Boshlang`ich sinflarda matematika fanining o`qitish jarayonida induksiya


"Yuzlik" ichida masalalar ustida ishlash metodikasi



Download 331,5 Kb.
bet37/57
Sana11.11.2020
Hajmi331,5 Kb.
#52140
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   57
Bog'liq
Boshlang`ich sinflarda in

"Yuzlik" ichida masalalar ustida ishlash metodikasi

1. Murakab masalalar bilan birinchi tanishuv.

Murakkab masalalarning ba'zi xillarini yechish. O'quvchilar sodda masalalar shartini analiz qilish va shu asosda amal tanlash malakasini egallab olganlaridan keyin murakkab masalalarni yechishga o'tish mumkin.

Analiz va sintez, bir tomondan, bilish jarayonlari bo'lib, barcha aqliy faoliyat turlari pirovard natijada ularga keltiriladi. Mana shu jihatdan ular psixologiyaning o'rganish obyektlaridir. Bu tadqiqotlarning asosiy natijalari didaktikada ishlab chiqilgan o'qitish tamoyillari va usullari asosida yotadi.

Ikkinchi tomondan, analiz va sintez fanda yangi bilimlarni hosil qilishning mantiqiy yo'llaridir. O'rta maktab o'quvchilarining bu yo'llarni egallashlari o'quv materialini faol o'zlashtirish, mantiqiy,! ijodiy fikrlashni rivojlantirishning zaruriy sharti ekanligi ravshandir. O'quvchilarni analiz va sintezga o'rgatish vazifasi ko'p darajada boshlang'ich sinflarda matematikani o'qitishda hal etilishi lozim.

Matematikada analiz deyilganda asosan isbotlanayotgan da'vodan rostligi ilgari isbotlangan yoki isbotsiz qabul qilingan da'volarga olib keladigan fikrlash tushuniladi. Analiz isbotning tuzilishiga emas, balki faqat uning g'oyasiga olib keladi.

Sintez, bu topilgan isbotlash g'oyasi asosida rost da'volar shartida berilgan ma'lumotlardan qanday qilib isbotlanayotgan da'vo hosil bo'lishini ko'rsatuvchi fikrlashdir.

Boshlang'ich sinflarda analiz va sintezdan bilim bo'lagi sifatida foydalanish sohasi arifmetik xossalar, tenglamalar va isbotlashi talab etiladigan jumlalar to'plamidan iboratdir.

Masala shartini analiz qilish malakasini tarkib toptirishning bir qator imkoniyatlari mavjud. Shulardan misollar keltiramiz, mustaqil bajaring:

1. O'quvchilar bir tup pomidordan 2 kg, ikkinchisidan birinchisiga qaraganda 1kg ortiq pomidor terishdi. O'quvchilar ikkinchi tupdan qancha pomidor terishgan?

2. O'quvchilar bir tupdan 2 kg, ikkinchisidan esa birinchisiga qaraganda 1 kg kam pomidor terishdi. O'quvchilar ikkinchi tupdan qancha pomidor terishgan?

3. O'quvchilar bir tupdan 2 kg, ikkinchi tupdan 1 kg pomidor terishdi. O'quvchilar ikkala tupdan qancha pomidor terishgan?

4. O'quvchilar bir tupdan 2kg, ikkinchisidan 1kg pomidor terishdi. O'quvchilar birinchi tupdan ikkinchisiga qaraganda necha kg pomidor ortiq terishgan?

O'qituvchi o'quvchilarga bir qator shunday masalalarni berib, ulardan qo'shish (ayirish) amali bilan yechiladigan masalalarni ko'rsatishni talab qiladi. Masala shartining tola analizini bolalarda shakllantirish kerak, bunda shunday vaziyat topish kerakki, masala savoliga e'tibor berish shart bo`lsin. Misollar keltiramiz:

1. Olimning qancha puli bo`lgan? Uning o'zida 50 so'm bo'lgan va unga onasi yana 20 so'm bergan.

2. a) Bahromda 3 ta olma, Valida 5 ta olma bor. Ularning buvisida qancha olma bor? b) Hovlida 4 ta o'g'il bola o'ynayotgan edi, ularga yana 3 ta qiz kelib qo'shildi. Hovlida nechta qiz bola o'ynay boshladi? Birinchi masalada bolalar uchun nima berilganini va nimani topish kerakligini aniqlash qiyin, chunki masalaning berilganlari bilan savoli o'rin almashib qolgan. Keyingi ikkita masala hazil masaladir. Bunda bolalaning butun e'tibori masala savoliga qaratilishi kerak.

Murakkab masalalarni qarashga o'tishda birinchi qadamdan boshlaboq bolalar o'z oldilariga qo'yilgan masalaning yangiligi nimadan iborat ekanini “payqash" imkonini berish kerak.

Murakkab masalalar bilan tanishtirishni aynan qaysi xil masaladan boshlashga nisbatan ikki xil nuqtai nazar mavjud. Birinchi nuqtai nazarga ko'ra, ishni sonni bir necha birlik kamaytirishga doir va yig'indini topishga doir sodda masalalarni o'z ichiga olgan murakkab masalalardan boshlash ma'qul. Masalan: "Qo'g'irchoq teatriga bir maktabdan 6 ta o'g'il bola, ulardan 2 ta kam qiz bola keldi. Qo'g'irchoq teatriga qancha bola kelgan? Ikkinchi nuqtai nazarga ko'ra, ishni yig'indi va qoldiqni topishga oid sodda masalalarni o'z ichiga olgan murakkab masalalardan boshlash kerak. ,, Birinchi sinf (shuningdek, ikkinchi, uchunchi sinf) darsligida sonni bir necha biriik orttirish (kamaytirish)ga doir sodda masalalarni olgan murakkab masalalar ko'plab berilgan. Masalan: "Naima 23 ta yong'oq, Qumri undan 6 ta ortiq, Ozoda esa Qumridan 9 ta kam yong'oq topdi. Ozoda nechta yong'oq topgan?" Masala shartini qisqacha bunday yozish mumkin:

N. - 23 ta yong'oq. Q. - ?, N. dan 6 ta ortiq. O. - ?, Q. Dan 9 ta kam.



Yechilishi: (23+6) - 9 = 29 - 9 = 20 (yong'oq).

Javob: 20 ta yong'oq.

Qaralayotgan mavzuda qo'shish va ayirish amallari xossalarini qo'llanishiga doir masalalar katta o'rin oladi.




Download 331,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish