Budjet ijrosini nazorat qilish mexanizmi va uni takomillashtirish yo`llari. Reje: Kirish


Iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida budjet nazorati mexanizmini takomillashtirish masalalari



Download 0,58 Mb.
bet6/7
Sana01.02.2022
Hajmi0,58 Mb.
#423974
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi Sardor

Iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida budjet nazorati mexanizmini takomillashtirish masalalari.
Hisob palata va Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi 2019-yilning to‘qqiz oyida respublika hamda mahalliy byudjetlardan mablag‘ bilan ta’minlanadigan bir yuz yetmishdan ortiq ob’ektni birgalikda rejali tekshiruvdan o‘tkazdi.
O‘n to‘rtta olimpiya zaxiralari kollejida o‘tkazilgan jami tekshiruvlar bo‘yicha davlat byudjetiga 2,2 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi va bugungi kunda yetkazilgan zarar to‘liq hajmda undirildi.
Misol uchun, Chirchiq olimpiya zaxiralari kollejida kundalik oziq-ovqat mahsulotlarini berish bo‘yicha belgilangan normalarga rioya etmaslik oqibatida oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish uchun 238,3 mln so‘m, Urganch olimpiya zaxiralari kollejida esa 129,8 mln so‘m ortiqcha sarflanishiga yo‘l qo‘yilgan.
Namangan va Surxondaryo viloyatlari mahalliy byudjeti ijrosi bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat-tahlil ishlari natijalariga ko‘ra, qiymati 0,9 mlrd so‘mlik soliq va boshqa majburiy to‘lovlar qo‘shimcha hisoblangan.
Bundan tashqari, ushbu viloyatlarda amalga oshirilgan nazorat-tahlil ishlari natijasida ijtimoiy ob’ektlar qurishda 514 mln so‘m, infratuzilma ob’ektlarini barpo etishda 669 mln so‘m va qurilishda 3,3 mlrd so‘m noqonuniy o‘zlashtirilgan holatlar aniqlandi.
Masalan, Surxondaryo viloyati Uzun tumanida «Maxsus qurilish ta’min butlash» mas’uliyati cheklangan jamiyati pudrat tashkiloti tomonidan 360 o‘quvchiga mo‘ljallangan va 150 o‘rinli yotoqxonaga ega xizmat sohasi kasb-hunar kollejini qurishda ishlar hajmi 67,7 mln so‘mga oshirib ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, «Janubgazmaxsusmontaj» unitar korxonasi pudrat tashkiloti Namangan viloyati Kosonsoy tumanida «Obod» suv chiqarish inshootini qurishda qurilish materiallari narxi, mexanizmlar va quruvchilarning bir soatlik ish qiymati oshirib ko‘rsatilgani sababli 244,4 mln so‘m ortiqcha olingan. Namangan viloyati Pop, Chust va Chortoq tumanlarining qishloq joylarida uy-joy qurishda ishlar hajmi 155,6 mln so‘mga va sifatsiz bajarilgan ishlar hajmi 14,6 mln so‘mga oshirib yozilgani aniqlandi.
Mana shu qilinayotgan ishlarning barchasi budjet nazorati mexanizmini takomillashtirish yo`lidagi to`siqlarni bartaraf etish uchun amalga oshirilmoqda.
Byudjet tizimi bo’g’inlari o’rtasida xarajat vakolatlarini taqsimlanishi byudjetlararo munosabatlarning markaziy muammolaridan biri hisoblanadi.
Byudjet xarajatlari davlatning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy funktsiyalaridan kelib chiqqan holda jamiyat oldidagi vazifalarini amalga oshirish uchun zaruriy mablaglarni uzaro taqsimlanishini uz ichiga oladi. O’zbekiston respublikasi “Davlat byudjeti to’g’risida”gi qonuniga muvofiq markaziy xokimiyat organi va mahalliy xokimiyat organlariga tegishli biriktirilgan xarajatlar yunalishlari aniqlab berilgan.

3-rasm4.
Shuningdek, amaldagi qonunchilikka muvofiq umumiy byudjet xarajatlarini markaziy xukumat organlari va mahalliy xokimiyat organlariga biriktirilgan xarajatlar va uzaro hamkorlikda moliyalashtiriladigan xarajatlarni aniqlab beradi. Ko’rinib turibdiki, Respublika byudjetidan mustaqil ravishda moliyalashtiriladigan xarajatlarga mudofaa sohasini moliyalashtirish xarajatlari, halkaro faoliyat va davlat qarzlariga xizmat kursatish xarajatlari kiritiladi. ahalliy byudjetlardan esa uy joy kommunal xujaligi xarajatlarini moliyalashtirish buyicha xarajatlar kiritiladi.Xarajatlarning qolgan barchalari respublika va mahalliy byudjetlar tomonidan hamkorlikda moliyalashtiriladi.
Keyingi yillardagi byudjet islohotlaridagi strukturaviy uzgarishlar va yuqorida keltirilgan chizma ma’lumotlariga asoslangan holda byudjet tizimida quyidagi tendentsiyalarni kuzatishimiz mumkin:
- ijtimoiy sohalarni(ta’lim, soglikni saqlash) moliyalashtirishda mahalliy byudjetlarning salmog’i ortib bormoqda. Chunonchi, hozirgi sharoitda ijtimoiy sohalardagi umumiy xarajatlarning taxminan 86%i mahalliy byudjetlar tomonidan moliyalashtirilmokda;
- mahalliy byudjetlardan ijtimoiy sohalarni moliyalashtirish xarajatlarining o’sish tendentsiyalarida ta’lim sohasini moliyalashtirish yuqori salmoqqa ega bulmoqda;
Byudjetlararo munosabatlarni barqarorlashtirishning asosiy sharti turli darajadagi byudetlar moliyaviy bazasini shakllantirish jarayonlarini o’zaro bog’lashdir. Ular moliyaviy bazalari har bir byudjetning daromadidan tartibga soluvchi, biriktirilgan soliqlar tushumidan shuningdek yuqori byudjetdan beriladigan moliyaviy yordamlardan tashkil topadi. Barcha soliq tushumlarini hisobga olish maqsadida barcha soliqlarni respublika byudjetiga markazlashgan yig’imi va tushumi amalga oshiriladi. Undan keyin turli byudjet bo’g’inlar bo’yicha ularning taqsimoti amalga oshadi.
Byudjetlar o’rtasida daromadlarni qayta taqsimlash nuqtai-nazaridan soliqlarning bo’linishi va ularni byudjetning ma’lum bo’g’iniga biriktirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada Prezidentimiz quyidagi fikrni bildirganlar: «Muayyan byudjetlarni shakllantirish manbalari bo’lgan respublika soliqlari bilan mahalliy soliqlar o’rtasida aniq chegara o’tkazish soliq tizimini takomillashtirishning eng muhim yo’nalishidir».5
Bizning tahlil ob’ektimiz bo’lgan Toshkent shaxar byudjeti tarkibi hisoblanadi. Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, Ammo byudjet daromadlari tarkibida umumdavlat soliqlaridan me’yoriy ajratmalar mavjud. Mamlakatimizda 2017-2021 yillarga mo’ljallangan harakatlar strategiyasida inqirozga qarshi choralar dasturi dorasida amalga oshirilgan yana bir muhim tadbir – soliq yukini engillashtirish, soliqqa tortish tizimini soddalashtirish va uni unifikatsiya qilish bo’yicha xo’jalik tuzilmalarini qo’llab-quvvatlash maqsadida qo’shimcha choralar ko’rilganidir.
Mahalliy byudjetlarning daromad bazasi shakllantirishda respublika byudjetidan beriladigan subventsiyalarning salmog’i yuqoriligicha qolmoqda. Byudjet amaliyotimizda qo’llanilaytgan dotatsiya uslublari mahalliy byudjetlarning respublika byudjetiga murojaat etishi lozimligini bildirib, ularni o’z hududlaridagi boqibeg’amlik «fazilat»larini kuchaytiradi. Shu boisdan mahalliy byudjetlarni soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni byudjetlararo taqsimlashni to’g’ri yo’lga qo’yish orqali balanslashtirishga erishish lozim. Hududlarning byudjetdan amalga oshirilayotgan xarajatlarining etarli daromadlar bilan ta’minlanmaganligi, mahalliy byudjetlarni davlat tomonidan daromadlarni tartibga solishda birlamchi Respublika byudjetida yig’ilgan daromadlarni bir qismini qayta taqsimlashni talab qiladi. Bu maqsadda barcha davlatlar amaliyotida dotatsiya va subventsiyalardan foydalaniladi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq mahalliy byudjetlar defitsit bilan bashorat kilinadi. Birok byudjet ijrosi jarayonida mahalliy byudjetlar djefitsitlariga yul kuyilmaydi va defitsitlar daromadlar va xarajatlarni restrukturizatsiya kilish yoki yuqori turuvchi byudjtlar xisobiga moliyalashtiriladi. Tarli daromad bazasiga ega bulmaslik hududlardagi ijtimoiy xizmatlarga nisbatan sotsial minimumni ta’minlash imkoniyatiga ega bulinmayapdi. Natijada hududlarni iqtisodiy faolligi keskin farklanishiga olib kelinadi va aholining turli regionlarga migratsiya jarayonini sodir bulishining omillaridan biri hisoblanadi. Mazkur muammo xarajatlarning meyorlarining mavjud bulmasligi bilan belgilanadi. Hozirgi vaqtda xarajatlarning asosiy kismi ularni oldingi yildagi faktik xajmi ularga muvofiq keluvchi indeksatsiyani xisobga olgan holda bashorat kilinadi. Moliyaviy resurslarni cheklanganligi xisobiga bu meyorlarga rioya kilinmayapdi.
Aholini ijtimoiy himoya tizimlarini moliyalashtirish muammosiga aloxida tuxtalib utamiz. Ijtimoiy nafakalarni moliyalashtirish buyicha majburiyatlarni mahalliy byudjetlarga berilishi va ularni taqsimlashni mahalliy xokimiyat organlariga yuklatilishining hozirgi mexanizmlari bir kator yutuklar va kamchiliklarga egadir. Hozirgi ijtimoiy- iqtisodiy islohotlar talablaridan kelib chikib aytish mumkinki mahalliy uz-uzini boshqarish organlariga beriladigan bunday vakolat bir tomondan ijtimoiy nafakalarni adresliligini ta’minlasa ikkinchi tomondan, hududiy iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda mahallalarning rolini oshishiga olib keladi. Ammo hozirgi sharoitda byudjet resurslari xisobiga ijtimoiy nafakalarni taqsimlashning joriy nazorat tizimlarining etarli shakllanmaganligi natijasida ayrim holatlarda mablaglardan foydalanishga sub’ektiv yondashuv xamda maqsadsiz foydalanish holatlari xam mavjuddir.

Xulosa
Iqtisodiyotimizni modernizatsiya va devirsifikatsiya qilish hozirgi kunda jamiyatimizning eng asosiy muammolaridan biri. Iqtisodiy sohaning rivojlanmasligi, moliya tizimining bir chiziqda davom etishi, innovatsion texnologiyalardan foydalanmaslik jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu esa ijtimoiy sohada, oilaviy munosabatlarda vaziyatning keskinlashuvi va jamiyat miqyosida norozilikning ko`payishiga olib kelishi mumkin. Moliya tizimini innovatsiyalar orqali isloh qilish reapublikamiz iqtisodiyotini, ijtimoiy ahvolini yaxshilanishiga olib keladi desak mubolag`a bo`lmaydi. Chunki moliya tizimi davlatimizning barcha organlari, korxonalar va tashkilotlar bilan bevosita aloqador.
2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha harakatlar strategiyasining “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” va “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” da amalga oshirish davlat dasturiga muvofiq mamlakatimiz iqtisodiyoti, moliya tizimi, ijtimoiy soha va davlat boshqaruviga zamonaviy ilm-fan yutuqlari, innovatsion g`oy ava texnologiyalarni joriy etish bo`yicha kompleks chota-tadbirlar amalga oshirilishi belgilanganligini ta’kidlab o`tish lozim. Ana shu vazifalar sirasiga moliya tizimini isloh qilish hamda mazkur sohaga zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish ham kiradi. Batafsilroq to`xtaladigan bo`lsak, moliyaviy muassasalar faoliyatini xalqaro standartlarga muvofiq yanada takomillashtirish, ko`rsatilinayotgan moliyaviy xizmatlar hajmini yanada kengaytirish hamda aholining ishonchini oshirishga alohida e’tibor qaratilinayapti. Qimmatli qog`ozlar bozorini rivojlantirish, takomillashtirish bilan bog`liq dolzarb masalalarga qaraydigan bo`lsak, 2009-2011 yillarda chiqarilgan davlat qimmatli qog`ozlarining foiz stavkalari o`rtacha 5,8 foizni tashkil qilmoqda, vaholanki, o`sha davrda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi 12-14 foizga teng bo`lgan. 6 Boshqacha aytganda, qimmatli qog`ozlar jozibadorligi zaif. Doimiy va barqaror ishlayotgan davlat qimmatli qog`ozlar bozori nafaqat budjet tanqisligini qoplash, balki mamlakat moliya bozorini rivojlantirish va investitsion loyihalarni moliyalashtirishning muhim manbai hisoblanadi. Shuning uchun uni taraqqiy ettirish bo`yicha muayyan chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.
Bozor munosabatlari sharoitida moliya tizimidagi islohotlarning o`rni va ahamiyati yuqoriligini ta’kidlash lozim. Shu sababli, bank, sug`urta tizimini takomillashtirish, banklarning mustaqilligini va pul muomalasidagi ahvol uchun javobgarligini oshirish, pul-kredit munosabatlarini tartibga solish, so`mning barqarorligi va yuksak nufuzini ta’minlash sohasidagi muammolarni o`rganish, shuningdek, tegishli ilmiy xulosalar chiqarish va tavsiyalarni ishlab chiqish o`ta dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bozor munosabatlari sharoitida moliya tizimidagi islohotlarning o`rni va ahamiyati yuqoriligini ta’kidlash lozim. Shu sababli, bank, sug`urta tizimini takomillashtirish, banklarning mustaqilligini va pul muomalasidagi ahvol uchun javobgarligini oshirish, pul-kredit munosabatlarini tartibga solish, so`mning barqarorligi va yuksak nufuzini ta’minlash sohasidagi muammolarni o`rganish, shuningdek, tegishli ilmiy xulosalar chiqarish va tavsiyalarni ishlab chiqish o`ta dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bu munosabatlarni tartibga solishga, albatta, moliyaviy-huquqiy normalar orqali erishish mumkin. Bozor munosabatlarining rivojlanishi sharoitlarida davlat moliya tizimi tuzilmasida jiddiy o`zgarishlar yuz berdi. Unda yangi elementlar paydo bo`lib, ularsiz bozor va, shu jumladan moliya mexanizmining normal ishlashi amalda mumkin emas. Bu yerda gap davlat moliya tizimining shunday elementlari haqida ketyaptiki, bular davlat budjetdan tashqari jamg`armalari, qimmatli qog`ozlardir. Shu munosabat bilan huquqiy munosabatlarning yangi turlari vujudga kelmoqda, ular ajratilmasa, ko`rib chiqilayotgan moliyaviy-huquqiy munosabatlar to`liq bo`lmasligi mumkin.
Albatta, bunday holatdan tezda chiqib ketishning iloji yo`q. Bunga sekinlik bilan erishish mumkil. Ta’kidlash joizki. Iqtisodiyotni isloh qilish va diversifikatsiyalash, faol investitsiya siyosati yuritish hisobiga moliya tizimini modernizatsiyalash va texnologik jihatdan qayta jihozlash, albatta ijtimoiy va iqtisodiy sohalarimizda sezilarli o`zgarishlarni keltirib chiqaradi deb ayta olamiz.



Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish