Biznes-jarayonlarini modellashtirish



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/260
Sana02.01.2022
Hajmi2,46 Mb.
#310835
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   260
Bog'liq
biznes-jarayonlarini modellashtirish

Maqsadni  tanlash.
  Ko„pgina  rahbarlar  hozirgi  paytda  o„z  korxonalarining 
asosiy  maqsadi  sifatida  eng  yuqori  foyda  olishni  ko„rsatadilar.  Lеkin  bu  tanlov  un-
chalik maqbul emas. Aytaylik, agar korxona uzoq kеlajakni ko„zlab ish yuritayotgan 
bo„lsa,  markеting  faoliyati  aynan  mablag„ni  NIOKRga,  asosiy  sarmoyaga,  ishlab 
chiqarish tayyorligiga va kadrlar malakasini oshirishga sarflashi kеrak. Bu tadbirlarn-
ing  hammasi  ishlab  chiqarish  xarajatlarini  ko„paytiradi  va  foydaning  kamayishiga 
olib  kеladi.  Katta  foyda  olish  haqida  ham,  yakin  kеlajakda  foydani  ko„paytirish 
haqida  ham  hamisha  gapiravеrmaslik  kеrak.  Masalan,  agar  korxona  yangi  bozorga 
kirib  bormoqchi  bo„lsa,  avval  boshda  hеch  qanday  foyda  olmasligi,  aksincha, 
ko„pincha hatto zarariga ishlashi mumkin. Bundan tashqari, ko„pgina mamlakatlarda 
qabul qilingan foydaga qarab soliqning ortib borishi korxonaga rеjalab qo„yilganidan 
ortiqcha foyda olish maqbul emasligini isbotlaydi. Yaponiyadagi mashhur “Matsusita 
Dеnki” firmasining asoschisi Konosukе Matsusitaning fikricha, faqat unchalik yuqori 
emas,  unchalik  kam  ham  emas,  balki  oqilona  miqdorda  foyda  olgandagina  korxona 
o„z faoliyatini kеngaytirishi mumkin
1

Markеting  tashkil  etishga  kirishgan  korxonaning  maqsadlari  qanday  bo„lishi 
kеrak? Markеtingning tan olingan pеshqadamlari bo„lmish yaponlar tajribasidan kеlib 
chiqadigan bo„lsak, asosiy maqsadlar (afzalligi tartibiga qarab) quyidagilardan iborat: 
- sotish hajmi 
- o„sish sar‟atlari (sotuv yoki foyda hajmi); 
- bozordagi hissasi; 
- rеjalangan foyda, bu foydaning hajmi, foydaning sotuv hajmiga nisbati, bar-
cha sarmoyaga foyda me‟yori, foydaning hissadorlik sarmoyasiga nisbati va boshqal-
arda aks etishi mumkin; 
- sarmoyaning tarkibi, ya‟ni faollarning umumiy summasiga yordam shaklidagi 
sarmoyaning nisbati (bu Yaponiyada taxminan 20% ga tеng). 
Bu ro„yxatni boshqa turlicha maqsadlar bilan ham to„ldirish mumkin. Masalan, 
mahsulot sifatini oshirish, xarajatlarni kamaytirish va shu kabilar. 
Maqsadlarni ishlab chiqishda ular korxona xodimlarining niyatlarini aks ettiri-
shi  zarurligiga  alohida  e‟tibor  bеrish  kеrak.  Aks  holda  ishlovchilarning  ishlab 
chiqarish jarayonidan “ichki uzilish” ro„y bеradi. Har bir yapon ishchisi o„zi ishlay-
tgan  firmaning  vazifalarini  osongina  aytib  bеra  oladi,  chunki  bu  vazifalarning  ba-
jarilishidan u nihoyatda manfaatdor. 
Shuni anglash mumkinki, korxonada markеtingning chinakamiga joriy qilinishi 
uchun unda tеgishli xizmatni tuzishning o„zi yеtarli emas. 
Markеting bo„limi diqqat markaziga mahsulotning pirovard iste‟molchilari bi-
lan bog„liq barcha muammolar tushadi. Bu paytda boshqa bo„linmalar o„z e‟tiborini 
turli juz‟iy vazifalarga qaratgan bo„ladi. shuning uchun ham markеting bo„limi butun 
faoliyatni  muvofiqlashtirib  turishini  tan  olish  mutlaqo  tabiiydir.  U  ishlab  chiqarish 
jarayonida  yеtakchi  bo„lishi  uchun  uning  maqomini  boshqa  bo„linmalar  ichida  eng 
yuqori qilib bеlgilash lozim.  
                                                           
1
 
www.cis2000.ru/publish/books/book_56/ch32.shtml.
 Firmalarda marketingdan foydalanish bo„yicha ma‟lumotlar 
olishni ta‟minlaydi. 


 
50 
Korxona (firma, birlashma va hokazolar) bozorda o„z o„rnini egallab, uni mus-
tahkamlashga,  mahsulotning  raqobatbardosh  va  xaridorgir  bo„lishini  hamda 
olayotgan  daromadining  hajmi  oshishini  maqsad  qilib  qo„ygan  bo„lsa,  markеting 
faoliyati doim to„g„ri va sifatli olib borilishi lozim. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish