Boshqa turdagi qisqartmalar - ular yakka tarzdagi harflarning yig‘indisi. Masalan, AQSH - Amerika Qo‘shma Shtatlari, BMT - Birlashgan Millatlar Tashkiloti. Ushbu turga kiruvchi ko‘pchilik qisqartmalar qanday so‘zlardan tuzilgani noma’lum bo‘lib qoladi. Misol uchun, DVD, DNK.
Punktuatsiya. Ba’zi qisqartma so‘zlardan foydalanilganda, albatta, ularni nuqta bilan yakunlash kerak bo‘ladi (1 mln. = 1 million).
Akronim va boshqa turdagi qisqartma so‘zlarda tinish belgisi (nuqta) qo‘llanilmaydi (masalan, AQSH yoki BMT).
Sinonimlar – yozillishi har xil, lekin bir xil mazmunga ega bo‘lgan so‘zlar hisoblanadi. Professional yozuvchi sinonimlarni bir xillikdan qochish va o‘quvchini asarga jalb qilish maqsadida qo‘llaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |