17- nazorat ishi. Diktant
Anhorda
Yozning issiq kunlari edi. Sobir, Salim, G`ani anhorga borishdi.Sobir yechinib suvga tushdi va anhorda baliqdek suzib ketdi. Salimning havasi keldi. Lekin suzishni bilmasdi. Sobir suvdan chiqdi. Salimning oldiga keldi. Issiq qumga yotib oldi.
Salimga juda alam qildi. Kiyimini yechib, anhorga sakradi. Og`ziga suv kirib, nafasi qaytib ketdi. Oyoq-qo`llarini chapillatdi. Shu payt uni kimdir suvdan tortib oldi. Salim qarasa,G`ani ekan. U akasiga mahkam yopishib oldi. Yig`lamoqchi bo`ldi-yu, ammo uyaldi. ( 72 ta soz) Topshiriq; Fe`llarni tagiga chizing.
Do'stlaringiz bilan baham: |