1- nazorat ishi . Yod aytish
Tekshirilishi lozim bo’lgan BKMlar soni va nomi
1. Asar muallifini bilish. ( B )
2. So’zlarni to’g’ri talaffuz qilib yoddan aytish. ( K ) 3.Ketma –ketlikni buzmasdan aytish. ( B )
4.Tinish belgilariga rioya qilib yod olish. ( K )
5.She’rni his –hayajon va ohangiga ahamiyat berish. (M )
2- nazorat ishi. Hikoya yozish
O`zbekiston – Vatanim manim
Foydalanish uchun so`zlar: xushmanzara, bahavo, jannatmakon, tuprog`I zar, mustaqil yurt
3- nazorat ishi. Hikoya yozish
O`lkamizda kuz
Foydalanish uchun so`zlar: oltin kuz,meva, poliz, to`kin sochin,barglar, qushlar, dehqon, paxta, hasharchilar.
4- nazorat ishi. Insho
Inson odobi bilan go’zal
Reja
1.Salomlashish odobi.
2.Eng ulug` fazilat.
3.Insondagi yaxshi fazilatlar va yomon illatlar.
4.Donolarning hikmatli o`gitlari.
5- nazorat ishi
Test
1.3-sinf o’qish kitobi qaysi bo’limdan boshlanadi? A) Istiqlolim-istiqbolim. B) O’zbekiston – vatanim manim. D) Vatan ostonadan boshlanadi.
2.1991-yilning qaysi kuni “mangulikka tatigulik kun” deb ataladi. A)2-iyul. B) 21-oktabr. D) 31-avgust.
3.Sen o’zbek elining farzandi
Istiqlol yurtining dilbandi… Ushbu misralar qaysi she’rdan olingan. A) Iqboli buyuksan. B) Istiqlol bolalari. D) Serquyosh o’lka.
4.Qodir boboning kasbini kim egallar ekan? A) nevarasi. B) o’g’li. D) qizi.
5.“Istiqlol bolalari” she’rining muallifi kim? A) Abdulla Oripov. B) Dilshod Rajab. D) Zafar Diyor.
6.Qishlog’ining haritasini birinchi bo’lib kim chizdi? A) Rasul. B) Samad. D) Akasi.
7.Bulbul chamanni sevar, odam vatanin. Maqoli mazmunan qaysi she’rlarga mos keladi. A) Gulg’unchalarmiz. B) Serquyosh o’lka. D) A va B javoblar to’g’ri.
.Shukur Sa’dullaning “Kuz” she’rida “oltin oqar daladan” misrasida nima haqida yozilgan. A) suvning tiniq oqishi. B) Paxtaning oppoq ochilishi. D) Yer osti boyliklari.
9.Har bir faslning o’zini qiyosiy o’xshatishlari mavjud. Kuz faslini qanday atash mumkin. A) Saxovatli kuz. B) Oltin kuz. D) a va b javoblar to’g’ri.
10.Bolalar polizga nima uchun borishdi? A) polizni ko’rgani. B) sayr qilgani. D) qovun sayliga.
11.Qovunlarning turlarini belgilang. A) umrboqi,ko’kalapish,doniyor. B) qo’zivoy, D) charos,husayn, kelinbarmoq.
12.Shoir Sulaymon Rahmon dehqonni nima deb ataydi? A) mohir inson. B) yer naqqoshi. D) barakali inson.
13.“Salomlashish odobi” matnini kim yozgan? A) Yusuf xos Hojib. B) Husayn vaz Koshifiy. D) A. Navoiy.
14.Necha xolatda salom berish kerak. A) 7. B) 6. D) 9.
15.Bilimsiz kishilar nimaga o’xshatiladi? A) qurigan daraxtga. B) hayvonga. D) aqlsiz insonga.
16.Ota qimmatbaho uzugini qaysi o’g’ilga topshiradi? A) to’ng’ich o’g’il. B) o’rtancha o’g’il. D) kenja o’g’il.
17.O’rtancha o’g’il qanday yahshi ishni amalga oshiradi? A) olmos topib, egasiga topshiradi. B) cho’kayotgan bolani qutqaradi. D) yomonlikka yahshilik qaytaradi.
1 .Hokim otboqarni qanday mukofotladi? A) dorga ostirdi. B) katta amal berdi. D) qimmatbaho sovg’a berdi.
19.“Har kim ekkanin o’rar” she’rini yana qanday nomlash mumkin. A) qaytar dunyo. B) o’g’il va nevara. D) chol va sahro.
20.Odamdan nima qoladi? Mavzusi mazmuniga mos maqol yozing. __________________________________________________________.
21.Salom qanday ma’noni anglatadi?____________________________.
22. Safarga ketayotgan kishi do’stiga nima qoldirib ketadi?___________.
23.Omonat egasi xaltachani olib kimning oldiga bordi?______________.
24.Vatan haqida maqol yozing. _________________________________.
25.“Gulg’unchalar” deganda shoir Muhiddin Omon kimlarni nazarda tutgan? _________________________________________________.
Do'stlaringiz bilan baham: |