Bitiruv malaka ishi


Bozor bobi mavzularining o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalar, uning mazmuni va maqsadi



Download 1,91 Mb.
bet12/15
Sana29.12.2021
Hajmi1,91 Mb.
#77503
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
.........iqtisod 24-Abdullayeva Kamola bitiruv malaka ishi

Bozor bobi mavzularining o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalar, uning mazmuni va maqsadi.

Respublikamizda ta’lim sistemasi islohqilinmoda. «Kadrlash tayyorlash milliy darsturi» va «Ta’lim to‘g’risidagi» qonunlarda ta’lim jarayoniga ilg’or pedagogik texnologiyalarni, ta’limning yangi uslubi va shakllarini tadbiq etish ko‘zda tutiladi. Ta’lim tizimini texnologiyalashtirish g’oyasi 1960-yillarda rivojlangan mamlakatlar: AQSH, Yaponiya, Angiliya, Italiyada joriy etila boshlangan edi. Ushbu mamlakatlarning pedagogik tajribalari shuni ko‘rsatmoqdaki, yangi pedagogik texnologiyalar o‘zining hayotiyligini har tomonlama namoyon etmoqda. YAPT tushunchasi sanoatdagi texnologik jarayondan bilvosita analogiya sifatida olingan. YAPT da yagona ta’rif mavjud emas hozirgi kunda unga 15 ga yaqin ta’rif berilgan. Shular ichida “YUNESKO” tomonidan berilgan ta’rif ancha mukammal hisoblanadi: “Pedagogik texnalogiya” bu inson va texnika imkoniyatlarining o‘zaro ta’siri va aloqasini hisobga olib o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish va qo‘llashning eng maqbul yo‘llarini aniqlashning sistemali usulidir”. Texnologiya lotin tilidan olingan bo‘lib techno- san’at, mahorat, ko‘nikma, Logos-ta’limot, tayyorlash degan ma’nolarni anglatadi. YAPT ning asosida sistemali tahlil turadi. Ta’lim jarayoni sistema deb qaralsa, sistemaning tarkibi va stukturasini aniqlash YAPT ning asosiy vazifasi hisoblanadi. U zamonaviy o‘quv-uslubiy majmuasini yaratish, o‘quv-tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta’minlash, o‘qitishning yangi samarali vositalaridan foydalanishga asoslangan o‘quv jarayonini yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Ta’lim jarayonini ham sanoat texnologiyasi darajasiga ko‘tarish, ya’ni bajaruvchining shaxsiga bog’liq bo‘lmagan holda texnik hujjatlar talablariga to‘la rioya qilinganda sifati kafolatlangan mahsulot chiqarishga erishish zamon talabi hisoblanadi. Bizga o‘tmishdan meros bo‘lib qolgan pedagogik jarayon rus pedagogi A.S. Makarenko qayd etganidek “Bizda ta’lim hech qachon mantiq asosida qurilmagan, balki hamma vaqt axloqiy targ’ibot mantig’i asosida qurilgan.” Shu bois bizda ishlab chiqarishning muhim bo‘limlari umuman yo‘q. Pedagogikada sanoatdagi kabi qayta tiklanadigan tsiklni yaratish ancha murakkab jarayon hisoblanadi. Chunki o‘quv maqsadlarining rang-barangligi, ta’lim mazmunining elementlari va o‘quv materialining xilma-xilligi, ta’lim oluvchilarning individual xususiyatlari va boshqa ko‘pgina omillar ta’lim jarayonini samaradorligiga xalaqit beradi. Ta’lim jarayoni murakkab, ochiq boshqariladigan, nochiziqli dinamik sistema hisoblanadi. Sistemali tahlil asosida yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etishdan ko‘zga tutilgan maqsad: birinchidan, o‘quvchilarning darsda faolligini oshirish, mustaqil fikrlash, ijodkorlik kabi xislatlarini shakllantirish uchun o‘qituvchilarni noan’anaviy o‘qitish usullari bilan qurollantirish, ikkinchidan, o‘quvchilarni sezgi, idrok, tasavvur, hissiyot, xarakter kabi ichki ruhiy faoliyatini kuchaytirish orqali o‘qish va o‘rganishning noan’anaviy usullari bilan tanishtirish. Texnologiya tushunchasi bilan bog’liq ravishda texnologik xarita atamasi yuzaga keldi. Texnologik xarita-texnologik hujjatning shakli bo‘lib, unda ta’lim jarayonida amalga oshiriladigan operatsiyalar va ularning tarkibiy qismlari, O‘TV, darsliklar, reyting, baholash mezonlari, unga sarflanadigan vaqt, o‘qituvchilar kvalifikatsiyasi va hokazolar qayd etiladi. Pedagogik texnologiya ilmiy pedagogik konsepsiyaga asoslanadi. Ko‘zlangan maqsadga erishish uchun u didaktik, ruhiy, ijtimoiy pedagogik, falsafiy tamoyillarga asoslanadi. Pedadgogik texnologiya sistemasida ketma-ketlik, o‘zaro bog’liqlik saqlanadi. YAPT ta’lim sistemasidagi o‘ziga xos innovatsion yondashuv hisoblanadi. Hozirgi kunda jahon pedagogika fani ilmiy-texnika taraqqiyoti ta’sirini boshidan kechirmoqda. U psixologiya, kibernetika, sistemalar nazariyasi, boshqarish nazariyasi va boshqa fanlar bilan integrallashib bormoqda. Natijada ta’lim va tarbiyaning insonning ichki qobilyatlariga asoslangan samarali usullarini amaliyotga keng qo‘llash imkoniyatlari yaratilmoqda. Xulosa qilib aytganda, YAPT lar rivojlangan xorijiy davlatlarda sinovdan o‘tib o‘zining hayotiy ekanligini namoyon etmoqda. Buning yaqqol isboti ushbu mamlakatlarning iqtisodiy salohiyotini yuksak darajada rivojlanib borayotganligi hisoblanadi. Ta’lim sistemasiga YAPTni joriy etish orqali quyidagi muammolarni yechishga imkoniyat yaratiladi:

1 . O‘quvchilarni YAPTning asosiy tamoyillari bilan tanishtirish.

2. O’quvchilarni xorijiy, MDH va O‘zbekistonda YAPT lar sistemasini shakllantirishda to‘plangan tajribalar bilan tanishtirish.

3. O‘quvchilarni fizika fanini o‘qitish jarayonini loyihalashtirishni o‘rgatish.

4.O‘quvchilar bilimini nazorat qilishning obyektiv usulini joriy etish.

5.O‘quvchilar bilimini va malakasini nazorat qilish uchun test topshiriqlarini tuzish uslubiyati bilan qurollantirish.

YAPTni joriy etish bo‘yicha AQSHda pedagogik texnologiya (1961-yil), Angliyada “Pedagogik texnologik va dasturlashtirilgan ta’lim” (1964) Yaponiyada “Pedagogik texnologiya” (1965) Italiyada shu nomdagi jurnallar 1971-yildan boshlab chop etilmoqda. 1999-yil dekabr O‘zR xalq ta’limi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari qoshida “Yangi pedagogik texnologiya” markazlari tashkil etildi.

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish