Burjua sport harakati


Osiyo, Afrika va Amerika qit'alarida jismoniy tarbiya va sport



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/101
Sana16.01.2022
Hajmi0,98 Mb.
#372522
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   101
Bog'liq
ЖТТ-узб. ЛЕКЦИИ

Osiyo, Afrika va Amerika qit'alarida jismoniy tarbiya va sport 
 
Osiyo,  Amerika  va  Shimoliy  Afrika  mamalakatlarida  qadimgi  an'analarning  uzoq 
saqlanishi bu hududlarda feodal tuzumi va jismoniy madaniyatning  sekin rivojlanishiga olib 
keldi. Shunday bo'lsada, eski an'analar zamirida yangi an'analar paydo bo'la boshladi. 
Osiyo  mamlakatlari.  O'rta  asrlarda  qadimgi  jismoniy  madaniyat  tajribalari  Hindistonda 
keng  tarqaldi.  Bunda  kurash,  kamondan  o'q  otish,  yugurish,  ot  o'yinlaridan  foydalanildi. 
Milliy  raqslar  bilan  birgalikda  xatxa-yoga  (hind  gimnastikasi),  ya'ni  gavdaning  harakat 
me'yorlari, marosim (ritual) o'yinlari va boshqalar ommalasha boshladi. 
Xitoy.  Dehqonlarning  «sariq  ro’mollilar»  deb  atalgan  mashg'ulotlari  III-V  asrlarda 
davom etib kelgan. Bunda qurolsiz jang usullari avjiga chiqqan. Chunki hukmdorlar aholidan 
qurollarni yig'ib olgan va ularni ishlatishni taqiqlagan edi. VI asrda Xitoy gimnastikasi (ushu) 
tez rivoj topdi. Bunda qo'l va oyoqlarni ishlatib jang qilish, kaft va uning qirralari bilan urish 
amalga  oshirilgan.  Min  sulolasi  hukmronligi  davrida  ushu  keng  rivojlangan  edi.  Unda  20 
xildan ortiq  qurollar va tayoqlar qo'llanilgan.  Lekin  o'q otish  qurollarining paydo bo'lishi  bu 
turlar  taraqqiyotini  ancha  pasaytirdi.  Shunga  qaramasdan,  ushu  mashqlaridan  davolash 
maqsadida  foydalanish  davom  etgan.  Xitoyda,  shuningdek,  ot  ustida  chavgon  yugurish  va 
hindlarga xos xatxa-yoga bo'yicha musobaqalar o'tkazilib turilgan. 
Yaponiya.  O'rta  asrlarda  Yaponiyada  jismoniy  madaniyatning  rivojlanishi  Samuraylar 
institutining  tashkil  etilishi  bilan  bevosita  bog'liqdir.  Samuraylar  mayda  dvoryanlarning 
harbiy-feodal  tabaqasi  bo'lib,  ularning  jismoniy  tarbiya  tizimi  (busido)  xilma-xil  kurash 
turlari: sumo, jiu-jitsu va karate, bitta yoki ikkita qilich - kendo bilan jang qilish san'ati, nayza 
ishlata  bilish  (noginata),  piyoda  va  otda  yugurishda  kamondan  o'q  otish,  marosim 
bellashuvlar, turli xil to'p o'yinlari kabi mashqlarni o'ziga mujassamlashtiigan. 
Markaziy  Amerika  xalqlari.  Yevropaliklar  mustamlaka  qilib  olgan  davrlaigacha  bu 
mintaqada  inklar,  mayya  va  aseteklar  davlatlari  mavjud  bo'lgan.  XII  asrlarda  bu 
mamlakatlarda  ma'lum  darajada  jismoniy  tarbiya  tizimi  mavjud  bo'lgan.  Bunda  davlat 
miqyosida  va  oila  sharoitida  tarbiya  berish  amalga  oshirilgan.  Tashkil  qilingan  maktablarda 
o'yinlar va boshqa jismoniy mashqlar bilan shug'ullanishgan. Kamondan o'q otish, tayoqlarni 
(nayza)  uloqtirish,  qilich  va  qalqon  bilan  ishlash  karatega  o'xshash  kurash  kabi  harbiy-
jismoniy  tayyorgarlik  amalga  oshirilgan.  Inklar  va  aseteklarda  uzoq  masofalarga  yugurish 
hayotiy  ehtiyoj  bo'lib  hisoblangan.  Ko'pchilik  o'yinlar  va  mashqlar  bu  xalqlarning  diniy 
marosimlari,  urf-odatlari  bilan  bog'liq  bo'lgan.  Shuningdek,  qabilalararo  o'yinlar,  diniy 
bayramlar,  tantanalar,  atletik  musobaqalar  tashkil  etilgan.  Butun  jismoniy  tarbiya  tizimi 
aborigen  xalqlarning  mehnat,  harbiy  va  hayotiy  turmushida  katta  o'rin  tutgan. 
Yevropaliklarning  bosqinchilik,  talon-taroj  qilish,  o'ldirish,  majburlash  kabi  harakatlari 
Amerika xalqlarining jismoniy madaniyat tizimi rivojlanishiga salbiy ta'sir etgan. 
Afrika mintaqasidagi xalqlar. O'rta asrlarda Afrika xalqlari orasida mehnat, harbiy ishlar 
va ijtimoiy turmush orqali jismoniy madaniyat shakllari belgilangan. Jismoniy tarbiya oilada, 
ovchilar  tomonidan  qabilada  va  «xudo»lar  uyida  berilgan.  Ko'pincha  musobaqalashish 
shaklida  amalga  oshirilgan.  Bunda  kamondan  o'q  otish  va  tayoqlarni  mo'ljalga  tekkizish 
(viyel),  ustunga  kim  o'zarga  tirmashib  chiqish  kabilar  qo'llanilgan.  Raqslar  bilan  birgalikda 
harbiy  mashqlar  qo'shib  o'rgatilgan.  Yoshlarni  harbiy  jihatdan  tayyorlash  maqsadida  oilada 
yoki  «xudo»larning  uylarida  qabila,  urug'  boshliqlari  rahbarligida  turli  xil  an'anaviy 
marosimlar tashkil etilgan. Bunda kurash, nayza va lappak uloqtirishdan keng foydalanilgan. 
O'g'il  va  qizlardan  iborat  yoshlarni  tarbiyalash  tizimida  tamtam  sadolari  ostidagi  an'anaviy 
(ritual) raqslar, turli harakatli o'yinlar, akrobatik mashqlar asosiy vosita sifatida xizmat qilgan. 
An'anaviy  marosimlar  kurashsiz,  chidamlilik,  epchillik,  jasurlikni  tarbiyalovchi  sport 
turlarisiz  tashkil  etilmagan.  Bu,  o'z  navbatida,  xalqlarning  jipsligi,  inoqligi,  ahilligini 
ta'minlashga  xizmat  qilgan.  Bosqinchilik  va  mustamlakachilik  tayziqi  Afrikada  milliy 
jismoniy madaniyatining ancha susayishiga sabab bo'lgan. 

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish