Tijorat maqsadida keng miqyosda ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish. Bozor sharoitidagi sinovlar natijasida olingan ma’lumotlar firma rahbariyatiga shu turdagi tovarni ishlab chiqarish yoki chiqarmaslik to’g’risidagi qarorni qabul qilishga yordam beradi. Agar firma yangi turdagi tovarni kommertsiya maqsadida ishlab chiqarishga kirishsa, u holda katta sarf xarajatlar qilishga to’g’ri keladi. Butun boshli ishlab chiqarish kompleksini qurish yoki arendaga olish kerak bo’ladi. Bundan tashqari, firma birinchi yilning o’zidayoq reklama uchun 10 mln.dan 50 mln. gacha dollorlik mablag’ sarflashiga to’g’ri kelishi mumkin.
Firma yangi turdagi tovar bilan bozorga qachon, qaerga chiqishi, tovarni kimga va qanday taklif etishi kerak degan savollarga javob topishi kerak bo’ladi.
QAChON. Birinchi navbatda tovar bozorga o’z vaqtida chiqishini ta’minlash kerak. Agar elektromobil firmaning boshqa modellarini sotishga halaqit qilsa, unda yangi tovarni chiqarishni to’xtatib turish kerak. Agar elektromobilni yanada takomillashtirish imkoni bo’lsa, unda firma uchun tovarni kelgusi yili taqdim etish durustroq bo’ladi. Bundan tashqari iqtisodiy turg’unliklar vaqtida ham yangi tovar bilan bozorga chiqish maqbul emas.
QAERGA. Firma tovarni faqat bir region, bir necha region, umummilliy yoki xalqaro miqyosda ishlab chiqarishini hal qilishi kerak. Hamma firmalar ham yangi tovarlar bilan birdaniga umummilliy bozorga chiqish imkoniyatlariga ega emaslar. Odatda ular bozorni asta-sekinlik bilan ishg’ol etuvchi grafik o’rnatadilar. Xususan, katta bo’lmagan firmalar o’ziga ma’qul bir shaharni tanlab, yangi tovar taqdimotini o’tkazadilar. Shu tariqa birin-ketin boshqa shaharlar, bozorlar o’zlashtiriladi. Yirik firmalar yangi tovarni, avvalo, bir regionda, keyin boshqa region uchun chiqaradi. Umummilliy tarmoqlarga ega bo’lgan firmalar, masalan avtomobilsozlik korporatsiyalari, ba’zan yangi modellarini bir yo’la umummilliy miqyosda ishlab chiqaradilar.
KIMGA. Firma o’zlashtirilib borilayotgan bozorlarning o’zi ko’proq manfaatdor bo’lgan tomonlarini izchillik bilan rivojlantirishi kerak. Firma yangi tovarni bozor sharoitida sinash jarayonida bozor segmentini aniqlab olgan bo’lishi kerak. Bozorning birinchi darajali segmenti quyidagi to’rt xarakteristikaga ega bo’lishi eng maqbul hisoblanadi:
Turli toifalardan tashkil topishi;
Bu toifadagilar faol iste’molchi bo’lishi kerak;
Ular jamoatchilik fikrini bildirishda ilg’or bo’lib, yangi tovar haqida ijobiy baho berishlari kerak;
Ularni kam xarajat bilan og’dirib olish mumkin bo’lishi kerak.
QANDAY. Firma yangi tovarni izchillik bilan bozorga olib chiqishi rejasini tuzishi kerak. Masalan, turli tadbirlar uchun smeta tuzilishi kerak. Masalan, elektromobilni keng miqyosda bozorga olib chiqishdan oldin mashina ko’rgazma zallariga quyiladi va katta targ’ibot ishlari olib boriladi. Ko’rgazma zaliga iloji boricha ko’proq kishilarni jalb etish maqsadida turli suvinerlarni taqdim etilishini tashkil etish mumkin.
Firma har bir yangi turdagi tovar uchun, har bir yangi bozor, region uchun alohida marketing rejasini tuzishi kerak.
Turli tashkilot va muassasalar yangi turdagi tovar va xizmatlarni tashkil etish zaruriyatini borgan sari ko’proq tushunmoqdalar. Hozirgi kunda mavjud tovarlarning umri qisqarmoqda, ularning o’rnini yangi turdagi mahsulotlar bilan to’ldirish ehtiyoji tug’ilmoqda.
Ammo yangi tovar muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkin. Yangilik bilan bog’liq tavakkalchilik xavfi bo’lsa-da, shu barobarida katta foyda keltirish ham mumkin.
Yangiliklar yaratish borasida muvaffaqiyatga erishning asosi: yangi tovarlar g’oyasini shakllantirish, jiddiy tadqiqotlar o’tkazish, yangi tovarni ro’yobga chiqarish bosqichlarida to’g’ri qarorlar qabul qilish kabilarga bog’liq.
Yangi tovarni yaratish jarayoni sakkiz bosqichdan iborat, har bir bosqichning vazifasi shuki, firma maqsadiga muvofiq bo’lmagan g’oyalarni o’z vaqtida tark etish. Shunday qilib xulosa shuki, hozirgi bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida raqobat borgan sari kuchayib bormoqda. Ushbu sharoitda, ya’ni raqobatchilarni engish, foyda olish uchun doimo yangi turdagi tovarlar ishlab chiqish orqaligina iste’molchilarning talablarini qondirish mumkin. Shuning uchun ham, marketingning eng muhim masalalaridan biri yangi turdagi tovar ishlab chiqish strategiyasi puxta
o’rganish, izchillik bilan amalga oshirishni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |