Bolalar adabiyoti o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/128
Sana01.07.2021
Hajmi2,56 Mb.
#106728
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   128
Bog'liq
Bolalar adabiyoti. Majmua (Mamasoli Jumaboyev)

K. I. Chukovskiy
(1882 —1969)
Korney Ivanovich Chukovskiy „Timsoh“ asari bilan o‘tgan
asrning 10- yillarida kitobxonlarga tanildi. 1918- yilda uning „Archa“
to‘plamining bosilib chiqishi katta voqeaga aylandi.
„Moydodir“, „Suvarakxon“, „Doktor Voyjonim“, „Tele-
fon“, „Fyodor o‘tkazgan alam“, „O‘g‘irlangan quyosh“ asarlari
hamon qayta-qayta dunyo tillariga tarjima qilinib, chop etilmoqda.
DOKTOR VOYJONIM
(parcha)
DOKTOR VA UNING HAYVONLARI
Bir doktor bor edi. U juda rahmdil odam bo‘lib, oti Voyjonim
edi. Uning Varvara degan badjahl bir singlisi ham bor edi.
      Doktor hammadan ko‘ra hayvonlarni yaxshi ko‘rardi. Uning
javonida quyonlar yashardi.  Shkafida olmaxon, divanida tiprati-
kan, sandig‘ida oq sichqonlar turardi. Shu uyning o‘zida qari  ot,
uning yonida sigir yashardi. Doktor Voyjonim hamma hayvonlari-
dan ham Kika o‘rdakni, Avva itni, kichkinagina Xur-xur
cho‘chqani, Karudo to‘tini va Bum boyo‘g‘lini yaxshi ko‘rardi.
Doktor Voyjonimning uyida shuncha hayvonlar bo‘lgani
uchun singlisi Varvara unga do‘q qilib:
— Bularingni hoziroq yo‘qot! Ular faqat uylarni bulg‘atadi,
xolos. Bu iflos sichqon va cho‘chqalar bilan birga turishni
istamayman! — deb baqirdi.
Doktor unga qarab:
— Yo‘q, Varvara, ular iflos emas. Ular mening uyimda
turganiga juda xursandman, — dedi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


3 0 0
Doktorga ko‘rinish uchun dunyoning hamma yog‘idan bemor
cho‘ponlar, kasal baliqchilar, o‘tin kesuvchilar, dehqonlar
kelishardi, doktor ularning har qaysisiga dori berardi, ular darrov
tuzalib ketishardi.
Mabodo bironta qishloqi bolaning qo‘li chiqsa yoki burni qonasa
bormi, u darrov doktor Voyjonimning oldiga yugurib kelardi —
qarabsizki, o‘n minutdan  keyin u hech narsa ko‘rmaganday soppa-
sog‘, xushchaqchaq, to‘ti Karudo bilan bekinmachoq o‘ynab ke-
tardi, boyo‘g‘li bo‘lsa uni shirinlik va olmalar bilan ziyofat qila
boshlardi.
Bir kuni doktor oldiga juda qari bir ot keldi-da, sekingina:
— Lama-vonoy-fifi-ku-ku! — dedi.
Doktor buning otlar tilida nima ekanini darhol payqadi. Buning
ma’nosi: „Mening ko‘zim og‘riyapti. Marhamat qilib, menga
ko‘zoynak bering“, — degani edi.
Doktor hayvonlar tilida gapirishni allaqachonlar o‘rganib olgan
edi. U otga qarab:
— Kapuki-kapuki! — dedi.
Otlar tilida bu: „Marhamat, o‘tiring!“ — degani edi.
Ot o‘tirdi. Doktor unga ko‘zoynak taqdi, shu bilan otning
ko‘zi tuzalib qoldi.
— Chaka! — dedi ot, dumini silkitib, keyin ko‘chaga chopib
chiqib ketdi.
Ot tilida „Chaka“ degani  — „Rahmat“ degani bo‘ladi.
Ko‘zlari xiralashib qolgan hamma hayvonlar doktor Voyjonim-
dan tezda ko‘zoynak oladilar. Otlar, sigirlar, mushuklar va itlar
ko‘zoynak taqib yura boshladilar. Hatto keksa qarg‘alar ham
inlaridan ko‘zoynaksiz uchmadilar.
Doktorga ko‘rinish uchun keladigan hayvon va qushlar
kundan-kun ko‘payaverdi.
Toshbaqalar, tulkilar va echkilar kelaverdilar, turnalar va
burgutlar uchib keldilar. Doktor Voyjonim ularning hammasini
davolayverdi, lekin hech qaysisidan pul olmadi, chunki it, qarg‘a
va ko‘rshapalakda pul nima qilsin!
Tezda o‘rmondagi daraxtlarga shunday e’lonlar yopishtirildi:
Qushlar-u hayvonlarga
Kasalxona ochilgan.
Ko‘ringani u yerga
Boring albatta tezdan!
www.ziyouz.com kutubxonasi


3 0 1
MAYMUN CHICHI
Bir kuni kechqurun, barcha hayvonlar uxlab yotgan paytda
doktor eshigini allakim taqillatdi.
— Kim u? — deb so‘radi doktor.
— Men, — deb javob qaytardi past ovoz bilan birov.
Doktor eshikni ochdi, uyga oriq va iflos bir maymun kirdi.
Doktor uni divanga o‘tqizdi-da:
— Qayering og‘riydi? — deb so‘radi.
— Bo‘ynim! — dedi-da, maymun yig‘lab yubordi.
Shu gapdan keyingina doktor uning bo‘ynida arqon borligini
ko‘rdi.
— Men yovuz sharmankachining
1
 qo‘lidan qochdim, — dedi-
da, maymun yana yig‘lab yubordi. — Sharmankachi meni urdi,
qiynadi va arqonga bog‘lab qayoqqa borsa, o‘sha yoqqa sudrab
bordi.
Doktor qo‘liga qaychi olib, arqonni qirqdi va maymunning
bo‘yniga shunday ajoyib malham surtdiki, uning bo‘ynidagi og‘riq
shu zahotiyoq qoldi. Undan keyin u maymunni tosda cho‘miltirdi,
unga ovqat berdi, keyin bunday dedi:
— Maymunjon, menikida yashayver. Men sening xafa bo‘-
lishingni istamayman.
Maymun juda quvonib ketdi. Lekin u doktor bergan katta-
katta yong‘oqlarni chaqib, stol oldida o‘tirganda, uyga badjahl
sharmankachi yugurib kirdi:
— Maymunimni ber! — deb qichqirdi u. — Bu maymun
meniki!
— Bermayman! Hech ham bermayman! Maymunni qiyna-
shingga toqatim yo‘q, — dedi doktor.
Sharmankachi jahli chiqqan doktor Voyjonimning yoqasidan
bo‘g‘ib, urmoqchi bo‘lgan edi, doktor xotirjam turib:
— Hoziroq jo‘nab qol bu yerdan! Agar yoqalashadigan
bo‘lsang, Avvani chaqiraman, etingni g‘archcha uzadi.
Avva uyga yugurib kirdi-da:
„R-r-r-r¾“ — dedi xo‘mrayib turib.
Itlar tilida buning ma’nosi: „Qoch, bo‘lmasa qopaman“
degani edi.
 1 
Sharmankachi — uyma-uy  va  ko‘chalarda musiqa chalib yuruvchi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


3 0 2
Sharmankachi qo‘rqib ketib, orqa-oldiga qaramay qochdi.
Maymun doktornikida qoldi. Tezda hayvonlar maymunni yaxshi
ko‘rishib, unga Chichi deb nom qo‘ydilar.
„Chichi“ so‘zi hayvonlar tilida „jimjit“ deganidir.
Tanya bilan Vanya uni ko‘rishlari bilan baravariga:
— Oho, muncha antiqa-ya! Muncha ajoyib-a! — deb xitob
qilishdi.
Keyin, shu zahotiyoq eng yaxshi o‘rtoq, dugonalari bilan
o‘ynaganday, u bilan o‘ynab ketdilar. Ular bekinmachoq ham,
koptok otib ham o‘ynadilar, keyin uchovlari qo‘l ushlashib olib,
dengiz qirg‘og‘iga chopib bordilar, u yerda-chi, maymun ularga
quvnoq maymunlar o‘yinini o‘rgatdi, bu o‘yin hayvonlar tilida
„Tkelli“ deb ataladi.

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish