Masalalarni jadval tuzib yechish
Tezlik, vaqt va masofani hisoblashga doir masalalarni yehishda ular orasidagi bog`lanishlardan foydalaniladi:
Masofa = vaqt ∙ tezlik, S = v∙t
Vaqt = masofa : tezlik, t = S:v
Tezlik = masofa : vaqt, v = S:t
Hisoblashlarni bajarib jadvalni to`ldiring ( zarur hollarda soatni minutlarda ifodalang):
Masofa
|
380 km
|
Tezlik (km/soat)
|
20
|
30
|
40
|
50
|
60
|
72
|
80
|
90
|
Vaqt (soat)
|
198
|
|
|
|
|
|
|
|
Hisoblashlarni bajarib, jadvalni to`ldiring (zarur hollarda kilometrni metrelarga aylantiring):
Masofa
|
520 km
|
Vaqt
|
5
|
6
|
8
|
10
|
12
|
15
|
18
|
20
|
Tezlik (km/soat)
|
104
|
|
|
52
|
|
|
|
|
Hisoblashlarni bajarib, jadvalni to`ldiring:
Vaqt
|
1soat
|
2 Soat
|
2 Soat
|
2 soat
|
3 soat
|
4 soat
|
5 soat
|
7 soat
|
Tezlik (km/soat)
|
140
|
80
|
60
|
46
|
48
|
39
|
24
|
20
|
Mas.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Tezlik kamayishi bilan ma’lum masofani (140 kmni) bosib o`tish uchun ketadigan vaqtning ortishiga, ammo ularning ko`paytmasi o`sha (140 km) masofaga teng bo`lishiga e’tibor bering.
Uchrashma yo`nalishdagi harakatga doir masalalar
Masala. Nozima va Naimaning uylaridagi masofa 550 metr. Ular bir vaqtda uylaridan chiqib bir-biriga qarab kela boshlashdi. Nozima 1 minutda 60 metr, Naima esa 1 minutda 50 metr yo`l yuradi. Qizlar qancha vaqtdan keyin uchrashadi?
Yechish. 1) qizlar 1 minutda bir-birlariga necha metr yaqinlashadi? 60 m+ 50m=110m
2) Qizlar qancha vaqtdan keyin uchrashadi? 550:110=5 (min). Javob: 5 minutdan keyin.
Agar jismlar (poyezdlar, velosipedlar, odamlar...) bir-biriga qarab harakatlanayotgan bo`lsa ularning yaqinlashish tezligi ular tezliklarining yig`indisiga teng bo`ladi.
A va B shaharlar orasidagi masofa 480 km. Bu shaharlardan bir vaqtda bir-biriga qarab ikki avtomobil yo`lga chiqdi. Ulardan birining tezligi 75 km/soat, ikkinchisining tezligi esa 85 km/soat.
a) ular bir-biriga qanday tezlik bilan yaqinlashadi? 1 soatdan keyin ular orasidagi masofa necha km bo`ladi?
b) avtomobillar necha soatdan keyin uchrashadi?
75 km/soat 85 km/soat
480 km
A va B qishloqlar orasidagi masofa 78 km. Bu qishloqlardan bir vaqtda bir-biriga qarab ikki velosipedchi yo`lga chiqdi. Birinchi velosipedchining tezligi 12 km/soat. Bir soatdan keyin ular orasidagi masofa 52 km bo`ldi. Ikkinchi velosipedchining tezligini toping.
A va B shaharlar orasidagi masofa 650 km. Bu shaharlardan bir vaqtda bir-biriga qarab ikki poyezd yo`lga chiqdi. Birinchi poyezdning tezligi 60 km/soat, ikkinchi poyezdniki 70 km/soat. a) poyezdlar necha soatdan so`ng uchrashadi? b) uchrashishga 1 soat qolganda ular orasidagi masofa necha kilometr bo`ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |