4-jadval. Asosiy kapitalga investitsiyalar va ularning moliyalashtirish manbalari bo’yicha tarkibi (foizda)
Ko’rsatkichlar
|
Yillar
|
2000
|
2001
|
2002
|
2003
|
2004
|
2005
|
2006
|
2007
|
Asosiy kapitalga investitsiyalar, mln.so’m
|
744,5
|
1320,9
|
1442,4
|
1867,4
|
2473,2
|
3012,9
|
3838,3
|
5479,7
|
Jami
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
Davlat byudjeti
|
29,2
|
21,5
|
25,0
|
17,7
|
14,9
|
12,8
|
10,7
|
9,0
|
Korxonalar mablag’lari
|
27,1
|
31,0
|
40,0
|
41,8
|
43,2
|
48,5
|
48,3
|
59,0
|
Aholi mablag’lari
|
12,0
|
10,3
|
12,0
|
11,1
|
12,4
|
11,8
|
11,7
|
Hukumat tomonidan kafolatlangan xorijiy investitsiyalar
|
19,8
|
23,2
|
15,7
|
19,2
|
14,5
|
6,0
|
4,9
|
22,8
|
To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar
|
3,4
|
4,8
|
4,7
|
7,1
|
10,0
|
13,2
|
14,1
|
Bankning markazlashgan kreditlari
|
5,2
|
5,9
|
0,1
|
0,0
|
0,0
|
0,0
|
0,0
|
0,0
|
Tijorat banklari kreditlari
|
1,7
|
2,2
|
1,5
|
1,9
|
2,3
|
2,9
|
3,4
|
3,1
|
Nobyudjet fondlar mablag’lari
|
1,2
|
0,5
|
0,3
|
0,4
|
2,4
|
4,7
|
6,9
|
6,1
|
Boshqa qarz mablag’lari
|
0,4
|
0,6
|
0,7
|
0,8
|
0,3
|
0,2
|
0,0
|
0,0
|
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
Investitsiyalarga sarflar darajasini ikkita asosiy omil belgilab beradi:
1) investitsiya sarflaridan kutilayotgan foyda normasi;
2) foiz stavkasi.
Investitsiyalarga qilinadigan sarflarning harakatlantiruvchi motivi foyda hisoblanadi. Tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarini qachonki ular foyda keltiradigan bo’lsa, sotib oladilar.
Investitsiyalar darajasini belgilaydigan ikkinchi omil foizning real stavkasi hisoblanadi. Foiz stavkasi bu – real asosiy kapitalni sotib olish uchun zarur bo’lgan, band qilingan pul kapitaliga korxona to’lashi lozim bo’lgan pul miqdori hisoblanadi.
Investitsiya darajasiga kutilayotgan sof foyda normasi va foiz stavkasidan tashqari boshqa quyidagi omillar ham ta’sir ko’rsatadi:
1) mashina va uskunalarni xarid qilish, ishlatish va ularga xizmat ko’rsatish xarajatlari;
2) tadbirkorlardan olinadigan soliq miqdori;
3) texnologik o’zgarishlar.
SHunga ham e’tibor qaratish lozimki, yalpi sarflar tarkibining investitsiya sarflariga oid qismi yalpi xususiy ichki investitsiyalar deb yuritiladi. SHunga ko’ra yalpi va sof investitsiyalarni ham bir-biridan farqlash zarur.
YAlpi investitsiyalar joriy yil davomida iste’mol qilingan asosiy kapitalni qoplashga mo’ljallangan (amortizatsiya) hamda iqtisodiyotdagi kapital hajmiga har qanday sof qo’shimchalardan iborat barcha investitsion tovarlarni ishlab chiqarishni o’z ichiga oladi. Sof investitsiyalar esa joriy yil davomida qo’shimcha ravishda jalb qilingan investitsion tovarlardan iborat. Boshqacha aytsak, sof investitsiya yalpi investitsiya bilan amortizatsiya ajratmalarining ayirmasiga teng. Sof investitsiya asosiy va aylanma kapitalning o’sishini ta’minlaydi.
YAlpi
investitsiyalar
Yil boshiga YAMMning yillik hajmi Yil oxiriga
a) o’sib boruvchi iqtisodiyot
YAlpi
investitsiyalar
Yil boshiga YAMMning yillik hajmi Yil oxiriga
b) turg’un iqtisodiyot
YAlpi
investitsiyalar
Yil boshiga YAMMning yillik hajmi Yil oxiriga
v) qisqarayotgan iqtisodiyot
5-chizma. YAlpi investitsiya hamda amortizatsiya nisbati o’zgarishining iqtisodiyotga ta’siri.
YAlpi investitsiyalar bilan amortizatsiya hajmi o’rtasidagi nisbat iqtisodiyot rivojlanish holatining ko’rsatkichi hisoblanadi. Quyidagi 5-chizmada yalpi va sof investitsiyalar hamda amortizatsiya nisbati o’zgarishining o’suvchi, turg’un va qisqaruvchi iqtisodiyotlarga ta’sirini ko’rishimiz mumkin.
CHizmadan ko’rinadiki, yalpi investitsiyalar tarkibida sof investitsiyalar hajmining ahamiyatli darajada bo’lishi yil oxirida kapital hajmining o’sishiga hamda, pirovardida iqtisodiyotning o’sishiga olib keladi. Turg’un iqtisodiyot sharoitida esa yalpi investitsiyalar faqat amortizatsiya ajratmalari, ya’ni iste’mol qilingan kapitalni qoplash fondi hajmiga teng bo’lib, yil oxirida kapital miqdori o’zgarmay qoladi. YAlpi investitsiyalarning iste’mol qilingan kapitalni qoplash fondi hajmidan ham oz bo’lishi yil oxirida kapital miqdorining qisqarishiga va, buning oqibatida, iqtisodiyot ko’rsatkichlarining pasayib ketishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |