Bozorni segmentlarga ajratish mezonlari
Bozor segmentlarining aniq bir turi yo’q, bozorning holatiga yaxshi moslashish uchun bozorni segmentga ajratishni bir necha usullarini birdaniga yoki alohida- alohida qo’llash mumkin. Bozorni quyidagi xususiyatlariga ko’ra segmentlarga ajratish mumkin: jo’g’rofiy, demografik va psixografik xususiyatiga ko’ra.
Jo’g’rofiy xususiyati bo’yicha segmentlash. Bozorni jo’g’rofiy xususiyati bo’yicha segmentlarga ajratish bozorni jo’g’rofiy birliklarga, ya’ni davlat, hududlar, shaharlar, jamoatlarga ajratishni talab etadi. Firma: birinchidan, bir yoki bir nechta hududlarda faoliyat ko’rsatishi mumkin. Ikkinchidan, talab va ehtiyojlarni to’g’riligini hisobga olgan holda barcha hududlarda faoliyat ko’rsatishi mumkin. Ayrim firmalar yirik shaharlarni kichik-kichik geografik hududlarga ajratishadi. Buning ham o’ziga yarasha qulayliklari bor.
Demografik xususiyati bo’yicha segmentlash. Demografik xususiyati bo’yicha segmentlash bozorni demografik o’zgaruvchilar asosida quyidagi birliklarga bo’ladi, ya’ni jinsi, yoshi, oila haj-mi, ma’lumoti, dini va millati. Demografik o’zgaruvchilar - eng ommabop omillar bo’lib, asosan iste’molchilarning guruhini farq-lashga xizmat qiladi. Ommabop bo’lishning birdan bir sababi shun-dan iboratki, tovarni iste’mol qilish intensivligi demografik belgilarga bog’liqligidir.
Oilaning yoshi va hayotiylik jarayoni. Iste’molchilarning iste’mol va xarid etish qobiliyati yoshiga nisbatan o’zgaradi. Ґattoki olti oylik chaqaloq, o’zining iste’mol etish potentsialiga nisbatan uch oylik chaqaloqdan ajralib turadi. Shuni aniqlagan holda o’yinchoq ishlab chiqaruvchi «Eleyb prodakts» firmasi o’n ikki xil o’yinchoq turini ishlab chiqdi. O’yinchoqlardan biri chaqaloq biror narsaga intilishni boshlaganda, ikkinchisi ushlab olish qobiliyati paydo bo’lganda kerak bo’ladi. Segmentlashning bunday strategiyasi ota-onaning bolaga qanday o’yinchoq olib berishiga yordam beradi.
Jins. Jins bo’yicha segmentlash avvaldan kiyimga nisbatan, sochni parvarishlash, kosmetika va jurnalga nisbatan qo’llanilmoqda. Vaqti-vaqti bilan bu segmentlashning qulayligini boshqa bozor arboblari ham aniqlashdi. Bunga yaqqol misol qilib, sigaret bozorini olish mumkin. Ko’pgina sigaret markalarining erkaklar tomonidan iste’mol etiladi, shu jumladan ayollar ham iste’mol etishmoqda. Biroq, bozorda «ayollar» sigaretasi ham paydo bo’la boshladi. Ulardan biri «Virdjiniya slims», o’zining xushbo’y xidi bilan qutida joylanishiga, reklamasiga va ovozni jozibali qilishiga qarab ajralib turadi. Natijada hozir siz erkak kishini «Virdjiniya slims» sigaretasini chekayotganligini, ayollarning esa «Malboro» chekayotganligini ko’rmaysiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |