Siz qanchalik tezlik bilan moliyaviy mustaqillik tomon harakatlansangiz, u ham Sizga shunchalik tezlik bilan harakatlanadi.
Omadning sakson foyizi sarflagan vaqtingizning oxirgi yigirma foyizida keladi.
Sotuv bo’lmasa – hech nima bo’lmaydi.
Sotuvlarning sakson foyizi beshinchi marta sotuvga undaganingizdan keyin amalga oshadi.
Qanchalik yuqori ko’tarilishingiz ko’p jihatdan o’zingiz qaergacha ko’tarilishni istaganingiz bilan aniqlanadi.
Agar tovuqlar bilan birga bo’lsangiz hech qachon burgutdek parvoz qila olmaysiz.
Insoniyatning asosiy talablari shaxsiy, emotsional va moliyaviy mustaqillikdir.
Tavakkalchilik - pul va vaqt jalb qilishning eng asosiy elementi hisoblanadi.
Sotuvchi va oluvchi orasida ishonch xosil bo’lishi muvaffaqiyatli sotuvning asosidir.
Malakali sotuvchilar gapirgandan ko’ra ikki marta ko’prok eshitadilar.
Haridor Sizni va kompaniyangizni qanday qabul qilgan bo’lsa, uning haridor sifatidagi xatti-harakati ham xuddi shunday bo’ladi.
Sotuvchining, mahsulotning, o’rovning, yorliqning va reklama materiallarining har bir tashqi elementi haridorda ma’lum bir taasurot qoldiradi.
Sizning daromadingiz miqdori haridor Sizni qanday qabul qilishiga bog’liq.
Agar haridor Siz uning uchun ishlayotganingizni ko’rsa, Siz eng ko’p pul oladigan sotuvchiga aylanasiz.
Katta daromad oladigan sotuvchilar haridorlar uchun sotuvchi sifatida emas, balki maslahatchi, yordamchi va do’st sifatida bo’ladilar.
Hamma sotib olishni yaxshi ko’radi, lekin hech kim unga bir nimani majburlab sotishlarini istamaydi.
Muzokaralarda muvaffaqiyatga erishish ehtimolining sakson foyizi unga qanday tayyorgarlik ko’rganingiz orqali aniqlanadi.
Siz maqsadni qanchalik aniq tasavvur etsangiz, unga shunchalik tez erishasiz.
Hayotingizning sifati Sizning vaqtdan foydalanish bo’yicha aniq va ravshan prioritetlar tanlaganingiz bilan aniqlanadi.
Qandaydir yangi narsani boshlash uchun, albatta eskisi bilan hayrlashishingiz lozim.
Sizning eng qimmatli kapitalingiz – daromad topa olish qobiliyatingizdir.
Mukofot doimo natijaga mos keladi.
Vaqtni boshqarish Sizga hayotingizdagi hodisalar ketma-ketligini nazorat qilish imkonini beradi.
Ba’zi shug’ullanayotgan ishlaringiz Sizga boshqalaridan ko’ra ancha ko’proq foyda keltirishi mumkin.
Boshqalarga nisbatan tezroq harakat qila olish qobiliyatingiz Sizning eng asosiy kapitalingiz bo’lishi mumkin.
Barcha narsalarni qilishga hech qachon ham vaqt etishmaydi, ammo asosiy narsalarni qilishga doimo etarli vaqt bo’ladi.
Eng muhim ishni boshlash va tugallay olish qobiliyati Sizning ishingiz natijaviyligini aniqlab beradi.
O’z mehnatingiz samaradorligini oshirish uchun doimiy ravishda malakangizni oshirishingiz kerak.
Barcha voqea va hodisalar o’z sababiga ega, har bir oqibatning esa o’z sababi mavjud.
Agar biror bir narsa yoki hodisaga chin dildan ishonsangiz, u Siz uchun haqiqatga aylanadi.
Agar Siz biror bir narsa yoki hodisani komil ishonch bilan kutsangiz, u Siz tomonningizdan amalga oshirilgan bashoratga aylanadi.
Siz jonli magnitsiz, shuning uchun ham Siz o’z fikrlaringiz bilan mos bo’lgan insonlarni, holat va hodisalarni hayotingizda uchrataverasiz hamda o’zingizga tortasiz.
Sizning tashqi dunyoingiz ichki dunyoingizga mos va uning xuddi o’zidir, u Sizning fikrlashingiz asosiy ko’rsatgichlariga mos keladi.
Siz o’z hayotingizni qanchalik darajada boshqara olsangiz, shunchalik darajada o’z-o’zingizdan mamnunsiz.
O’zgarishlardan qochib qutulish mumkin emas, u muqarrardir.
Boshqarila olinmaydigan o’zgarishlardan ko’ra, boshqarila olinadigan o’zgarishlar ko’proq muvaffaqiyatlarga olib keladilar.
Hayotingizni nazorat qilish uchun avvalo o’z tafakkuringizni nazorat qila boshlashingiz lozim.
Hayot tasodifiy hodisalar zanjiridir va unda barcha hodisalar faqatgina tasodifiy ravishda yuz beradi.
Agar rejalashtira olmasangiz, Siz muvaffaqiyatsizlikni rejalashtirgan bo’lasiz.
Siz o’z hayotingiz va kelajagingiz uchun to’la va batamom mas’uldirsiz.
Siz doimo fikr hamda harakat erkinligiga egasiz.
Mas’uliyat o’zingizni va fikringizni to’la nazorat qila olishni uddalashdan boshlanadi.
Hech kim Sizga yordam beraman deb yugurib kelmaydi.
Omadli insonlar hayotning barcha jabhasida aniq maqsadga va faoliyat yo’nalishiga ega bo’ladilar.
Siz o’zingizning barcha ijobiy va salbiy xatti-harakatlaringizga to’la javob berasiz va shunga yarasha haq olasiz.
Sizning hayotdan olayotgan mukofotlaringiz Siz tomoningizdan boshqalarga ko’rsatilayotgan hizmatlar qiymatiga to’g’ri proportsionaldir.
Har qanday boylik hizmat ko’rsatish va uni sotishdan boshlanadi.
Agar Siz o’zingiz olayotgan mukofot miqdorini ko’paytirmoqchi bo’lsangiz, avvalo o’zingiz tomoningizdan ko’rsatilayotgan hizmatlarning soni va sifatini oshirishingiz lozim.
Har bir inson hizmat ko’rsatishdan olingan komission to’lov uchun ishlaydi.
Har qanday muvaffaqiyatga ham doimiy mehnat orqali erishiladi.
Har qanday katta muvaffaqiyatga juda uzoq muddat davomidagi intensiv mehnat sabab bo’ladi.
Qanchalik intensiv mehnat qilsangiz, shunchalik ko’p omadingiz keladi.
O’rtacha odamga nisbatan ko’proq narsaga erishish uchun unga nisbatan ko’proq va yaxshiroq ishlashingiz kerak bo’ladi.
Agar Siz hozirgidan ko’ra ko’proq ish bajarsangiz, Sizga hozirgidan ko’proq to’lashadi.
Samarali natijaga puxta tayyorgarlik orqali erishiladi.
Ishda doimiy ravishda halaqit beradigan muammolarni yaxshilab tahlil qiling va ulardan qutulish yo’llarini o’ylab toping.
O’ylamasdan qilingan xatti-harakatlar barcha omadsizliklarning sababidir.
Barcha bajaradigan ishlaringizni qilish uchun doimo vaqt etmaydi.
Qat’iy harakatlar va urinishlar bilangina Siz o’zingizning imkoniyatlaringizni yuzaga chiqarishingiz mumkin.
Ishda o’z imkoniyatlaringiz cho’qqisiga chiqmoqchi bo’lsangiz, o’z vaqtingizni optimal ravishda taqsimlang.
Hayotdagi har bir katta o’zgarishga aniq ifodalangan maqsad va ishga sodiqlik sabab bo’ladi.
Qo’rqmasdan dadillik bilan harakat qiling va Sizga ko’zga ko’rinmas kuchlar yordamga keladi.
Omadsizlik mumkin bo’lmaganday faoliyat ko’rsatsangiz, haqiqatan ham xuddi shunday bo’ladi.
Inson hayotidagi har bir qadam uning miyasida paydo bo’lgan g’oyadan boshlanadi.
Har qanday yo’nalishda yangi g’oyalar o’ylab topish imkoniyatingiz cheksizdir va shuning uchun ham Sizning potentsialingiz cheksizdir.
Inson u ishonishi mumkin bo’lgan va uning tafakkuri his qila oladigan barcha narsalarga erisha oladi.
Dunyoni fikr va ijodiy tafakkur boshqaradi.
Tafakkur dalillardan ko’ra muhimroqdir.
Siz maqsadni aniq va ravshan ko’rib tursangiz hamda unga erishish uchun sobitqadamlik bilan harakat qilsangiz, muvaffaqiyatga erishishingiz tayin bo’ladi.
Agarda Sizning qattiq mehnatingiz uzoq vaqt davomida bekor ketsa va natija keltirmasa, demak Siz nimanidir boshqacha qilayapsiz.
Talofot yoki kasod bo’lmoq – amalga oshirilishi mumkin bo’lgan potentsial o’zgarishdir.
Har qanday muvaffaqiyatsizlikning asosida noto’g’ri farazlar yotadi.
Sizning muvaffaqiyatsizliklarga bardosh bera olishingiz Sizning o’zingizga ishonchingiz o’lchamidir.
Hech qachon, hech bir sharoitda, hech ham taslim bo’lmang.
Har qanday biznesning asosi – iste’molchini paydo qilish va uni ushlab turishdir.
Foyda firma o’z faoliyatini qanday amalga oshirayotgani o’lchamidir.
Foyda biznes yurgizishning narxi va kelajakdagi bahosidir.
Tashkilot – iste’molchi qidirish va uni ushlab turish umumiy maqsadida birlashgan insonlar guruhidir.
Iste’molchi har doim haqdir.
Eng yaxshi xodimlar doimo eng yaxshi kompaniyalarda ishlaydilar.
Menejmentning asosiy ahamiyati va roli – iste’molchilarning talablarini qondirish maqsadida inson resurslariga qilingan sarf- harajatlardan iloji boricha ko’proq naf olishdir.
Iste’molchi doimo o’z maqsadlari yo’lida harakat qiladi va eng yaxshi narsalarni minimal narxlarda sotib olishga intiladi.
Iste’molchilar talabchan va kechirmaydigan bo’ladilar, ular eng yaxshi hizmat ko’rsatuvchi firmalarni mukofotlaydilar, boshqalarga esa xonavayron bo’lishga imkon beradilar.
“Sifat” tushunchasi o’ziga mahsulot yoki hizmatni ham, ularning sotish usulini ham qamrab oladi.
Kompaniyaning foyda miqdori iste’molchilar nuqtai-nazaridan uning mahsulotlari/hizmatlarining sifat darajasi qandayligiga to’g’ri proportsionaldir.
Bor narsalar eskirib borayotgan narsalardir.
Ertagi kun bugungisidan albatta farq qiladi.
Yashash uchun doimiy yangilanish va rivojlanish absolyut kerakdir.
Kelajakni bashorat qilishning eng yaxshi usuli – uni yaratishdir.
Biznesdagi har qanday ilgari ketishlar yangilanish tufayli, qandaydir yaxshi, arzon, tezroq, original va samaraliroq narsani bozorga chiqarish natijasida amalga oshadi.
Har qanday biznes qandaydir miqdordagi asosiy ko’rsatgichlarga ega bo’lib, korxonaning muvaffaqiyati yoki inqirozi o’shalar orqali o’lchanadi.
Har bir inson muvaffaqiyatning kritik ko’rsatgichlariga ega bo’lib, uning kelajagi xuddi o’sha ko’rsatgichlar orqali aniqlanadi.
Erkin bozor – millionlab insonlarning talablarini qondirishning eng samarali usulidir.
Bozor qanchalik darajada davlat aralashuvidan holi bo’lsa, taklif etilayotgan tovarlar va hizmatlarning soni ham shunchalik ko’p bo’ladi hamda insonlarning hayoti ham shunchalik yaxshi bo’ladi.
Raqobat bozorida g’olib bo’lish uchun mahsulot yoki hizmat qandaydir raqobat afzalligiga yoki boshqalaridan keskin farqqa ega bo’lishi kerak bo’lib, u boshqa mahsulot va hizmatlardan ijobiy tarzda ajralib tura olishi kerak.
Har qanday muvaffaqiyatli reklama yoki savdoning asosi – noyob taklifdir.
Kompaniyalar katta sotuv hajmlariga erishish uchun iste’molchilarning konkret guruhlariga yoki tegishli bozor segmentlariga e’tiborni qaratishlari lozim.
Noma’qul bozorga chiqqan, keraksiz mahsulot yoki hizmat taklif qilgan va maqsadga muvofiq bo’lmagan usullar bilan ishlayotgan kompaniyalar kasodga uchraydilar.
Bozorning ideal segmenti - mahsulotingizning raqobatbardosh xususiyatlari eng hayotiy talablarini qondirish mo’ljallangan iste’molchilardan iboratdir.
Agar Siz mahsulotingizning noyob xususiyatlari tufayli istemolchilarning talablarini maksimal darajada qondira olsangiz bozordagi muvaffaqiyatga erishdim deyavering.
Bozorning katta foyda keltiradigan segmentida katta foyda keltiradigan mahsulot va tovarlar bilan chiqish hamda uni maksimal darajada egallash sotuvlardan, investitsiyalardan va aktsiyalardan maksimal daromad olishni ta’minlaydi.
Bozor ajoyib ishni, ajoyib tovarni va ajoyib hizmatni ajoyib tarzda mukofotlaydi.
Bozor o’rtacha bajarilgan ishni, sifati yomon mahsulotni va saviyasi past hizmatni qoniqarsiz darajada mukofotlaydi.
Biznesdagi haqiqiy yo’lboshchi har qanday sharoitda ham har bir inson bilan o’zaro munosabatda rostgo’ylik, haqiqatgo’ylik va to’g’rilik bilan ish yuritadi.
Oliy darajadagi yo’lboshchi qiyinchiliklar va omadsizliklarga duch kelganda qat’iylik bilan qarorlar qabul qiladi va shunga mos ravishda harakat qiladi.
Yo’lboshchilar olamni o’zlari istaganday emas, balki u qanday bo’lsa, shundayligicha qabul qiladilar.
Xokimiyatni shunday inson egallaydiki, u kerakli natijalarni olish uchun engsamarali usullarni qo’llay oladi.
Yo’lboshchilar ish boshida bo’lishni juda ham istaydilar, ular kelajakni boshqalardan ko’ra yaxshiroq ko’radilar va shu asosda boshqaruvni amalga oshiradilar.
Haqiqiy yo’lboshchi har qanday qiyinchilikni enga olish va har qanday maqsadga erisha olishga juda qattiq ishonadi.
Yo’lboshchilar o’zlariga tobe’ bo’lgan insonlarning talablarini, tuyg’ularni hamda intilishlarini tushunadilar va sezadilar.
Biz yashayotgan dunyoda barcha pulga muxtoj aqlli insonlar va pul topish qonunlarini tushungan hamda ularga bo’ysunishga tayyor turganlar uchun etarli darajadagi pul miqdori mavjud.
Insonlar boy bo’lishga qat’iy qaror qilganliklari tufayligina boylikka erishadilar.
Insonlar boy bo’lishga qat’iyatlari etmaganliklari va sustkashliklari tufayligina kambag’aldirlar.
Pul insonlarning mahsulot va hizmatlarga ko’chirilgan mehnatining boshqa insonlarning mahsulot va hizmatlariga almashtirishga imkon beradigan vositachidir.
Pul insonlarning mahsulot va hizmatlarga bergan qiymatining o’lchamidir.
Siz topayotgan pul miqdori boshqalar nuqtai-nazaridan Siz jamiyatga berayotgan foydaning o’lchamidir.
Pul oqibat, sabab emas.
Olayotgan pulingizning miqdorini ko’paytirish uchun bajarayotgan ishingizning sifatini oshirishingiz kerak.
Pul ko’paytirish uchun kerak bo’lgan eng qiymatli kapital Sizning aqliy qobiliyatingiz, fizik xususiyatlaringiz va pul topa olish qobiliyatingizdir.
Eng qimmatli resurs - bu vaqtdir.
Vaqt va pulni yo’qotish yoki investitsiya qilish mumkin.
Pul va vaqtdan foydalanishning eng yaxshi usuli – ularni qo’shimcha mablag’ topa olish uchun sarflashdir.
Har qanday jamiyatdagi muvaffaqiyatli insonlar qarorlar qabul qilishda uzoq muddatlarni hisobga oladilar.
Mukofot olishni kechiktirish – moliyaviy muvaffaqiyat garovidir.
Hozirgi paytda nimadandir voz kechib, kerakli ishni bajarsangiz, bu Sizning kelajakdagi muvaffaqiyatingiz garovidir.
Agar inson butun hayoti davomida doimiy ravishda o’z daromadlarining o’n foizini jamg’arma sifatida saqlay olsa, u albatta moliyaviy mustaqillikka erishadi.
Sizning moliyaviy kelajagingiz Siz qancha daromad qilayotganingiz bilan emas, balki Sizda qancha mablag’ qolayotgani bilan aniqlanadi.
Sarf-harajatlar doimo daromadga parallel ravishda o’sadi.
Agar Siz sarf-harajatlaringiz daromadga nisbatan kamroq o’sishini ta’minlay olsangiz va bundan hosil bo’lgan farqni jamg’arsangiz yoki investitsiya qilsangiz, bir qancha muddatdan so’ng albatta moliyaviy mustaqillikka erishasiz.
Moliyaviy mustaqillik stulining to’rt oyog’i bor – xarakat, jamg’arma, sug’urta va investitsiya.
Kutilmagan hodisalardan batamom himoyalangan bo’lish uchun Siz oddiy harajatlaringizning besh-olti oylik miqdoriga teng likvid jamg’armaga ega bo’lishingiz kerak.
Ko’zda tutilmagan voqea va hodisalardan ximoyalanish hamda bu sharoitlarda to’lov qobiliyatiga ega bo’lish uchun Siz sug’urta qildirishingiz lozim.
Sizning asosiy moliyaviy maqsadingiz shunday miqdordagi kapital yig’ish bo’lishi kerakki, bunda investitsiyalar tufayli olayotgan foizlaringiz miqdori ishxonada olayotgan pulingiz miqdoridan sezilarli darajada ko’p bo’lishi kerak.