4–chizma. Real mahsulot o’sishini aniqlab beruvchi omillar.
Amaliy hayotda iqtisodiy o’sishni susaytirib turuvchi omillar ham mavjud bo’ladiki, ular mehnat muhofazasi, atrof muhitning ifloslanishi kabi holatlar natijasida kelib chiqadi. Keyingi yillarda respublikamizda davlat tomonidan atrof-muhit ifloslanishining oldini olish, xodimlar mehnat sharoitini yaxshilash va sog’lig’ini muhofaza qilishni tartibga solishda muhim tadbirlar amalga oshirildi. Bu o’z navbatida iqtisodiy o’sish sur’atiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. CHunki bunday tadbirlarni amalga oshirish tegishli xarajatlarni taqozo qiladi. SHu orqali mehnat unumdorligini oshirish uchun zarur bo’lgan mablag’lar boshqa tomonga jalb qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |