Maqollar
|
Javob
|
1.
|
Dilnidilga ... yaqinlashtiradi.
|
(3ta).
|
Yengil
|
2.
|
Intizomlilashkar ...mas.
|
(6ta).
|
Yiqilgan
|
3.
|
Sarishtaliuy -... uy.
|
(9ta).
|
Farishtali
|
4.
|
... kurashgato’ymas.
|
(8ta).
|
Til
|
5.
|
... topsa, boʻlibyer,... topsabosibyer. (5+5ta).
|
Aql, odobSaxibaxil
|
6.
|
Rejaliish - hamisha ....
|
(3ta).
|
Tosh
|
7.
|
Shoshganda ... topilmas.
|
(6ta).
|
Labbay
|
8.
|
... yaltiroqning ... qaltiroq.
|
(5+3ta).
|
Sirti, ichi
|
9.
|
Qoqilsang ...dano’pkalama.
|
(3ta).
|
BeshTosh
|
10.
|
... bilan ... egizak.
|
(3+4ta).
|
Saxiy, baxil
|
7-topshiriq. “Ahvolingiz yaxshimi?” kommunikativ psixologik treningi.
Oʻtkazish tartibi: Oʻqituvchi doira shaklida o’tirgan har bir talabaga - “Ahvolingiz yaxshimi?” degan savol bilan murojaat qiladi. Ular bu savolga bir-birini takrorlamaydigan, original javoblar variantlarini aytishlari kerak. Talabaning javobi shunchaki oddiy boʻlsa, takroriansa, ma’nosi avvalgilariga juda yaqin boʻlsa, treningdan chiqadi. Oxirida bitta talaba qolguncha oʻyin davom etadi. Trening oxirida javoblar tahlil qilinadi, eng yaxshisi aniqlanadi.
8-topshiriq. O`qing. Quyidagi hikmatli ibora va fikrlarning ma’nosini izohlang.
“Til muncha sharaf bila nutqning olami (quroli) dur va ham nutqdurki, agar nopisand zohir bo`lsa, tilning ofatidur”(Alisher Navoiy).
«Aytur so`zni ayt, aytmas so`zdan qayt»(Alisher Navoiy).
«So`zchi holin boqma, boq so`z holina,
Ko`rma kim der oni, ko`rgil kim ne der» (Alisher Navoiy).
«So`zdurki, nishon berur o`likka jondin,
So`zdurki, berur jonga xabar jonondin,
Insonni so`z ayladi judo hayvondin,
Bilkim, guhari sharifroq yo`q ondin (Alisher Navoiy).
«Tarixda nom qoldirish uchun yo yaxshi sarkarda, yo yaxshi notiq bo`lish kerak». (Sitseron).
“Qalam- eng yaxshi muallim” (Sitseron).
“Inson shoir bo`lib tugilishi mumkin, lekin notiq bo`lib yetishadi” (Sitseron)
“So`zni ishonch bilan gapir, eshituvchilarga ta’sir esa o`z-o`zidan kelib chiqadi” (Gyote)
“Mavzuni chuqur o`rgan, so`zning o`zi keladi” (Katon)
“Inson notiqligi,saodat tildan,
Nazokat tildandir, nafosat tildan,
Hayot saboqlari ko`rsatar shuni,
Do`zax tildan erur va jannat tildan” (Abu Ali ibn Sino)
9-topshiriq. “Maqollar zanjiri” metodi
Maqoldagi nuqtalar o’rniga tushirib qoldirilgan soʽzlarni qoʻyib chiqing.
№
|
Maqollar
|
Javob
|
1.
|
Odobni ...dan oʻrgan.
|
(6ta).
|
Odobsiz
|
2.
|
Noz ...ga yarashar.
|
(3ta).
|
Qiz
|
3.
|
Roʽzgʻori kattaning ... ham katta.
|
(7ta).
|
Tashvishi
|
4.
|
Ayrilar doʻst... narsangni soʻraydi.
|
(5ta).
|
Ayovli
|
5.
|
Ishning oʽzini bilguncha ...ini bil.
|
(3ta).
|
Koʽz
|
6.
|
Libosingga oro berguncha ...ga zeb ber. (9ta)
|
Farosating
|
7.
|
Rang koʻr,... soʻr.
|
(3ta).
|
Xol
|
8.
|
... mehmon osh ustidan chiqar.
|
(6ta).
|
Rizqli
|
9.
|
Rejasiz daraxtzor - ....
|
(9ta).
|
Changalzor
|
10.
|
Ruhi tetikning... tetik.
|
(3ta).
|
Ishi
|
5-MAVZU: JAMOA O’RTASIDAGI MULOQOT
1-topshiriq. “Yaxshi degan nomga munosib inson” mavzusida monologik nutq tayyorlang.
Ahloq ne’matining lazzatlaridan baramand bo’lgan kishilar aytadilarki, chaqirilmagan joyga qorin to’ydirish maqsadida bormoq – bu shunday qudratli seldirki, bu sel obro’ va izzat asoslarini hamda tomirini butunlay qo’porib tashlaydi. Yoki shunday shu’ladirki, uning zavol qiluvchi yashini izzat va hurmat xirmonini yondirib yuboradi. Agar kishi ehtirom va e’tibor gavharini qidiruvchilardan bo’lsa, gavhar kabi yashirin bo’lsin, toki izlovchilar orzu g’avg’osi bilan uni qo’lga kiritsinlar. Ulug’ hakimlarning aytishlaricha, sakkiz xil kishi baxtu saodatsiz bo’lib, yaxshi degan nomdan uzog’u ovora bo’ladilar:
Birinchisi – qorin to’ydirish maqsadida odamlarning uyiga taklifsiz borgan kishi;
Ikkinchisi – ziyofat va anjumanlarda to’rga o’tirishni talashib, to’rda o’tirgan odamlar orasiga xiralik bilan joylashgan kishi;
Uchinchisi – uy egasidan qudrati etmagan narsani talab qilgan mehmon;
To’rtinchisi – ochko’z kishilarning uyiga hojat talab qilib borgan kishi;
Beshinchisi – dushmanidan madad va yaxshilik talab qilgan shaxs;
Oltinchisi – olim va mansabdor kishilarni g’iybat qiluvchi inson;
Ettinchisi – biror erga borib, o’sha joyda xijolatlilik paydo qilgan kishi;
Sakkizinchisi – davralarda hech kim gapiga quloq solmayotgan bo’lsa ham gapiraveradigan kishi.
2-topshiriq. Konfutsiy ta’limoti asoslarini o’qing va muhokama qiling. Hayotiy vaziyatlar asosida misollar bilan mustahkamlang.
Konfutsiy ta’limoti asoslari
Etikaning oltin qoidasi:
«O’zing uchun qilishni istamagan narsani
boshqalar uchun ham qilma».
«Sen o’zingni boshqalar tanishi uchun munosibmisan?» - shundangina bezovta bo’lsang arziydi.
Oqil insonlar boshqa insonlar bilan kelishib yashaydilar, ammo boshqalarning ortidan ko’r-ko’rona yurmaydilar, ahmoqlar esa boshqalarga ko’r-ko’rona ergashadilar, ammo ular bilan kelisha olmay yashaydilar.
Oqil insonning qalbi sokin bo’ladi, boshqalar esa doimo bezovta bo’lib yashaydilar.
Oqil inson o’z xayotida uch narsadan ehtiyot bo’lishi lozim: xayotiy kuchlar jo’shgan yoshlik chog’ida ayollarga elakishishdan, xayotiy kuchlari quvvatga kirgan etilgan davrida raqobatdan va xayotiy quvvati so’nayotgan qarilik chog’ida qizg’anchiqlikdan.
Oqil inson boshiga tushgan barcha ko’ngilsizliklarda o’zini ayblaydi, aqlsizlar esa boshqalarni ayblaydi.
Oqil inson boshqalar bilan kelishib yashaydi, ahmoqlar esa o’zlariga o’xshaganlarni izlab topadi.
Oqil inson o’zining boshqalardan ustunligini biladi, ammo buni o’zgalarga namoyish qilishdan qochadi. U barcha bilan kelishadi, ammo xech kimsa bilan salbiy ma’noda til biriktirmaydi.
Oqil inson juda ko’p ovqat eyish va boy yashashga intilmaydi, u ishni tez bajaradi va sokin so’zlashadi. Aqlli insonlar bilan muloqot qilganida esa, ulardan ko’proq o’rganishga xarakat qiladi.
Oqil inson boshqalarga o’zlaridagi afzalliklarni ko’rishga yordam beradi, ammo insonlarning kamchiliklarini topishni o’rgatmaydi. Ahmoqlar esa xuddi shuning teskarisini qiladilar.
Oqil inson xamma narsadan burchni afzal ko’radi.
Oqil inson chidam bilan imkoniyat axtaradi va bir narsaga erishadi, ahmoqlar esa xarakatsiz xolda omadni kutib yuraveradilar.
Oqil inson qiyinchiliklarga bardosh beradi, boshqalar esa boshiga qiyinchiliklar tushganida noma’qul ishlar qiladilar.
Oqil inson lo’nda gapirib, aql bilan xarakat qiladi.
O’z burchini bilmagan shijoatli oqil inson qo’zg’olonchi bo’lishi
mumkin, o’z burchini bilmagan shijoatli ahmoq inson esa qaroqchilik qilishi mumkin.
Uyning shinam sharoitlariga bog’lanib qolgan erkakni chinakam oqil inson deb bo’lmaydi.
Oqil inson faqatgina burchni biladi, boshqalar esa foydanigina bilishadi.
Xech nimani bilmagan inson farog’atda bo’ladi, chunki u boshqalarga tushunarsiz bo’lib qolishdan qo’rqmaydi.
Uydan tashqarida bo’lganingizda o’zingizni go’yo xurmatli mehmonlarni qabul qilgandek tuting.
Insonlar xizmatidan foydalanganingizda o’zingizni xuddi tantanali marosimdagidek tuting. O’zingiz istamaganlarni boshqalarga ham ravo ko’rmang. Xuddi shunda davlatda ham, oilada ham kelishmovchilik bo’lmaydi.
O’zingizga qattiqqo’l va o’zgalarga yumshoq munosabatda bo’ling – shunda Siz o’zgalarning yomon munosabatida himoyalanasiz.
Qadimda insonlar o’zlarini mukammallashtirish uchun bilim olganlar, xozir esa boshqalarni xayron qoldirish uchun o’qiydilar.
Tartib bor mamlakatda xarakatlarda va so’zlashishlarda botir bo’ling, tartib yo’q mamlakatda esa xarakatlarda faol bo’ling, ammo so’zlashishda ehtiyotkor bo’ling.
Boshqalarni o’zingdek xurmat qilishga intilish va ular bilan o’zingizga qanday munosabat istasangiz, shunday munosabatda bo’lish – insonparvarlikning asosidir.
O’zining bilmasligini bilgan xolda bilim olishga intilgan kimsalargagina maslahatlar bering. O’zining orzularini yaxshilab
tushuntira olmaydigan kimsalarga yordam berishga xarakat qiling. Kvadratning bir burchagini tushuna olib, qolgan uch burchagini tasavvur qila oladigan insonlargagina ta’lim berish maqsadga muvofiqdir.
Atigi ikki insondan iborat bo’lgan jamoada ham ulardan nimanidir o’rganish mumkin - ularning ijobiy tomonlarini o’zlashtirish va kamchiliklaridan ibrat olish lozim.
Oqil inson yolg’iz qolmaydi, u albatta o’z xamfikrlarini topadi.
Oqil inson keng bilim doirasiga va katta ruxiy quvvatga ega bo’lib, uning ishi og’ir va yo’li uzoq bo’ladi.
Xozirgi vaqtdagi eng birinchi xatoingiz – o’zining ilgarigi xatolaringizni tuzatishga intilmasligingizdir.
Agar ishga juda ham berilib ketsangiz, rahbarning iltifotidan mahrum bo’lasiz, agar do’stlikda juda ham bag’ri kenglik qilsangiz, do’stlarning iltifotidan mahrum bo’lasiz.
Agar insondagi tarbiyani tabiiylik bosib ketsa, u yovvoyi bo’ladi, ammo agarda undagi tarbiyalilik tabiiylikni bosib ketsa, u yozma ma’lumotlarning bilimdoni bo’lib qoladi. Tabiiylik va tarbiyalilik muvozanatda bo’lgan kimsalargina xaqiqiy oqil inson hisoblanishi mumkin.
Agar o’zing to’g’ri bo’lsang, barcha ko’rsatmalaringni buyruqsiz ham bajarishaveradi. Ammo agar o’zing ham egri bo’lsang, buyruq berilsa ham, ko’rsatmalar bajarilmaydi.
Agarda ezgu ishlar qilish imkoniyati bo’lsa, xatto ustozni ham oldinga o’tkazib yubormang.
Agar senda yomon niyat bo’lmasa, yomon ish ham qilmaysan.
Agarda inson qat’iy, bir so’zli, oddiy va kamgap bo’lsa, u insoniylikka juda yaqinlashgan bo’ladi.
Yomon narsa xaqida shikoyat qilish – yomonlikni ikki marta ko’paytirishdir, uning ustidan kulish esa – uni yo’qotish bilan barobardir.
Barcha jinoyatlar ichida eng og’iri – vijdonsizlikdir.
Bema’ni so’zlar o’yini yaxshi ishlarni yo’qqa chiqaradi, mayda-chuyda jihatlarga e’tibor bermaslik esa buyuk ishlarni tugatadi.
Xaqiqiy inson barcha narsaga o’z kuchi bilan erishadi.
Yoshlarga kamsitish bilan munosabatda bo’lish yaramaydi, chunki ular katta bo’lganlarida buyuk insonlar bo’lib etishishlari mumkin.
Xech bir inson xato qilishdan xoli emas, uning qilgan xatolarini ko’rib, uning insoniylik darajasini bilish mumkin.
Ishonchga sazovor bo’lmagan inson bilan biror ish qilish maqsadga muvofiq emas – chunki o’qi yo’q aravada yurib bo’lmaydi.
Agarda davlat aql bilan boshqarilsa, etishmovchilik va kambag’allik uyat hisoblanadi, ammo agarda davlat aqlga muvofiq ravishda boshqarilmasa, boylik va obru-e’tibor ham uyat hisoblanishi lozim.
Faqatgina foyda olish uchun xarakat qilish yomonlikni ko’paytiradi.
Agar so’zlashishni va so’zlar ma’nosini bilmasang, insonlarni tushuna olmaysan.
Maqsadi bir bo’lmaganlar birgalikda reja tuzmaganlari ma’qul.
Agarda so’zlar o’z ma’nolarni yo’qotsalar, insonlar ozodlikni yo’qotadilar.
Agar kimdir o’z-o’zini anglay olmasa va biror-bir nimaga qattiq berilib ketsa – ko’rib turib, ko’rmaydi, eshitib turib, eshitmaydi va sezib turib, sezmaydi.
Insonlar qadimda ko’p gapirishni yoqtirmaganlar, ular o’z so’zlariga javob bera olmasliklarini sharmandalik deb tushunganlar.
Insonlar kambag’allikdan va xech kim ularni tanimasligidan qo’rqadilar; ammo agar unisidan ham, bunisidan ham qutulishning imkoni bo’lmasa, u xolda bunga ko’nikish ma’qul bo’ladi.
Insonlar o’zlari uchun boylik va shon-sharaf istaydilar; ammo agar bularga to’g’ri yo’l bilan erishib bo’lmasa, ulardan voz kechgan ma’qul.
Sukut saqlash – yaxshi do’st, u hech qachon aldamaydi.
Dono inson xayajonlanishni bilmaydi, odamiy inson tashvishni bilmaydi, botir inson esa qo’rquvni bilmaydi.
Boshqa insonlar seni tanimasligidan bezovta bo’lmagin, ammo sen insonlarni bilmasligingdan bezovta bo’lishing mumkin.
Qo’shnining tomida qor yig’ilib qolgani tufayli shikoyat qilishdan avval o’z ostonangni tozalab ol.
O’zingizdan ma’naviy jihatdan pastroq bo’lgan kimsalar bilan do’stlashmang.
Meni boshqa insonlar tushunmasliklaridan hafa bo’lmayman, ammo men boshqa insonlarni tushuna olmasligimdan xafa bo’laman.
So’zlashishga loyiq inson bilan so’zlashmaslik – bu insonni yo’qotish bilan barobar. So’zlashishga noloyiq inson bilan so’zlashish esa – so’zlarni yo’qotishdir. Dono inson esa insonlarni ham, so’zlarni ham yo’qotmaydi.
Taqdirni anglamasdan turib, oqil inson bo’lish mumkin emas. Burchni anglamasdan turib, xayotda to’g’ri yo’l topib bo’lmaydi. So’zlarning asl ma’nosini anglamasdan turib, insonlarni bilib bo’lmaydi.
Oliy xaqiqat va pastkash tentaklik xech qachon o’zgarmaydi.
Tartib-qoidalarni o’zlashtirmay, biror-bir darajaga erishib bo’lmaydi.
Kimdir so’radi: «Yomonlikka yaxshilik qilish kerakligi rostmi?»
Ustoz javob berdi: «U xolda yaxshilik qanday qaytariladi? Yomonlikka o’ziga mos bo’lgan javob beriladi, yaxshilikka esa yaxshilik qaytariladi»
Xozirgi paytda ota-onalarni xurmat qilish – ularni boqishni eplash deb tushuniladi. Ammo otlar va itlar ham ovqatlanishni istaydilar. Agar izzat-xurmat tushunchasi bo’lmasa, bu ikki xolatni qanday qilib bir-biridan farqlash mumkin.
Yomonlik uchun u nima tufayli qilinganiga qarab baho bergin, yaxshilikka esa yaxshilik bilan javob ber.
O’z tabiiy xususiyatlari bilan insonlar bir-birlariga juda yaqinlar, ammo odatlari bo’yicha esa bir-birlaridan juda olisdadirlar.
Salgina mehribon bo’lishga xarakat qilsangiz, yomon ishlar qila olmaydigan bo’lib qolasiz.
Yomon insonlar bilan uchrashish va ularni tinglash – yomon ishlarning boshlanishi hisoblanadi.
Tayyorgarlik ko’rmagan insonlarni urushga jo’natish ularga sotqinlik qilish bilan barobardir.
Kerakli narsalarni bilmasdan turib bir ish bilan shug’ullanish o’z- o’zini qiynashga aylanadi. Bilmasdan turib, ehtiyot bo’lish qo’rqoqlikka olib keladi. Bilimsiz botirlik qilish axmoqlik bo’ladi. Tushunmasdan ochiq ko’ngilchanlik qilish qo’pollik hisoblanadi.
Mehribon o’g’il - ota-onasini o’z betobligi bilangina hafa qila oladigan farzanddir.
O’z-o’zini enga olish va burchlariga sodiq bo’lish – xuddi shu sifatlar xaqiqiy insoniylikdir. Insoniy bo’la olish yoki bo’la olmaslik faqat o’zimizgagina bog’liqdir.
Oqil inson bilan uchrashganda, uningdek bo’lishni o’ylagin. Pastkash inson bilan uchrashganda esa, o’zingga e’tibor ber va o’zing xaqingda fikr qil.
Aqlli inson bilan birga bo’lganda uch xatoga yo’l qo’yish mumkin: bu so’zlar unga etib bormasligini anglab turib unga gapirish – bu yangilishish, gaplar unga etib borishini bilib turgan xolda unga gapirmaslik – bu biqiqlik, uning chehrasini kuzatmasdan turib unga gapiraverish – bu ko’rlik.
Eng munosib insonlar dunyodagi barcha kishanlardan xoli bo’lganlar, ulardan so’ng bir joyga yopishib olishdan qochganlar yurganlar, ulardan so’ng esa dunyoviy ne’matlarga asir bo’lishdan qochganlar yurganlar, ulardan so’ng esa yomon so’zlarni aytishdan qochganlar yurganlar.
Yaxshi boshqaruv siri quyidagilardir: rahbar - rahbarday bo’lshi, xizmatchi -xizmatchiday bo’lishi, ota - otaday bo’lishi va o’g’il esa o’g’ilday bo’lishidir.
Jahldor insonning ichi zaharga to’la bo’ladi.
So’z to’g’ri bo’lishi kerak, xarakat esa qat’iy bo’lishi lozim.
Ota-onaga xizmat qilishda ularga iloji boricha yumshoq gapiring. Agar sizning maslahatlaringiz ish bermasa, ilgarigidek izzatli va iltifotli bo’ling. Agarda qalbingiz tug’yonga kelsa ham, o’zingizning norozi ekanligingizni bildirmang.
Mukammal inson barcha xatolarni o’zidan qidiradi, pastkash insonlar esa boshqalarni ayblaydi.
Miltiqdan o’q uzish bizga xaqiqatni qanday qidirish kerakligini o’rgatadi: agar mergan nishonga ura olmasa, boshqalarni ayblamaydi, balki xatoni o’zidan qidiradi.
Ayollar va pastkash insonlar bilan yaxshi munosabatlar o’rnatish juda qiyin: Agar ularni o’zingga yaqinlashtirsang, ular xaddan oshib ketadilar, agar ularni o’zingdan uzoqlashtirsang, seni yomon ko’rib qolishadi.
Keyinchalik vujudga keladigan qiyinchiliklar xaqida o’ylamaydiganlarni yaqin oradagi noqulayliklar kutadi.
Xaqiqiy insonparvar odamgina dildan sevadi va nafratlana oladi. Eng dono va eng tentak insonlarnigina o’qitib bo’lmaydi
Ko’pincha juda chiroyli so’zlaydigan va tashqi ko’rinishi kishini o’ziga tortadigan insonlar xaqiqiy inson bo’lmaydilar.
O’z uyidagilarni yaxshilikka etaklay olmagan inson o’zi ham biror bir narsani o’rgana olmaydi.
Fikrlamasdan o’qiydigan inson qattiq yanglishadi, fikrlaydigan, ammo o’qishni istamaydigan inson esa qiyinchiliklarga duch keladi.
O’tmishdagi ma’lumotlardan foydalanib, yangi narsalar kashf qila oladigan insongina ustoz bo’lishga loyiq hisoblanadi.
Aql bilan ish ko’rish uchun har bir insonda uch imkoniyat mavjud: birinchi va maqbuli – fikrlash; ikkinchi va eng yengili – boshqalarga o’xshash, uchinchi va eng qiyini – tajriba.
Bosiq vazmin inson kamroq adashadi.
Boshqa insonlarni ham xuddi o’zingizdek xurmat qilish va biz o’zimiz uchun nima qilishlarini istasak, u bilan ham xuddi shunday muomala qilish – bundan afzalroq munosabat turi bo’lmaydi.
Doimo o’zingizdagi bilimlar kam ekanligini sezgandek va har doim ularni yo’qotib qo’yayotgandek o’qing.
Xatolarini bilib turgan xolda, ularni o’zi tan olgan insonni topish juda ham qiyin.
3-topshiriq. Nutqning aniqligiga putur yetkazuvchi so`zlarga 20 ta misol yozing.
4-topshiriq. Gaplar tartibi ataylab oʽzgartirilgan quyidagi matnni o’qing. Gaplarning haqiqiy tartibidagi o’rni berilgan, ularni oʽz o’rniga qoʻyib kochiring.
Alla ana shu qoʻshiq hisoblanadi. Bola tugʻilgani zahoti dunyodagi eng mehr bilan aytiladigan qoʻshiqni eshitadi. Sevimli shoirimiz Cho’lpon alla haqida shunday degan edi: “Bola tez uxlab qolar . Bir bola uxlamasa, alla aytadilar . Chunki ul andin bir lazzat his qilur”. Keksalarimiz allaning sadolari bola ruhiga iymon, vataniga muhabbat, xalqiga hurmat, oʽzi tugʻilgan oilaga izzat boʻlib quyilishini koʻp aytganlar. Bu ifoda allaning eng muhim fazilati-bola ruhida ta`siri aks etgan . Ayni chogʻda bu soʽzning “Alloh”dan olinganligi ham ta`kidlanadi . Alla atamasi olimlarning ta`kidlashlaricha, ovutib uxlatishma`nosini berar ekan . Alla deyarli hamma xalq ogʻzaki ijodida bor .
5-topshiriq. Berilgan gaplarda nutqning qaysi kommunikativ sifati buzilgan? Ushbu gaplarning to`g`ri variantlarini yozib chiqing.
Bolajonlar, endi o`rgangan so`zlaringizni bir chizib beringlar-chi? deb vazifa topshiradi.
Hikoya va suhbatdan tashqari, o`zbek tilini yaxshi o`rganish, unga qiziqishni uyg`otish maqsadida til o`rganishga oid o`yinlar, kichik-kichik she’rlar, badantarbiya va ashulalar berib boriladi.
O`n kishiga mo`ljallangan mazkur maxsus joylarning har birida o`ntadan odam o`yinlarni bemalol tomosha qilishi mumkin.
Imzoga qo`l qo`yish mahalida gurs etib yerga quladi.
6-topshiriq. Quyidagi tayanch so‘z va iboralarning ma’nosini izohlang.
Moliya institutlari, moliyaviy nazorat, anglosakson modeli, fransuz modeli, monitoring, taftish, tahlil etish. Berilgan matndan tayanch so`zlarni ajratib yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |