Boshlang`ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish ta`lim yo‘nalishi 4-kurs 403/5-guruh talabasi Esanova Amina Qodiboy qizining



Download 3,87 Mb.
bet3/11
Sana04.02.2022
Hajmi3,87 Mb.
#429072
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Esanova Amina Qodiboy qizi

Kurs ishining maqsadi: Boshlang’ich sinflarda matematika darslarida miqdorlarni o`rganish.
Kurs ishining vazifalari:
- oʻquvchilarnimiqdorlarni o'rganish metodikasiga oʻrgatish;
- miqdorlarni o'rganish metodikasini tahlil qilish va tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishining ob’yekti: Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Boshlang’ich sinf matematika darslarida oʻquvchilarni miqdorlarni o`rganishning uslubiy asoslari.
Kurs ishining amaliy ahamiyati: Kurs ishida keltirilgan metodik tavsiyalardan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari foydalanishlari mumkin.
Kurs ishi kirish, 4 ta paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
ASOSIY QISM


1. Miqdorlarni o'rganish metodikasiga umumiy tavsifnoma
Matematikada o'rganiladigan asosiy tushunchalardan biri miqdor tushunchasidir. Boshlang'ich sinflarda uzunlik, jismning massasi va hajmi, vaqt, figuraning yuzi kabi miqdorlar o'rganiladi. Boshlang'ich sin­flarda bu miqdorlarni asosiy miqdorlar deyiladi. Bundan tashqari bosh­lang'ich sinf o'quvchilari ba'zi hosilaviy miqdorlar (tekis harakat tezligi va boshqalar) bilan ham tanishadilar. Hosilaviy miqdorlarni o'rganishda ularni o'lchash masalasi o'rganilmaydi. Mavzu bo'yicha talabalarning bilimi va unga bo'lgan talablar:

  • maktabning qaysi sinflarida matematika kursi (fani)ni bo'yicha o'quvchilar qanday miqdorlar va ularning o'lcham birliklari bilan tanishishlari lozimligini;

  • boshlang'ich sinflarda miqdorlar haqida tushunchalar tasav­vurlarini shakllantirishga umumiy yondashishni bilishi kerak va shuningdek:

  • uzunlik, massa, hajm, vaqt va maydonlarni o'rganishda o'quvchilarda miqdorlar haqida tasavvurni shakllantirish uchun umumiy yondashuvni qo'llay ola bilishi;

  • maqsad sari yo'naltirilgan amaliy ishlarni tashkil eta bilishi;

  • miqdorlarni o'rganishda turli xil vositalardan foydalana olishi;

  • o'quvchilarda o'lchash bilan bog'liq ko'nikmalarni shakllanti­rish metodikasini amalda qo'llay olishi lozim.

Miqdorlar, xuddi raqamlar kabi boshlang'ich sinflarda mate­matika mashg'ulotlarinig asosiy tushunchasi bo'lib, bolalarda miqdor haqida predmetlar va voqealikka aloqador va o'lchov bilan bog'liq sifat tasavvur hosil qilish uchun foydalaniladi.
1-2-sinflarda o'quvchilar uzunlik, massa, (og'irlik) hajm, vaqt haqida va ularning o'lchov birliklari haqida tasavvurga ega bo'ladilar. Misollarni yechish jarayonida ular baho, qiymat, miqdor, narx, tezlik, masofa, unumdorlik tushunchalari bilan tanishadilar.Mavzuni o'rganish jarayonida shunga erishish zarurki, o'quvchilar o'zaro bog'liq, ammo mutlaqo boshqa-boshqa, mazmunga ega bo'lgan «miqdor» va «raqam» tushunchalarini aniq farqiga bora olishlari kerak. Masalan, sim o'ramidan bir bo'lak kesib olib, o'lchash birligi detsimetrdan foydalanib, 1 dm, 2 dm, 3 dm, ..., ...20 dm kabi uzunliklami belgilab boramiz. Ya'ni mazkur o'lcham birligini sim uzunligi bo'yicha ketma ket qo'yish bilan o'lchaymiz va tegishli nomi bilan - (20 dm) yozib qo'yamiz.Agar boshqa o'lcham birligi, masalan, santimetrdan foydalangan bo'lsa, miqdoming raqam belgisi o'zgacha bo'lganiga erishamiz.Bu raqamni ham tegishli nomi bilan (200 sm) yozib qo'yamiz. Metr o'lcham birligidan foydalansak mazkur miqdoming yana bir raqamli ko'rinishga ega bo'lamiz (2 m).Raqam va o'lchamlar tushunchalarini o'zaro farqlash uchun bu bosqichda mazkur yordamlardan nihoyatda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak bo'ladi. 78,40,11,99 kabi misollarda belgilarni qo'llash bilan bog'liq mashqlarnii shakllantirishda, aynan raqamlarning (sonlarning) o'zini solishtirish zarurligi 23 sm, 2 dm, 5 dm, 1 m kabi mashqlami yechishda esa miqdorlar taqqoslashayotganligi qayta-qayta ta`kidlanishi lozim.
Miqdor va son (raqam) iboralami qo'llash bilan bog'liq boshqa mashqlar ham shu kabi aniq va tushunarli ifodalanishi kerak. Ma­salan; «385 va 481 sonlarini qo'shing», yoki «3 m 85 sm hamda 4 m 81 sm miqdorlami qo'shing» kabi.
U yoki bu miqdor haqida tasavvurni shakllantirish va ularni o'lchash usullari o'ziga xoslikka ega bo'lsa ham, har bir miqdorni o'rganishda umumiy bosqichlarni alohida ta'kidlash maqsadga muvofiq bo'lar edi. O'qituvchi har bir miqdorlami o'rganish jarayonida ana shularga tayanib, o'quvchilar faoliyatini quyidagicha tashkil etishi mumkin.
Miqdorlarni o'rgatish bo'yicha metodik sxema:

    1. Bolalarda mavjud mazkur miqdorlar haqidagi tushunchalami aniqlash (bolalarning hayotiy tajribasiga murojaat etish).

    2. Bir xil nomli miqdorlami solishtirish (chamalab ko'rinish, solishtirish, taqqoslash, o'lchash va boshqa xil usullar bilan).

    3. Mazkur miqdorning o'lchov birligi va o'lchov asboblari bilan tanishtirish.

    4. O'quvchilarda o'lchash ko'nikmalari hosil qilish.

    5. Bir xil nomdagi miqdorlami qo'shish va ayirish (Masalalarni yechish jarayonida).

    6. Miqdorlaming yangi o'lchov birliklari bilan tanishtirish, bir nomdagi miqdorlami boshqa o'lchov birliklariga aylantirish. Ikki bir xil nomli o'lchov birliklarini bitta ikki nomli o'lchov birligiga aylan­tirish va aksincha.

    7. Ikki xil nomli miqdorni qo'shish va ayrish.

    8. Miqdorlarni sonlarga ko'paytirish va bo'lish.

Turli miqdorlar haqida tasavvurlarni shakllantirish maqsadida turli amaliy mashqlar va misollar bajariladi, namoyish etiluvchi va alohida ko'nikmali vositalardagi foydalaniladi. Bu ish barcha o'quvchilar ishtirokida, alohida-alohida har bir o'quvchi bilan va gu­ruh usulida amalga oshiriladi. O'quvchilar «Miqdor» tushunchasining asosiy belgilarini turli xil amaliy mashg'ulotlar davomida va turli xil muammoli sharoitlar tufayli o'zlashtirib oladilar.
Miqdorlar va ularning o'lchov birliklari bilan tanishuv nafaqat amaliy ahamiyatga ega mashq, ayni vaqtda u o'quvchilarda hayotiy muammolarni ko'ra bilish imkoniyattini shakllantirish va shu bilan ularning bilishga qiziqish ishtiyoqini rivojlantirishga imkon beradi.
Dastlabki bosqichda o'qituvchi o'quvchilar mazkur miqdor haqida qanday tasavvurga ega ekanligi bilan qiziqadi. Bu maqsadga ikkita bir xil rangli, ammo turlicha uzunlikka ega bo'lgan qalamlar olib, o'quvchilarga ularni ta'riflab berishni taklif etadi.O'qituvchi bolalarning javobini yo'naltiruvchi savollar bilan ularning diqqatini aynan qalamlarning uzunligiga qaratadi, ya'ni ularning biri uzunroq, ikkinchisi esa qisqaroq ekanligini, qalamlarni bir-biriga taqqoslash yo'li bilan isbotlashga erishadi. O'qituvchi bunday mashqlarni yana boshqa predmetlarda, modellar, rasmlarda davom ettirib, o'quvchilarda har bir predmet uchun zaruriy bo'lgan sifat - uzunlik bo'lishini, ularni bir-biriga taqqoslash yo'li bilan va chamalash yo'li bilan aniqlash mumkinligini tushuntiradi.
Turli kesmalarni taqqoslash uchun o'lchamlardan foydalanish o'quvchilarning o'lchash jarayoni zaruriyatini anglashga tayyorlaydi. Masalan: doskada uzunliklari 90 sm va 120 sm bo'lgan ikki chiziq tortiladi. Bu chiziqlarni shunday joylashtirish kerakki, ularning qay biri uzun va qisqa ekanligini darhol asoslab berish iloji bo'lmasin (ularni taqqoslash iloji yo'q). O'qituvchi o'quvchiga uzunligi 30 sm bo'lgan o'lchamni berib, uning yordamida chiziqlarni bir - biriga taqqoslashni so'raydi. Erishilgan natija 3<4 tufayli shunday xulosaga kelinadiki, chiziqlarning birinchisi ikkinchisidan qisqaroq ekan.Aynan, shunday mashq uzunligi 15 sm bo'lgan o'lcham bilan ham bajariladi. Natija 6<8 tufayli yana ilgarigi yakun - birinchi chiziq ikkinchisidan qisqaroq ekanligi ta'kidlanadi.
Keyingi o'quvchiga birinchi o'lchamni ikkinchi chiziqqa qo'yib, ikkinchi o'lchamni esa birinchi chiziqqa qo'yib o'lchashni tavsiya etadi. Ana shu kabi amaliy mashg'ulotlardan so'ng o'quvchilar uzunlikni o'lchash uchun o'lchov birligi - santimetrni qo'llash zarurligi haqidagi xulosaga olib kelinadi. O'qituvchi bolalarni chizg'ich (lineyka) bilan tanishtirib, chizg'ich yordamida kesmalaming uzunligini o'lchash qoidalari tushuntiriladi. O'quvchilar bir nomdagi o'lchamlarda berilgan uzunliklarni qo'shish va ayirish, kesmalarini uzaytirish va qisqartirish, ularni taqqoslash, uzunliklar umumiy yig'indisi (jamlamasi) ni topish kabi mashqlarni bajaradilar. Kesma uzunligi tushunchasi predmetlarni uzunligi bo'yicha taqqoslash asosida kiritiladi. Amaliy ishlar so'zlar yordamida ifodalanishi bilan kuzatiladi. Uzunliklari bo'yicha "teng", "teng emas" so'zlarining mazmunlari "bir xil", "uzunroq", "qisqaroq" kabi so'zlar bilan ifodalanadi.
1-sinfda santimetr, metr, detsimetr, kilogramm, ... o'lchovlari o'rganiladi.
O'quvchilar sm haqida ayoniy tasavvur hosil qilishlari uchun sm modelini katakli qog'oz varag'idan foydalanib tushuntiriladi o’quvchilar:

  1. Berilgan kesmani o'lchash.

  2. Berilgan uzunlikdagi kesmani yasash (chizish) masalasini hal qilishlari kerak.

Bu masalani yechishning 2 ta usulini ajratish mumkin. Birinchi usul - ustiga qo'yish usuli. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, o'lchanayotgan yoki olinayotgan kesma santimetrining modellari bilan qoplanadi va ularning soni sanab chiqiladi. Bunday ish bolalarning har biri sm ni "payqashlarida", sezilarli yordam beradi.
Ikkinchi usul - qo'yib borish usulini ketma-ket bajarish.O'quvchilar o'lchashda chizg'ichdagi chiziqlarni emas, balki kesmaga o'lchov necha marta joylashishini aniqlashni o'rganib olganlaridan so'ng raqamlar bilan belgilashadi.
O'quvchilarni uzunlikni yangi birligi detsimetr bilan tanishtirishda ikkinchi o'nlikni o'rganish munosabati bilan boshlanadi. Detsimetr modeli yordamida o'lchashga doir ba'zi mashqlarni keltiramiz.
Topshiriq I. Chiziqchadan foydalanib o'lchov ishlarini olib borish usullarini bolalarga tushuntiring.
Amaliy mashqlar davomida detsimetr va metr kabi yangi o'lchov borliklari kirib keladi. Bu o'lchamlar o'rtadagi munosabat mashqlar yo'li bilan bolalar ongida o'rnashib qolishiga erishiladi.


Download 3,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish