Burjua sport harakati


Jismoniy  tarbiya  tarixi



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/101
Sana16.01.2022
Hajmi0,98 Mb.
#372522
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101
Bog'liq
ЖТТ-узб. ЛЕКЦИИ

 
Jismoniy  tarbiya  tarixi
 
o'quv  fanining  o'zlashtirish  jarayonida  amalga  oshiriladigan 
masalalar doirasida talaba: 
-
 
nazariy va amaliy mashg'ulotlarda jismoniy harakat,  jismoniy tarbiyani  paydo bo'lish 
davrlarini rivojlanish tarixi,  
-
 
O'zbekistonda  jismoniy  tarbiya  va  sport  harakatini  rivojlantirish  tarixi  to'g'risidagi 
bilimlarga, 
-
 
 jismoniy 
tarbiya 
va 
sport 
tarixining 
asosiy 
davrlarini, 
rivojlantirish 
qonuniyatlarini bilishi kerak; 


 

 
-
 
fanni  o'rganishning  tamoillarini,  xalqaro  sport  va  olimpiya  harakati  tarixini,  uning 
rivojlanish  bosqichlari  va  asosiy  xususiyatlarini  to'g'ri  aniqlash  ko'nikmalariga  ega  bo'lishi 
kerak; 
-
 
ilmiy nazariy jihatdan olingan bilimlarni tahlil qila olish kerak; 
-
 
amaliy  mashg'ulotlarda  mustaqil  fikr  yuritishi,  mavzularga  ijodiy  yondoshish 
malakalariga ega bo'lishi kerak; 
-
 
fan bo'yicha o'zining fikr mulohazalarini to'liq, aniq bayon etishi kerak. 
          Jismoniy  tarbiya  va  sport  tarixi
 
fani  o'quv  rejasiga  kiritilgan  pedagogika, 
O'zbekiston tarixi, sotsiologiya, falsafa, tibbiy biologic fanlar, tanlangan sport turi nazariyasi 
va  uslubiyati  hamda  jismoniy  tarbiya  va  sportni  boshqarish  fanlari  bilan  uzviy  aloqada 
o'qitiladi.  
Jismoniy  madaniyat  jahon  xalqlarining  umumiy  madaniyati  mazmunidan  chuqur  o'rin 
egallamoqda.  Uni  o'qitish,  o’rganish  va  ilmiy  tadqiqot  olib  borish  bugunning  dolzarb 
muammolaridan biridir. 
O'zbekiston  Respublikasining  Prezidenti  I.A.Karimov:  «Tarixga  murojaat  qilar 
ekanmiz,  bu  xalq  xotirasi  ekanligini  nazarda  tutishimiz  kerak.  Xotirasiz  barkamol  kishi 
bo'lmaganidek,  o'z  tarixini  bilmagan  xalqning  kelajagi  ham  bo'lmaydi»,  -  deb  yangi 
tariximizga  yo'l  ochib  beidi.  Buni  yurtimizning  mustaqilligi  yillarida  amalga  oshirilgan 
ijtimoiy madaniy islohotlarning samarali natijalarida ko'rish mumkin. 
Jahon xalqlari tarixi, shuningdek, O'zbekiston xalqlari tarixida jismoniy tarbiya va sport 
tarixining ham o'ziga xos xususiyatlari hamda ijtimoiy-tarbiyaviy o'rni g'oyat kattadir. 
O'zbekiston  Davlat  jismoniy  tarbiya  instituti  (O'zDJTI)  va  Respublika  oliy  o'quv 
yurtlarininig jismoniy tarbiya fakultetlari, shuningdek, pedagogika kasb-hunar kollejlarining 
jismoniy  tarbiya  bo'limlari,  Olimpiya  o'rinbosarlari  kasb-hunar  kollejlarida  Davlat  ta'lim 
standartlari asosida «Jismoniy tarbiya va sport tarixi» fan sifatida kiritilgan. Jismoniy tarbiya 
va  sport  sohasida  mutaxassislar  tayyorlash  va  ularning  nazariy  bilim  hamda  amaliy 
malakalarini  oshirishda  «Jismoniy  tarbiya  va  sport  tarixi  hamda  jismoniy  madaniyat 
harakatini  tashkil  etish  va  boshqarish»  fani  asosiy  mutaxassislik  fanlaridan  bin  bo'lib 
hisoblanadi.  
«Jismoniy madaniyat va sport tarixi» ixtisoslikka oid maxsus fan sifatida, eng avvalo, 
milliy qadriyatlar, ijtimoiy, madaniyat taraqqiyoti natijalari, mustaqillik yillarida joriy etilgan 
qonunlar,  qarorlar,  farmonlar,  nizomlar  hamda  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 
I.A.Karimovning asarlarida asoslab berilgan g'oyalarga tayanadi. Ularni jismoniy madaniyat 
ijtimoiy-pedagogik jarayon sifatida o'ziga metodologik asos qilib oladi.  
Shuningdek,  jahon  miqyosidagi  va  O'zbekiston  sharoitidagi  jismoniy  tarbiya  va  sport 
taraqqiyoti  fanning  mazmunini  tashkil  etadi.  Bu  fan  sport  turlari  tarixi,  pedagogika  tarixi, 
jismoniy  tarbiya  nazariyasi  va  uslubiyati  hamda  boshqa  fanlar  bilan  uzviy  bog'liq  holda 
o'rganilmoqda va rivojlanmoqda.  
Jismoniy  tarbiya  va  sport  tarixi
 
fanini  o’rganishda  mutaxassis  olimlar  Rl.Ismoilov, 
Yu.S.Sholomitskiy,  RAbdumalikov,  J.T.Toshpo'latov,  A.K.Akramov,  H.A.Botirov  va 
boshqalarning  o'quv  qo'llanmalari,  ilmiy-ommabop  risolalaridan  foydalaniladi.  Ularning 
asarlariga asosan insoniyat taraqqiyotining ilk davridan boshlab to hozirgi kungacha bo'lgan 
jismoniy tarbiya tarixining rivojlanish yo'llarini o'iganish imkoniyatiga ega bo'lmoqdamiz.  
Jismoniy tarbiya harakatida mutaxassis kadrlarga bo'lgan talablar va ehtiyojlar ijtimoiy 
turmush  hamda  mehnatda,  ayniqsa,  Xalqaro  sport  harakatida  doimiy  ishtirok  etishi  muhim 
ahamiyat kasb etmoqda. O’zbekiaton Respulikasining Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida gi 
Qonuni, Ta’lim to’g’risida gi Qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, Sog'lom avlod davlat 
dasturi,  «Alpomish»  va  «Barchinoy»  maxsus  testlarini  hayotga  singdirish,  bolalar  sportini 
rivojlantirish,  o'quvchi  yoshlarning  «Umid  nihollari»,  «Barkamol  avlod»  sport  o'yinlari 
hamda  talabalar  «Universiada»larini  tashkil  qilishda  asosiy  maqsad  buyuk  kelajakning  har 
tomonlama  barkamol  avlodlarini  tarbiyalashdir.  Aholining  salomatligini  yaxshilash, 
barkamol  avlodning  ma'naviy  va  jismoniy  rivojlanishini  ta'minlashda  jismoniy  tarbiya  va 
sportning nazariy asoslarini singdirish muhim vazifalardan biri qilib qo'yilmoqda.  


 

 
Bu  jismoniy  tarbiya  va  sport  mutaxassislarining  zimmasiga  g'oyat  katta  sharafli 
mas'uliyatni  yuklamoqda. Shu sababdan jismoniy tarbiya va sport bo'yicha malakali kadrlar 
tayyorlashga  alohida  e'tibor  berilmoqda.  Jismoniy  tarbiya  va  sportining  mohiyatini 
tushuntirish, ularni targ'ibot qilish, barcha sport turlari tarixi, xalq milliy o'yinlari tarixi bilan 
tanishtirish  muhim  ahamiyatga  egadir.  Bu  yo'lda  ajdodlarimizdan  bizgacha  yetib  kelgan 
madaniy-tarbiyaviy  va  ilmiy  meroslar  mazmunidagi  jismoniy  tarbiya  hamda  uning  tarixi 
asosida ta'lim-tarbiya berishni davr taqozo etmoqda. 
O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sportning tarkib topishi va ijtimoiy tuzumlar asosida 
uning rivojlanishiga doir mukammal ishlangan o'quv qo'llanmalar darslik deyarli yo'q. 
R.Ismoilov  va  Yu.Sholomitskiy  ilk  bor  (1968)  «O'zbekistonda  fizkultura  tarixi»  o'quv 
qo'llanmani  yaratgan.  Unda  qadimgi  ajdodlarimizning  jismoniy  tarbiyasi  haqida  jiddiy 
ma'lumotlar uchramaydi. X.A.Botirov (1993) va A.K.Akramov (1997) «Jismoniy tarbiya va 
sport tarixi» ommabop va o'quv qo'llanmalarida ajdodlarimiz jismoniy madaniyati to'laqonlik 
bilan  mazmun  topmagan.  R.Abdumalikov,  J.E.Eshnazarov  «Ajdodlar  jismoniy  madaniyati 
tarixini  o'rganish  masalalari»  (1993)  o'quv  qo'llanmasida  asosan  xalq  og'zaki  ijodi 
durdonalari,  tarixiy  muzeylardagi  ashyolar,  Rossiya  olimlarining  tadqiqotlari  natijalaridagi 
ba'zi ma'lumotlarga tayangan holda mazkur muammoga ozroq bo'lsada, oydinlik kiritilgan. 
O'zbekistonning  mustaqillikka  erishgan  dastlabki  kunlaridanoq  (1991)  mamlakat 
tarixini  qayta  yoritish  va  barcha  voqeliklami  ochiq-oydin  ko'rsatish  vazifa  qilib  qo'yildi. 
Respublika  Prezidenti  I.A.Karimov  «Tarixga  murojaat  qilar  ekanmiz,  bu  xalq  xotirasi 
ekanligini  nazarda  tutishimiz  kerak.  Xotirasiz  barkamol  kishi  bo'lmaganidek,  o'z  tarixini 
bilmagan xalqning kelajagi ham bo'lmaydi» - degan so'zlari asosida «O'zbekistonning yangi 
tarixi» (3 ta kitob, 2000 y.) nashrdan chiqarildi. Tarixiy jarayonlar bu kitoblarda «Turkiston 
Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida» (1-kitob), «O'zbekiston Sovet mustamlakachiligi 
davrida»  (2-kitob),  «Mustaqil  O'zbekiston  tarixi»  (3-kitob)  o'z  nomi  bilan  asosli  ravishda 
ifoda topdi. 
Dunyodagi juda ko'p mamlakatlar hozirgi O'zbekiston va uning tarixiy o'tmishini yaxshi 
bilishadi va yanada chuqurroq o'rganish maqsadida ularning rasmiy vakillari yurtimizga tez-
tez  tashrif  buyurishmoqda.  Bu  jarayonlar  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov 
va boshqa rasmiy rahbarlar hamda mutaxassislarning 1991- 2011-yillarda chet ellarga qilgan 
rasmiy safarlarida, ayniqsa, ko'proq namoyon bo'ldi. 
Mamlakatimiz  mustaqilligining  dastlabki  yillaridayoq  I.A.Karimov  hozirgi  davrga 
yuqori  baho  bergan  edi,  ya'ni:  «Hozir  bizning  jamiyatimiz  tarixiy  chorrahada  turibdi. 
Respublikani  milliy-davlat,  ijtimoiy-iqtisodiy  va  ma'naviy  kamol  toptiruvchi  o'z  taraqqiyot 
yo'lini  ishlab  chiqishimiz  zarur.  Hozir  yashab  turganlarning  taqdirinigina  emas,  balki  ular-
ning farzandlari, nevaralarining ham taqdiri, kelajak avlodlarning taqdiri ham shunga bog'liq 
bo'ladi». 
Jahonda buyuk tarixiy o'zgarishlar yuz bermoqda. Bu yo'lda O'zbekiston mustaqil davlat 
maqomini o'z qo'liga kiritdi. Shu sababdan, mamlakatimiz jahondagi buyuk va eng taraqqiy 
etgan mamlakatlar (AQSH, Germaniya, Yaponiya, Fransiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Turkiya 
va h.k.) bilan yelkama-yelka bo'lib faoliyat ko'rsatmoqda. Shular qatorida Arab mamlakatlari, 
Hindiston,  Yevropa  va  boshqa  mintaqalardagi  davlatlar  bilan  ham  madaniy  aloqalarni 
kuchaytirmoqda. 
Milliy  madaniyat  taraqqiyotida  O'zbekiston  dunyo  davlatlari,  hatto  butun  Markaziy 
Osiyo  mamlakatlari  orasida  o'ziga  xos  xususiyatlar  O'zbekiston  o'zining  geografik  va  tabiiy 
qulayliklariga  ko'ra  qadimdan  insoniyat  tarixining  ilg'or  madaniy    markazlaridan  joy  olib 
kelgan. 



Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish