Бухоро давлат университети жисмоний маданият факультети


“ХОТИН-ҚИЗЛАР СПОРТИ: ИМКОНИЯТЛАР ВА ИСТИҚБОЛЛАР”



Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/374
Sana19.02.2022
Hajmi3,4 Mb.
#459411
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   374
Bog'liq
“Xotin – qizlar sporti imkoniyatlar va istiqbollar”

ХОТИН-ҚИЗЛАР СПОРТИ: ИМКОНИЯТЛАР ВА ИСТИҚБОЛЛАР” 
37 
уларнинг гимнастика машқлари билан шуғулланиши алоҳида аҳамиятга эгалигини таъкидлаш зарур. 
Айниқса, ҳозирги вақтда ритмик гимнастиканинг кенг ёйилиши фикримиз далилидир. 
Хулоса шуки, мамлакатимизда хотин-қизлар спортини ривожлантиришга қаратилган чора-
тадбирларни аёлларимиз чуқур англаб етсалар, қолаверса, елкаларидаги ижтимоий бурч юкини тезроқ 
ҳис этсалар, ўйлайманки, мамлакимиз нуфузи янаям ошади. 
OILADA QIZLAR SPORTNI RIVOJLANTIRISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 
Shodmonov F.Q., o’qituvchi, Atoyeva R.O., o’qituvchi, 
Buxoro davlat universiteti, Buxoro sh.
 
Bugun yurtimizda sportni rivojlantirishning o'ziga xos infratuzilmasi shakllandi. Ayniqsa, bolalar va 
xotin-qizlar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan e'tibor tufayli yurtimiz bayrog'ini baland ko'tarayotgan ayol 
sportchilarimizning jismoniy, texnik va ruhiy yuksakligini jahon sport jamoatchiligi e'tirof etmoqda. 
Mamlakatimizda xotin-qizlar qo’mitasini rivojlantirishning mustahkam huquqiy asoslari yaratilganligi bois, 
Osiyo va jahon musobaqalarida yurtimiz xotin- qizlari katta yutuqlarga erishmoqdalar. Shuningdek, 
jamiyatimida xotin-qizlar mavqeini oshirish, onalik va bolalikni tibbiy va ijtimoiy himoya qilish, ayollar 
salomatligini asrash kabi masalalar davlat siyosatining bosh ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lmoqda. Zeroki, 
ularning salomatligi, ma'naviy va ruhiy kamolotini ta'minlash oilada sog'lom turmush tarzi shakllantirishda, 
sog’lom oila institutini barpo etishda muhim o’rin tutadi.
Oilada shakllangan ma’naviy muhit bolani sportga yo’naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Oilda 
sport muhiti shakllantirish, sog'lom turmush tarsi tamoyillarni rivojlantirishga asos bo’ladi. Sport bilan 
shug’ullangan bolalarda jismoniy faollik, ratsional ovqatlanish, gigiyenik qoidalarga rioya etish, zararli 
odatlardan voz kechish kabi odatlar shakllanadi. Shuning uchun ham oilada nafaqat o’g’il bolalarni balki, qiz 
bolalarni ham sport bilan shug’ullanishlarini ta’minlash ularni jismoniy faollikka, zararli odatlardan voz 
kechish, ratsional ovqatlanish qoidalariga rioya etish kabi ijobiy odatlarga o’rgatadilar. Buning natijasida 
jamiyatning sog’lom genofondi shakllanadi. Oilada shakllangan sport muhiti bolani sportga bo’lgan 
muhabbatini uyg’otadi. Shuningdek, maktablarda turli xildagi sport to’garaklari tashkil etish o’quvchi 
qizlarning sportga bo’lgan qiziqishini ortirib, sportga nisbatan mehr uyg’otadi. Har bir mahallalarda tashkil 
etilgan sport maydonlari bilan bir qatorda ayol murabbiylar tomonidan sport to’garaklarining tashkil etilishi 
qizlar sonining ortishiga erishiladi. Oilada sportchi qizlarda sog’lom turmush tarzi odatlarini shakllantirish 
bilan bir qatorda, ularda milliy va umumbashariy qadriyatlarni shakllantirish, halollik, o'zaro hurmat – ehtirom, 
bag'rikenglik, maqsad sari intiluvchanlik kabi yuksak fazilatlarni shakllantiriladi. Bunday qadriyatlarni 
shakllantirish jamiyat bo’g’inlarini yanada mustahkamlanishiga erishiladi. 
Yurtboshimiz har bir kishi “O'zining salomatligi haqida shaxsan g'amxo'rlik qilib borish madaniyatini 
yoshlikdan, oila, maktab, mahalla, sog'liqni saqlash tizimi, jismoniy tarbiya va sportning ko'magida singdirish 
kerak”, deb bejiz aytmagan. Zero, “Sog'lom, bilimli va fidoyi farzandlari bo'lgan xalq albatta o'zining 
kelajagini barpo etadi”, degan ko'rsatmasi biz uchun dasturi amal sanaladi.
Xulosa o'rnida shuni ta'kidlaymizki, xotin-qizlarmizning sog'lom bo'lishlarida sog'lom turmush tarzi, 
milliy va umumbashariy tamoyillarni bilishlari sog’lom oila institutini mustahkamlashda dasturi amal bo’lib 
xizmat qiladi. 

Download 3,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   374




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish