjatlashtirish emas, balki maxsus schyotlardagi buxgalteriya yozuvlari hisoblanadi. Menedjerlarning oldiga esa chetga chiqishlarni hujjatlashtirmaslik emas, ularga yo’l qo’ymaslik masalasi qo’yiladi. Ikkinchidan, aniqlangan chetga chiqishlarni hamma kompaniyalar ham emas, joriy standartlardan foydalanadiganlari buxgalteriya hisobida aks ettiradi. Standartlardan chetga chiqishlarni aks ettirish qismida uchinchi xususiyat bo’lib chetga chiqishlarni hisobga olish uchun maxsus sintetik schyotlarning kalkulatsiya moddalarini, chiqib ketishlarning omillari bo’yicha ajratish hisoblanadi.
Standart-kost tizimining mazkur xususiyatlari shuni ifodalaydiki, xarajatlarni boshqarish maqsadida har doim bu chetga chiqishlar, ularni hisoblash uchun, qanchalik muhimligi ko’rib chiqiladi; ular nimalarni ko’rsatadilar, qaysi muammolarni yechishda ulardan foydalanish mumkinligi; aniqlangan chetga chiqishlarning ishlab chiqarishga bo’lgan xarajatlarni tahlil qilishdagi muhimligi asosan e’tiborga olinadi.

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish