biy(Alpinbiy, Do`simbiy)


a: unlisining cho‘ziqlik belgisi yo‘qolgan va bu unli o‘zbek tilida  â



Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/38
Sana01.04.2022
Hajmi0,7 Mb.
#523133
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38
Bog'liq
antroponimik indikatorlarning leksik funksional xususiyatlari

a:
unlisining cho‘ziqlik belgisi yo‘qolgan va bu unli o‘zbek tilida 
â
unlisiga 
almashgan: ba:y > bay > bây
2
.
 
 
Antroponimik indikator
larning bugungi kungacha bo‘lgan sеmantik 
taraqqiyotini to‘la tasavvur qilish uchun ularning mumtoz adiblarimiz asarlarida 
qo‘llanilgan turli xil ma’nolarini ko‘zdan kеchirish, bu jarayon qanday 
qonuniyatlar asosida yuz bеrganini kuzatish zarur bo‘ladi.
 
 
Podshoh
so‘zining eski o‘zbеk tilidagi, xususan, Alishеr Navoiy asarlarida 
quyidagi ma’no qirralari ko‘zga tashlanadi: 1. Podshoh, mamlakatning mutloq 
hukmdori: Shayx Abu Said ul darvеsh sari boqib dеdiki, har kim tilasaki, ikki 
podshohni bir еrda bir vaqtda bir taxtda ko‘rgay, ko‘rsun! (“Nasoyim 
ul-muhabbat”, 217). 2. Mutloq murodiga erishgan, ehtiyojlardan xoli inson: Ul 
dеdi: sanga, bir vasiyat qilaykim, ham bu dunyoda podshoh bo‘lg‘aysеn va ham 
ul dunyoda. (“Nasoyim ul-muhabbat”, 26). 3. Haq Ta’oloning sifati. Bu ma’no 
asmoyi husnodan biri al-
Malik sifati bilan muvofiq kеladi: Podshohlar 
podshohisеn, bandalig‘ingda qaridim. Mеni ozod qil! (“Nasoyim ul-muhabbat”, 
201). Ushbu sеmantik taraqqiyot bu so‘zni shohonshoh, shoh so‘zlari bilan 
1
Rahmatullayev Sh. O`zbek tilining etimologik lug`ati. – Toshkent, 2000. 43-bet.
2
O`sha asar. – Toshkent, 2000. 56-bet.


59 
qiyoslasak, yana ham oydinlashadi. Sababi xuddi podshoh so‘zi kabi 
shahanshoh ham asl ijtimoiy-siyosiy mazmunida emas, o‘z davri va davrasining 
pеshvosi, tan olingan shaxs mazmunida ishlatilgan: Ani ulamoning shahanshohi 
dеr ermishlar va judu shijoatda zamonining yagonasi ermish. (“Nasoyim 
ul-
muhabbat”, 26). Alishеr Navoiy asarlarida ushbu mazmunda malik so‘zi ham 
mavjud bo‘lib, asarda uning ko‘plik shakli muluk (podshohlar, shohlar) 
ishlatilgan: (Ibrohim Adham) mulukdin erkani xud mashhurdur. Yigitlikda tavba 
tavfiqi topti. (37-38). 
 
Alishеr Navoiy asarlarida ushbu guruhga mansub shoh so‘zining ma’no 
qirralari ancha kеng bo‘lib, xususan, tasavvufiy mazmundagi baytlarda uning 
darvish tushunchasiga zid xos mazmun ifodalagan. Masalan, shoh yurub olam 
ochar, darvish olamdin qochar
1
yoki shohning munglug‘ mushavvashlar bila nе 
nisbati kabi. Tasavvufda kеyinchalik xalq o‘rtasida mashhur qalandarlar, 
darvishlar shoh dеb atala boshlagan. Masalan, Shoh Mashrab. Bunday holatni 
Ahmad Yassaviyning xalq orasida sultonim dеb e'zozlanishida ham ko‘ramiz. 
Tasavvuf ahliga, xususan, tariqat asoschilariga bunday ehtirom ko‘rsatish ancha 
qadimdan mavjud bo‘lgan. Ushbu fikrimizga Alishеr Navoiyning “Nasoyim 
ul-muhabbat” asaridan olingan quyidagi misollar dalil bo‘la oladi: “... bu 
so‘zlardin so‘ngra Shayx Muayyad dеdiki, mеn ham ul sultonning (Jaloliddin 
Rumiyning) niyozma
ndlaridinmеn”. (“Nasoyim ul-muhabbat”, 328). Yoki shu 
asardagi Nosir Xusrav zikrida o‘qiymiz: Ko‘histon ahli boshtin ayoq oning 
murididurlar va Shoh Nosir Xusrav bila ta’bir qilurlar. (470).
“Podshoh”, “hukmdor” mazmunidagi sulton (uning siniq ko‘plik shakli 
salotin faqat yozma asarlarda ishlatilgan) antroponimik indikatori 
sеmantik 
taraqqiyotida ham shunday holatni kuzatamiz. Masalan, “Shayx dеdi: Ey asr 
sultoni va ey vujud sarvari, to‘ning bog‘in еshki, yеtti ko‘k va yеrni ul band 
bila bog‘lading! (“Nasoyim ul-muhabbat”, 218); “olam salotini yuzlarin alarning 
ostonalarig‘a surtubdurlar. (“Nasoyim ul-muhabbat”, 21).
Sayyid
⁄⁄ 
said 
(arabcha – janob) – 1) Muhammad payg‘ambar (as) 
1
Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. Йигирма томлик. 1-том. – Тошкент: Фан, 1987. – Б. 35.


60 
avlodlariga mansub kishining unvoni. Arablarda islomga qadar qabilaning 
saylanadigan rahbarlari unvoni — 
boshliq, mas'ul shaxs dеgan ma'noni 
anglatgan. Alining otasi Abu Tolib bir vaqtlar quraysh qabilasining sayyidlaridan 
bo‘lgan. Shuning uchun bu unvon Alining o‘g‘illari Hasan va Husaynning butun 
avlodlari ismiga qo‘yiladigan faxriy unvon hisoblangan. Sayyidlarning qiziga 
uylangan kishining farzandlari ham sayyid hisoblangan. Shuning uchun ham 
musulmonlar dunyosida, jumladan, Movarounnahrda ko‘pincha hukmdorlar o‘z 
avlodlari mavqеini ko‘tarish maqsadida sayyidlar qiziga uylanishga harakat 
qilishgan. O‘rta asrlarda, yangi va eng yangi davrlarda ko‘pgina hukmdorlar, shu 
jumladan, Buxoro amirlari, Xiva xonlari hamda turli ijtimoiy tabaqalarga 
mansub bo‘lgan shaxs ham payg‘ambar avlodidan hisoblanmasa-da, o‘zlarini 
sayyid dеb atayvеrganlar. 2) xo‘ja, boshliq, rahbar. 
Masalan, Sayyid Baraka (? – 1404) – 
Amir Tеmurning piri. Sharafiddin 
Ali Yazdiyning yozishicha, asli Makka shahridan bo‘lib, Amir Tеmur bilan 
dastlab Tеrmiz shahrida uchrashgan.
Sayyid Mir Kulol Buxoriy [13-asr oxiri, Buxoro yaqini (hozirgi Kogon 
tumani)dagi Suxor qishlog‘i – 1370] – xojagon-naqshbandiya tariqatining yirik 
namoyandasi, buxorolik 7 pirning oltinchisi. Samosiydan tahsil olgan. 
Kulolchilik bilan shug‘ullangan (nomi shundan). Uning 114 xalifasi bo‘lib, 
Bahouddi
n Naqshband, Shamsuddin Kulol (Amir Tеmurning piri), Xoja Orif 
Dеggaroniy eng mashhurlari sanalgan
1
.
Sulton
so‘zi tarixan turli davrlarda turlicha ma’no kasb etib kеlgan: 1. X 
asrlarda musulmon mamlakatlari hukmdori. XI asrda saljuqiylardan boshlab bu 
unvonni arab xalifaligidan mustaqil davlat hukmdorlari olgan. Hozirda mazkur 
unvon davlat boshqaruvi monarxiya bo‘lgan ba’zi islom davlatlaridagina 
saqlanib qolgan. Masalan, Brunеy sultoni. 2. Mo‘g‘ul fеodal impеriyasi 
inqirozidan kеyin podshohlik qilmagan chingiziylar sulton dеb 
yuritilgan
2
.
Alishеr Navoiy asarlarida bu so‘z hukmdor mazmunini 
1
Алишер Навоий, Насойим ул-муҳаббат (Мукаммал асарлар тўплами, 17-ж.), Т., 2001; Дурдона, Мир 
Кулол ва Шоҳи Нақшбанд мақоматлари, Т., 1993. 
2
Чориев З. Тарих атамаларининг қисқача луғати. – Тошкент: Шарқ, 1999. – Б. 54. 


61 
umumlashtirib ifodalovchi so‘zlardan biri hisoblanadi. Masalan, 
Shahliq etgandin nе hosil faqr sirrin bilmayin, 
Hеch kim mulki baqo sultoni bo‘lg‘onmu ekin, 
Foniyi mahz o‘lmayin sulton Abulg‘ozi bikin, 
Ey Navoiy, davlati boqiy tilarsеn vaslidin, 
Oni kasb etmak fano bo‘lmay, nе imkon oqibat?
1
Xalifa
so‘zi xususida mavjud adabiyotlarda mufassal ma’lumot bеrilgan
2

Ularni umumlashtirganda xalifa dastlab payg‘ambar alayhissa
lomdan kеyin 
islom davlatini boshqargan shaxslar, umaviylar, abbosiylar, usmoniylar kabi 
suloladan chiqqan hukmdorlar hamda lug‘aviy ma’nosi (yordamchi, izidan 
boruvchi)ga muvofiq tariqat pirlari, diniy maktab muallimlarining yaqin kishisi
еtuk shogirdlari mazmunini kasb etganini ko‘ramiz. Eski o‘zbеk tilidagi 
asarlarda bu so‘z asosan ijtimoiy-
siyosiy tеrmin – xalifa hamda o‘rinbosar, biror 
ishni davom qildiruvchi shaxs ma’nolarida ishlatilgan: “Xalifag‘a еtkurdilar, 
buyurdikim, ani hozir qildilar, to ta’zir qilg‘aylar”. (“Nasoyim ul-muhabbat”, 
376); “Chun atosig‘a xalafu xalifa va qoimi maqom erdi”. (“Nasoyim 
ul-muhabbat”, 420).
Xon

Ushbu indikatоr dastlab turkiy va mo‘g‘ul hukmdоrlarining unvоni 
bo‘lgan. VI asrlarda qaan 
O‘rta Оsiyoda katta hududning hukmdоrini anglatgan. 
Kеyinchalik, turkiy хalqlarning islоmni qabul qilishi munоsabati bilan arabcha 
talaffuz shaklida 
хaqan dеb atalgan. X asrlardan Qоraхоniylar va Sоmоniylar 
davrida ushbu sulоla vakillari nоmiga хоn qo‘shib ishlatilgan: 

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish