Botanika gulli o’simliklar va o’simliklarni hayotiy shakllari


O’simliklar sistematikasi. Ra’nodoshlar, karamdoshlar, Sho’radoshlar oilasi



Download 463 Kb.
bet6/9
Sana29.05.2022
Hajmi463 Kb.
#618422
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 Gulli o’simliklar va o’simliklarni hayotiy shakllari 72 1

12. O’simliklar sistematikasi. Ra’nodoshlar, karamdoshlar, Sho’radoshlar oilasi

1.Gulqo`rgoni oddiy, ko`rimsiz, mevasi kech kuzda pishadi, o`simlik a’zolari asosan seret, bu belgilar qaysi oila uchun xos?


a) sho`radoshlar
b) tokdoshlar
c) qoqidoshlar
d) burchoqdoshlar
2. Izen, teresken kabi o`simliklar qaysi oilaga mansub?
a) sho`radoshlar
b) karamdoshlar
c) loladoshlar
d) soyabonguldoshlar
3. Itsigak o`simligi qaysi oilaga mansub?
a) sho`radoshlar
b) karamdoshlar
c) burchoqdoshlar
d) ituzumdoshlar
4. Turkiston ismalog`i uchun xos belgini aniqlang .
a) ko`p yillik bir uyli manzarali o`simlik.
b) bir yillik ikki uyli begona o`t
c) bir yillik bir uyli ayrim jinsli dorivor o`simlik
d) ko`p yillik chala butasimon o`simlik
5. O`zbekistonda quyidagi turkumlardan qaysi birining ikkta turi uchraydi ?
a) ismaloq
b) ebalak
c) sag`an
d) lavlagi
6. Sho`radoshlarga mansub o`simliklarning o`ziga xos belgilarni aniqlang?
a) gulqo`rg`oni oddiy, ko`rimsiz,organlari seret, mevasi kech kuzda pishadi
b) gullari chiroyli, xushbo`y, organlari seret, mevasi erta bahorda
c) gullari alohida – alohida o`simlikda joylashgan ikki yillik o`simliklar, gullari hasharotlar yordamida changlanadi
d) gulqo`rg`oni oddiy, gullari chiroyli, xushbo`y mevasi yoz oylarida pishadi
7. Oddiy jag`- jag o`simligining xarakterli hususiyati berilgan qatorni ko`rsating.
1. bir yillik 2. ikki yillik 3. poyasi dag`al tuklar bilan qoplangan 4. barglari murakkab va oddiy panjasimon bo`lingan 5. barglari oddiy patsimon bo`lingan 6. tarkibida K va S vitaminlar, olma, limon, kislatalari bor 7. tarkibida A va D vitaminlari bor 8. to`pbarglari ovqatga ishlatiladi 9. mevasi qo`zoq
a) 1.3.5.6.8
b) 2.3.4.7.9
c) 1.3.4.7.8
d) 2.5.7.8.9
8. Sho`radoshlar oilasiga mansub ikki yillik o`simlikni toping .
a) cherkez
b) itsigak
c) oddiy lavlagi
d) chog`on
9. Qaysi oilaga mansub o`simliklar gipsli, sho`rli cho`l o`tloqlarida o`sib, tuya va qo`ylar uchun yem – xashak hisoblanadi?
a) sho`radoshlar
b) ituzumdoshlar
c) karamdoshlar
d) qovoqdoshlar
10. Lavlagi mevasi qanday ataladi?
a) pistacha
b) ko`sakcha
c) yong`oqcha
d) rezavor
11.Sho`radoshlar oilasiga mansub yagona ildizmevali o’simlikni aniqlang.
a) sabzi
b) turp
c) sholg`om
d) lavlagi
12.Sho`radoshlar oilasiga mansub o`simliklar guruhini ko`rsating.
a) donasho`r, burchoq, tarvuz
b) oddiy lavlagi, ismaloq, saksovul
c) izen, sebarga, bodring
d) teresken, oqquray
13. Jag’-jag` qaysi hususiyatiga ko`ra qon ketishini to`xtatadi?
a) olma, limon kislatasi borligi uchun
b) to`xtatmaydi
c) antigemofil omil - K vitamini borligi uchun
d) Ca ioni borligi uchun
14. Sho`radoshlar oilasi vakillarini aniqlang.
a) karam
b) qo`ng`irbosh
c) sachratqi
d) ismaloq
15. Sho`radoshlar oilasiga mansub bir yillik, ikki uyli begona o`simlikni aniqlang.
a) shuvoq
b) turkiston ismalog`i
c) qovun
d) dalachoy
16. Qaysi oilaga masub bo`lgan o`simliklar ildizmeva hosil qiladi?
a) ra’nodoshlar
b) karamdoshlar
c) gulxayridoshlar
d) burchoqdoshlar
17. Qaysi o`simliklarning tarkibida olma va limon kislotasi bor?
a) qurttana
b) jag`-jag`
c) kurmak
b) chitir
18. Barglari deyarli bo`lmaydi, barg vazifasini bajaruvchi bir yillik novdalarining bir qismi qurib qoladi, gulqo`rg`on bargchalaridan 5 ta pardaga o`xshash qanot o`sib chiqadi.
Bunday belgilar qaysi o`simlikka xos?
a) cherkez
b) saksovul
c) juzg`un
d) itsigak
19.Nima sababdan yovvoyi olma,nok,olcha o’simliklaridan yangi navlar yaratishda keng foydalaniladi?
a) zararkunandalarga chidamliligi uchun
b) qurg’oqchilik, sovuq va zararkunandalarga chidamliligi uchun
c) payvandlangan kurtaklari tez moslashgani uchun
d) barchasi
20. Gulqo`rg`oni oddiy bo`lgan o`simliklar guruhini aniqlang.
a) jag`-jag`, turp
b) g`umay, ajriq
c) oddiy lavlagi, saksovul
d) olcha, gilos
21. Oddiy lavlagining gullari mayda, gulqo`rg`oni …
a) oddiy tojbargsimon
b) murakkab
c) o`yiq
d) oddiy kosachasimon
22. Qaysi o`simlikning bargi va mevasidan tayyorlangan dori qon bosimini tushirishda ishlatiladi?
a) momaqaldirmoq
b) zubturum
c) shirinmiya
d) cherkez
23.Qon ketishni to’xtatadigan o’simliklar guruhini belgilang.
a) cherkez, saksovul
b) mingidevona, bangidevona
c) jag’-jag’
d) sebarga, yantoq
24.Flora …
a) ma’lum bir hududda tarqalgan o`simliklar turlari majmuasi
b) ma’lum bir hududdagi o`simlik va hayvon turkumlari majmuasi
c) bir – biriga yaqin turlardan tashkil topgan sistematik birlik
d) bir – biriga yaqin turlar majmuasi
25. Hozirgi kunda yer yuzida qaysi o`simliklar guruhi hukmron hisoblanadi?
a) ochiq urug`lilar
b) yopiq urug`lilar
c) yovvoyi o`simliklar
d) madaniy o`simliklar
26.Saksovul qaysi oilaga mansub?
a) ra’nodoshlar
b) sho`radoshlar
c) ziradoshlar
d) burchoqdoshlar
27.Haqiqiy gul qaysi o’simlik guruhi uchun xos?
a) yopiq urug’lilar
b) ochiq urug’lilar
c) suvo’tlarga
d) zamburug’larga
28.Yopiq urug’li o’simliklarning boshqa o’simlik guruhlariga nisbatan yaxshiroq moslashishi va hukmron bo’lishi sabablarni ko’rsating.
1. urug’idan ko’payishi; 2.turli yo’llar bilan changlanishi; 3.qo’sh urug’lanishi; 4.urug’ining meva ichida yopiq bo’lishi; 5.ko’pchiligida urug’ining meva orqali tarqalishi; 6.urug’lanishning suvga bog’liqligi;
a) 1.2.3.4
b) 2.3.4.5
c) 1.3.5.6
d) 1.4.5.6
29. O`simliklar sistemasi uchun qanday sistematik birliklar qabul qilingan, ularning ketma – ketligini aniqlang ?
a) tur, avlod, oila, turkum, bo`lim
b) tur, turkum, avlod, bo`lim, oila
c) tur, turkum, oila, sinf, bo`lim
d) tur, oila, avlod, turkum, bo`lim
30. O`simliklar sistematkasining to`g`ri keltirilgan qatorini belgilang?
1 tur 2 oila 3 sinf 4 turkum 5 bo`lim 6 o`simliklar olami
a) 1.2.3.4.5.6
b) 1.3.2.6.5.4
c) 1.4.2.3.5.6
d) 1.5.3.2.4.6
31. Anzur piyozidagi “anzur,, so`zi quydagi qaysi sistematik birlikka tegishli?
a) tur
b) turkum
c) avlod
d) oila
32. O`simliklar sistematikasidagi eng kichik birlikni aniqlang?
a) tur
b) oila
c) sinf
d) oila va sinf
33. Ebalak o`simligi qaysi oilaga mansub?
a) sho`radoshlar
b) karamdoshlar
c) burchoqdoshlar
d) ra’nodoshlar
46. Oddiy lavlagi o`simligining gul formulasini aniqlang?
a) Og(5) Ch5U2
b) Og(5) Ch5U5
c) Og(5)Ch4 U(1)
d) Og(5)Ch5 U(3)
37. Bryussel karamining gul formulasini aniqlang?
a) K 4 T5 Ch4+2 U1
b) K5 T5 Ch5 U1
c) K 4 T4Ch4+2 U1
d) K4 T4 Ch4 U
38.Gul fo`rmulasi K4 T4 Ch4+2U1 bo`lgan o`simlikni aniqlang.
a) makkajo`xori
b) loviya
c) turp
d) kanop
39. Karamdoshlar oilasiga mansub savzavot ekinlari qaysi javobda berilgan?
a) sholg`om, turp
b) sabzi, kartoshka
c) pomidor, garmdori
d) karam, oddiy lavlagi
d) barchasi
40.O’zbekistondagi qaysi turkumga mansub 13 tur o’simlik o’sadi?
a) tobulg’i
b) ra’no
c) baxmalgul
d) g’o’za
41. Ra’nodoshlar oilasiga mansub bo`lagan o`simliklarni aniqlang.
1 na’matak; 2 bodring; 3 olma; 4 lola; 5 nok;6 do`lana; 7 tok;
a) 1.5.4
b) 2.3.5
c) 3.5.6
d) 2.5.7
42. Ra’nodoshlar oilasiga mansub bo`lgan o`simliklarni aniqlang.
a) olcha, g`o`za, karam, na’matak, olma
b) bodom, na’matak, tog`olcha, olma, maymunjon
c) o`rik, loviya, na’matak, do`lana, shaftoli
d) behi, na’matak, gilos, qurttana
43. Ra’nodoshlar oilasiga mansub o`simliklarni belgilang.
a) behi, bodom, yeryong`oq
b) malina, baqlajon, yeryong`oq
c) qulupnay, o`rik, tog`olcha
d) nok, garmdori, yeryong`oq
44. Gul formulasi K (5)T5 Ch U1-(5),∞ bo`lgan o`simliklar qaysi oila vakillari hisoblanadi?
a) burchoqdoshlar
b) ituzumdoshlar
c) karamguldoshlar
d) ra’nodoshlar
45. Nok gulli o`simliklar bo’limining qaysi oilasiga mansub?
a) karamdoshlar
b) ra’nodoshlar
c) gulxayridoshlar
d) burchoqdoshlar
46.Do`lana, shaftoli, olxo`ri turkumlari qaysi oilaga mansub?
a) burchoqdoshlar
b) ituzumdoshlar
c) boshoqdoshlar
d) ra’nodoshlar
47. Qaysi o`simlik mevasi tarkibida oshlovchi modda bo’ladi?
a) na’makak
b) baxmalgul
c) g`almas
d) ituzum
48. Nok olmadan nimasi bilan farq qiladi?
a) mevasining etida tosh hujayralar bo`lishi bilan
b) kosachabarglar va tojibarglar ko`pligi bilan
c) urug`chisi cheksiz bo`lishi bilan
d) mevasining tuzilishi bilan
49. O`zbekistonda qaysi turkumga oid 7 tur bor?
Bulardan 3 tasi yovvoyi, 4 tasi madaniy turdir.
a) ra’no
b) nok
c) olma
d) olxo`ri
50. O`zbekistonda atirgulning nechta navi ekiladi?
a) 13 ta
b) 10 mingta
c) 5 ta
d) 340 ta
51. Na’matakning gul formulasini toping.
a) Gk 4 Gt 4 Ch4+2 U1
b) Gk (5) Gt (2),2+1 Ch(9)+1 U1
c) Gk (3)+(5) Gt 5 Ch(∞) U(∞)
d) Gk 5 Gt 5 Ch U(∞)
52. Tobulg`i va kamxastak o`simliklari qaysi oilaga mansub?
a) ra’nodoshlar
b) gulxayridoshlar
c) ituzumdoshlar
d) qoqio’tdoshlar
53. Qaysi qatordagi o`simliklar ra’nodoshlar oilasiga mansub?
a) o`rik, loviya, na’matak, do`lana, shaftoli
b) akatsiya, olcha, gilos, kanop, sholg`om
c) olcha, g`o`za, karam, na’matak, olma
d) tobulg`i, kamxastak, olmurut
54. Ra’nodoshlar oilasiga mansub qaysi o`simliklarda urug`chilar ko`p bo`ladi?
1 olcha 2 olxo`ri 3 shaftoli 4 na’matak 5 malina 6 atirgul
a) 2.3.4
b) 1.2.3
c) 1.3.6
d) 4.5.6
55. Ra’nodoshlarga xos belgilarni ajrating?
1 gulqo`rg`oni murakkab, to`g`ri; 2 changchilari ko`p;
3 guljojibarglari beshta, qo`shilmagan; 4 gulqo`rg`oni oddiy; 5 gulqo`rg`oni murakkab, qiyshiq;
a) 1.3.5
b) 1.2.5
c) 2.3.4
d) 1.2.3
56.Turlarni qo`sh nomlashni fanga kiritgan olimni belgilang.
a) A. K. Linney
b) K. F. Rule
c) J. B. Lamark
d) Ch. Darvin
57. Ra'nodoshlar oilasiga qanday to'pgul shakllari xos?
1.shingil 2.qalqon 3.soyabon 4.sulton 5. kallakcha 6.boshcha
a) 1.4.3
b) 1.2.3
c) 3.4.5
d) 3.2.6
58. Ra'nodoshlar oilasi hosil qiladigan quruq mevalarni aniqlang.
a) yong'oqcha, to'pbargak
b) yong'oqcha, to'pbargak, soxta meva
c) to'pbargak, rezavor
d) to’pbargak,danakcha
59. Pekin nomli o'simlik navi qaysi turkumga mansub?
a) karam
b) piyoz
c) zira
d) atirgul
60.Bir tup achambiti o’simligida qancha urug’ yetiladi?
a) 7 000
b) 10 000
c) 100 000
d) 70 000
61. Achambitining ikkinchi nomini aniqlang ?
a) xarduma
b) ajriq
c) jag` - jag`
d) qoraqobiq
62. Quyonjun, sag`an turkumlari qaysi oilaga mansub ?
a) ituzumdoshlar
b) burchoqdoshlar
c) ra`nodoshlar
d) sho`radoshlar
63. Gk 5 Gt5 ChU1 gul formulasiga xos o’simlikni aniqlang.
a) sachratqi
b) olxo’ri
c) lola
d) achambiti
64. Qaysi yuksak o`simliklarga arxegoniy xos emas ?
a) saur
b) zuxrasoch
c) shuvoq
d) dala qirqbo`g`imi
65. Anabazin moddasi qaysi o’simlikdan olinadi va u qasi oilaga mansub?
a) keyreukdan, burchoqdoshlar
b) itsigakdan, sho’radoshlar
c) karrakdan, murakkabguldoshlar
d) cherkezdan, sho’radoshlar
66. Jag`-jag`ning ildiz bo`g`zida joylashgan (1) va poyada joylashgan (2) barglari nima bilan farqlanadi?
a) qisqa bandli b) patsimon qirqilgan c) bandsiz d) ketma-ket joylashgan
a) 1-a, d; 2-b, c
b) 1-b, c; 2-a, d
c) 1-a, b; 2-c, d
d) 1-c, d; 2-a, b
67. Qaysi o`simlikning ildiz bo`g`zida joylashgan barglar qisqa bandli, patsimon qirqilgan, poyadagi barglar esa bandsiz?
a) qora ituzum
b) yerbag`ir tugmachagul
c) achambiti
d) lavlagi
68. Itsigak qaysi o`simliklar oilasiga mansub?
a) sho`radoshlar
b) ituzumdoshlar
c) burchoqdoshlar
d) gulxayridoshlar
69. Og0-5Ch2-5U(2-5) gul formulasi qaysi oilasiga mansub?
a) gulxayridoshlar
b) tokdoshlar
c) ituzumdoshlar
d) sho`radoshlar
70. Faqatgina yopiq urug’lilarga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.
1. yorug’likka talabi kattaligi; 2. gulning bo’lishi; 3. vegetative a’zolarining rivijlanganligi; 4. qo’sh urug’lanish; 5. urug’larining qanotchali, uchar bo’lishi; 6. urug’ning meva ichida bo’lishi;
7. hayotiy shakillarining hilma xil bo’lishi; 8. namlikka talabining yuqori bo’lishi; 9. turli yo’llar bilan changlanishi
a) 1,3,5,7,9
b) 1,3,4,5,7
c) 2,3,5,7,8
d) 2,4,6,7,9
71. Qaysi belgilar ikki pallali o’simliklar uchun xos?
a) murtak ikkita urug’ pallali, popuk ildizli, poyasi kambiyli, bargi to’rsimon tomirlangan
b) murtak ikkita urug’ pallali, o’q ildizli, poyasi kambiyli, bargi parallel tomirlangan
c) murtak ikkita urug’ pallali, o’q ildizlio, poyasi kambiyli, bargi to’rsimon tomirlangan
d) murtak bitta urug’ pallali, o’q ildizli poyasi kambiyli, bargi parallel tomirlangan
72. Tanasi bir yil davomida bir nechta yillik halqa hosil qiladigan o'simlik qaysi oilaga mansub?
A) karamdoshlar
B) ra'nodoshlar
C) sho'radoshlar
D) burchoqdoshlar
73. Urug'i tarkibida zaharli moddalar saqlovchi daraxtlar qaysi oila vakillari hisoblanadi?
A) ra'nodoshlar
B) burchoqdoshlar
C) sho'radoshlar
D) ziradoshlarъ
74.Tarkibida С va К darmondorilar, olma hamda limon kislotalari bo'lgan o'simlikning nomini ko'rsating.
A) namatak
B) ermon shuvog' i
C) jag'-jag'
D) marmarak
75. Gul formulasi Og0,5Ch(2-5)U(2-5) oilada 8 ta tur O'zbekiston "Qizil kitobi"ga kiritilgan. Bu ta'rif qaysi oilaga mansub?
A) sho'radoshlar
B) karamdoshlar
C) gulxayridoshlar
D) bug'doydoshlar
76. Qaysi o'simlikning mevasi to'q qizil, uzunchoq tuxumsimon, uzunligi 2- 3 sm keladi?
A) na'matak
B) zira
C) tugmachagul
D) jag'-jag'
77.Anor qaysi oila va qaysi turkumga mansub?
A) ra'noguldoshlar oilasi, anor turkumi
B) tokdoshlar oilasi, tok turkumi
C) anordoshlar oilasi, anor turkumi
D) ra'noguldoshlar oilasi, na'matak turkumi
78. O'zbekistonda quyidagi qaysi o'simlikning 7 turi o'sadi, hammasi yuqori sifatli oziqbop va guli asalshiraga boy o'simliklar hisoblanadi?
A) yantoq
B) nok
C) sebarga
D) qo'ng'irbosh
79. Yer yuzasida gulli o'simliklarning nechta oilasi mayjud?
A) 380
B) 533
C) 13000
D) 206
80. O’zbekistonda qaysi o’simlik turkumining 13 turi o’sadi?
A) sebarga
B) bo’ritaroq
C) tugmachagul
D) na’matak
81. Nok o’simligiga xos bo’lmagan javobni toping?
A) O’zbekistonda 7 ta turi o’sadi
B) soxta mevasi tosh hujayralarni saqlaydi
C) nisbatan sekin o’suvchi daraxt
D) to’pgul hosil qilmaydigan o’simlik
82. Ebalak, quyonjun qaysi oila vakillari hisoblanadi?
A) burchoqdoshlar
B) karamdoshlar
C) sho’radoshlar
D) murakkabguldoshlar
83. Faqat yopiq urug’lilarga xos bo’lgan xususiyatni aniqlang.
A) ildiz, poya va bargga ega
B) chang xosil qiladi
C) qo’sh urug’lanish
D) barcha javoblar to’g’ri
84 Bargi va mevasidan tayyorlanadigan dori qon bosimini tushurushda ishtirok etadigan o’simlik qaysi oilaga taalluqli?
A) karamdoshlar
B) sho’radoshlar
C) qoqio’tdoshlar
D) ra’nodoshlar
85. Oddiy shingil hosil qiladigan o’simlikni toping.
A) zubtrum
B) qora ituzum
C) qashqarbeda
D) sebarga
86. Ra’noguldoshlar oilasiga … turkumlar kiradi.
A) do’lana, na’matak, bodom
B) gilos, yong’oq, olma
C) chuchmoma, o’rik, nok
D) kamxastak, gilos, oqquray
87. Karamdoshlar oilasi uchun xos belgilarni ajrating.
1) tik poya; 2) o`rmolovchi poya; 3) bargi oddiy; 4) bargi murakkab;
5) gulqo`rg`oni oddiy; 6) gulqo`rg`oni murakkab; 7) to`g`ri gul;
8) qiyshiq gul; 9) shingil to`pgul; 10) ro`vak to`pgul
A) 2,4,5,7,9
B) 1,3,5,8,10
C) 2,4,6,7,10
D) 1,3,6,7,9
88. Jag'-jag' va suv qaroqchisi uchun umumiy bo'lgan javobni ko'rsating.
A) bo'yi 10-30 sm
B) bir yillik o't
C) to'pgul hosil qiladi
D) O'zbekistonda 2 ta turi o'sadi
89. Quyida berilgan gul formulalardan qaysilari ra’noguldoshlar oilasiga tegishliemas?
1) Gk(5)Gt5ChU; 2) Gk5Gt5Ch5U1; 3) Gk(5)Gt(5)Ch5U1; 4) Gk(5)Gt5ChU1; 5) Gk(5)Gt5Ch U(5); 6) Gk(3)+(5)Gt5Ch(∞)U(∞)
a) 1,2,5,6
b) 1,4,5
c) 1,3,5
d) 2,3,6
90. Nok o’simligiga xos hususiyatlarni ko’rsating.
1) tanasi eniga va bo’yiga sekin o’sadi; 2) tanasi eniga va bo’yiga tez o’sadi; 3) oddiy bargli; 4) murakkab bargli; 5) chin meva; 6) soxta meva; 7) to’pguli shingil; 8) to’pguli qalqon; 9) gulqo’rg’on bo’laklari qo’shilgan; 10) gulqo’rg’on bo’laklari qo’shilmagan; 11) urug’chi chanchiga nisbatan uzunroq; 12) urug’chi chanchiga nisbatan qisqaroq.
a) 2,4,5,7,9,11
b) 1,3,6,8,10,12
c) 2,4,6,8,9,12
d) 1,4,5,7,10,11
91. Gulida juda ko`p urug`chi va changchilar saqlaydigan o`simliklarni toping?
1- na`matak 2- ismaloq 3- yerbag`ir tugmachagul 4- yasmiq 5- tabiy tok 6- qamish 7- qulupnay
a) 1,3,4,6
b) 1,2,5
c) 1,3,7
d) 1,2,3,5,7
92. Sho’radoshlarga tegishli meva turlarini ko’rsating.
a) qo’zoq, yong’oqcha, ko’sak
b) qanotchali, yong’oqcha, rezavor
c) yong’oqcha, qanotchali, sanchuvchi
d) qanotchali, ko’sak, yong’oqcha, rezavor



Download 463 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish