Birinchi prezidenti, buyuk davlat va siyosat


Фойдаланилган адабиётлар рўйхати



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/41
Sana23.02.2022
Hajmi1,33 Mb.
#136694
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41
Bog'liq
Islom Karimov Mustaqil Uzbekiston davlati asoschisi (1)

Фойдаланилган адабиётлар рўйхати: 
1. Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёев 2017 йил 27 
ноябрь\даги Қарори. 
2. И.А.Каримов. 
Бизнинг 
йўлимиз 
демократик 
ислохотларни 
чуқурлаштириш ва модернизация жараёнларини изчил давом эттириш. 20-
жилд. -Т.: «Ўзбекистон». 2012. 184-бет. 
3. И.А.Каримов. Она юртимиз бахту иқболи ва буюк келажак йўлида 
хизмат килиш – энг олий саодатдир. -Т.: «Ўзбекистон», 2015. 25-бет. 
4. И.А.Каримовнинг 
Ўзбекистон 
Республикаси 
Олий 
Мажлиси 
Қонунчилик палатасининг биринчи ташкилий йиғилишидаги нутқи. //«Халк 
сўзи» газетаси, 2015 йил 13 январь. 
5. Н.Жўраев, Т.Файзуллаев. Мустақил Ўзбекистон тарихи. 3-жилд. -Т.: 
«Шарқ». 2000. 7-бет. 
TARIXIMIZ VA KELAJAGIMIZ YO’LIGA BAXSHIDA UMR – 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BIRINCHI PREZIDENTI ISLOM 
KARIMOV - JASORAT TIMSOLI 
Husanova N., 
SamDCHTI talabasi 
O’zbekiston Respublikasining istiqlol yillarida erishgan barcha yutuqlari
jumladan mustaqillikning bugungi kuni O’zbekiston Respublikasining birinchi 
prezidenti Islom Karimov nomi bilan bog’liqdir. Islom Karimov sobiq sovet 
tizimidan keyin paydo bo’lgan beqaror, notinch davrda O’zbekiston jamiyatida 
barqarorlik va ishonchni paydo qila oldi. O’zbek xalqi oldiga millatni, vatanni 
yanada yuksaklarga ko’taradigan ulkan maqsad va vazifalarni qo’ydi. Islom 
Karimov O’zbekistonda amalga oshirgan ulkan ishlari, tarixiy o’zgarishlarning 


30 
tashabbuskori va rahnamosi, mamlakatning istiqlol dasturini ishlab chiqqan va 
milliy taraqqiyot yo’lini belgilab bergan buyuk shaxsdir. 
Islom Karimov demokratik talablar va xalqaro mezonlarga to’la javob bera 
oladigan O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining asosiy muallifi va uni 
hayotga tatbiq etishning kafolatidir. Islom Karimov doimo davlatni isloh 
qilayotganda “Islohot-islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning farovon 
hayoti uchun xizmat qilishi kerak” degan shiorga asoslanib ish yuritganlar va shu 
sababli ham barcha chiqargan qaror va farmoyishlar inson manfaatlarini himoya 
qilish uchun mo’ljallangan. Xalqning turmush darajasini oshirishga xizmat 
qilishiga zamin yaratib, uning nazoratini o’z qo’llarida olib qolganlar. Markaziy 
hokimiyat va uning joylardagi bo’g’inlarini isloh qilish, davlat, jamiyat va inson 
munosabatlarini uyg’unlashtirishga qaratilgan yangi siyosiy-ijtimoiy tizim 
tamoyillarini ishlab chiqdi va amalga oshirdi.
Ma’lumki, Islom Karimov Respublikamiz rahbari sifatida 1989-yil 23-iyun
kuni bo’lib o’tgan O’zbekiston Kompartiyasi MQning XIV Plenumida Islom 
Abdug’aniyevich Karimov O’zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi etib 
saylandi va uning boshchiligidagi yangi rahbariyat tomonidan o’zbek xalqining 
milliy o’zligini anglash kuchayib borayotganligi birinchi bor e’tirof etildi. Xalqning 
shon-shuhrati, qadr-qimmatini himoya qilish, milliy mustaqillikka erishish tomon 
yo’l olindi. Respublikada kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish va tarbiyalsh 
masalalarida milliy manfaatdorlik ustuvorligi ta’minlandi. Mahalliy kadrlar 
rahbarlik lavozimlariga ko’tarildi. Kadrlar siyosatidagi jiddiy ijobiy o’zgarishlar 
bo’ldi. Bu davrning og’ir va ayanchli ijtimoiy-siyosiy manzarasiga I. Karimov 
shunday baho beradi: “Shu narsa shak-shubhasiz va ochiq-oydindirki, Respublika 
barcha asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko’rsatkichlar bo’yicha Ittifoqdagi o’rtacha 
darajadan ham ancha orqada bo’lib, mamlakatda oxirgi o’rinlardan birida 
turibdi”
11
degan fikirlarni bildirib o’tadi.
Leonid Levitin Islom Karimov haqida juda iliq fikirda bo’lib, uning davlat 
rahbari bo’lishini bir ovozdan ma’qullaydi. Islom Karimov Leonid Levitin bilan 
11
I.A.Karimov. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida.T.: “O’zbekiston”, 2014, 5-6-b 


31 
bo’lgan suhatdan Yurtboshimiz “Faqat bilimli, ma’rifatli jamiyatgina-demokratik 
taraqqiyotning barcha afzalliklarini qadrlay olishini va aksincha bilimi kam, omi 
odamlar avtoritarizimni hamda totalitar tuzumni ma’qul ko’rishini hayotning o’zi 
ishonarli tarzda isbotlamoqda”
12
degan fikrlarni aytadi. Bu ajoyib fikr Islom 
Karimovning nechog’lik masalaning mohiyatini tushunib yetganligini bildiradi deb 
ta’riflaydi Leonid Levitin.
1989-yilning may oyida Farg’ona viloyatida buzg’unchi kuchlar tomonidan 
tashkil etilgan ommaviy tartibsizliklar iyunning oxiriga kelib nihoyatda avj olib 
ketdi. Kechagina Respublikamiz rahbari etib saylangan Islom Karimov ishga 
kirishgan kunning ertasigayoq, ya’ni 24-iyun kuni O’zbekiston SSR Ministrlari 
Sovetida katta majlis o’tkazildi va unda nutq so’zladi. Bu nutq mohiyati e’tiboriga 
ko’ra Islom Karimovning O’zbekiston rahbari sifatidagi birinchi nutqi ekanligi 
bilan ham alohida tarixiy ahamiyatga egadir. Ushbu chiqishda Islom Karimovning 
siyosiy yetakchiga xos barcha fazilatlari yaqqol namoyon bo’ladi. O’zining keskin 
tanqidiy va amaliy ruhi bilan ajralib turadigan mazkur nutqda Respublika rahbari 
O’zbekistonda vujudga kelgan o’ta murakkab ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat va uning 
sabablarini chuqur tahlil qilib, achchiq va haqqoniy bir xulosaga keladi. “Biz 
bundan buyon eskicha yashay olmaymiz va bunday yashashga zamoning o’zi yo’l 
qo’ymaydi”, deb yangi lavozimga qanday ulug’ maqsad bilan kurashayotgani, o’z 
faoliyatida islohotchilik, el-yurtning dardu tashvishlari eng oliy mezon bo’lib 
qolishini ochiq bayon qiladi.
Yangi rahbarning mavjud ahvolni ijobiy tomonga o’zgartirish, Respublikani 
chuqur inqiroz holatidan olib chiqish borasidagi azmu - qarori naqadar jiddiy va 
qat’iy ekani ularning o’rtasida katta bezovtalik va besaranjomlikka sabab bo’ldi. 
Farg’onada sodir bo’lgan fojeaga asosiy sabab ikkinchi jahon urushi yillarida 
mustabid tuzum tomonidan deportatsiya qilingan bir qator xalqlar qatorida mesxeti 
turklari ham bo’lib, ular asosan aholi zich yashaydigan Farg’ona viloyatiga, bir 
qismi Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlariga joylashtirilgan bo’lib, buning 
oqibatida 
ijtimoiy-iqtisodiy 
va 
millatlararo 
munosabatlarda 
qo’shimcha 
12
Leonind Levitan.O’bekiston tarixiy burulish pallasida.-T.: “O’zbekiston”,2001, 10-11-b 


32 
muammolarni yuzaga keltirgan edi. Respublikaning siyosiy rahbariyati yuzaga 
kelgan bu murakkab vaziyatni o’z vaqtida to’g’ri baholay olmadi. Natijada, oddiy 
mojaro Farg’ona, Toshkentda ahlosining ayniqsa, yoshlarning ommaviy 
chiqshlariga, millatlararo to’qnashuviga sabab bo’ldi.
Farg’ona viloyatida o’n yillar davomida ijtimoiy-iqtisodiy keskinlik ortib 
bordi. Xo’jalik strukturasi buzilgan, tarmoqlar xomashyo yetishtrish, yarim 
fabrikalar ishlab chiqarishga moslashib qolgan edi. Ishsizlar soni tobora ortib borar, 
odamlarni, yoshlarni ish bilan ta’minlash tadbirlari ko’rilmasdi. Kadrlarni tanlash, 
joy-joyiga qo’yish ishlari buzilgan, poraxo’rlik, xizmat mavqeini suiste’mol qilish 
avj olgan edi. Ana shunday keskinlikdan, respublikada ijtimoiy-siyosiy beqarorlikni 
keltirib chiqarishdan manfaatdor siyosiy kuchlar allaqachon ishlab chiqilgan, puxta 
tayyorgarlik ko’rgan reja asosida ig’vogarona harakat qildilar. Mana shunday 
vaziyatlarda 25 iyun kuni Islom Karimov janjal to’polonlar alangasida qolib ketgan 
Farg’onaga yo’l oladi. Lovullab yonayotgan uylar, tahlika va sarosimaga tushgan 
shahar va qishloqlar, qahr-g’azabga to’lgan odamlarning ichiga dadil kirib boradi. 
Ular bilan chin dildan, hech narsani yashirmasdan ochiq gaplashadi. Bu 
insonlarning shu vaqtga qadar hech kim eshitmagan ohu-nolalarini tinglab, o’zining 
yurakdan chiqqan samimiy va haqqoniy so’zlari bilan bamisoli ularning qalbidagi 
jarohatlariga malham qo’ygandek bo’ldi. Ko’ngillarda so’ngan umid uchqunlarini 
uyg’otdi. Tartib-intizomni tiklash, qon to’kilishining oldini olish bo’yicha butun 
mas’uliyatni o’z zimmasiga olib, aniq chora-tadbirlar ko’radi. O’sha yillarda 
Farg’ona voqealari to’g’risida shov-shuv ko’tarilgan, shunday qonli fojia hisobidan 
obro’ topishi, o’zining g’arazli manfaatlariga erishishga, xalqimizni badnom 
qilishga urungan kimsalar ko’p bo’lgan. Jumladan, Yurtboshimiz Toshkentda va 
Moskvada bo’lib o’tgan katta anjumanlarda, matbuotdagi chiqishlarida bu 
masalada qatiy pozitsiyada turib, quyidagi fikrlarni alohida ta’kidlaydi: “O’zbek 
xalqining vijdoni pok. Farg’ona voqealari o’zbek xalqining irodasi bilan sodir 
bo’lmadi. Bu voqealarga tutruqsiz va g’arazli maqsdalarni ko’zlab, kim qanday 
bo’yoq bermasin, tarix albatta, o’zining hukmini chiqaradi. Baynalmilalchilik, 
mehmondo’stlik, yaxshilik, saxovat hamisha o’zbek xalqiga xos fazilat bo’lib 


33 
keladi. Xalqimiz hech qachon boshqa xalqlarga nisbatan dushmanlik kayfiyatida 
bo’lmagan. Na qadimiy va na hozirgi tariximizdan olingan ko’pgina misollar bilan 
isbot qilingan”
13

Ana shunday tarixiy misollar asosida aytish mumkinki, Islom Karimovning 
barcha muammolar haqida-ular qanchalik og’ir va noxush bo’lmasin-ochiq 
gapirishi, hamisha haqiqatning ko’ziga tik qarashi unga nisbatan xalqimizning 
e’tirofi va ehtiromini uyg’otdi. Yana bir o’ta muhim jihati shundaki, 
mamlakatimizda huquqiy demakratik davlat, fuqorolik jamiyatni barpo etish 
yo’lida avval boshdanoq asosiy ustuvor yo’nalishlarga aylangan masalalar tinchlik 
va barqarorlikni saqlash, millatlararo hamjihatlikni asrash, aholini ijtimoiy 
muhofaza qilish, iqtisodiyotni tubdan isloh etish, milliy armiyani shakllantrish, sud-
huquq tizimini yangi asosda barpo etish, inson manfaati, huquq va erkinliklarini 
ta’minlash, ijtimoiy-siyosiy hayotni erkinlashtirish, aholi salomatligi, ilm-fan, 
ta’lim-tarbiya, madaniyat va sport sohalariga e’tibor qaratish, jahon hamjamiyatida 
munosib o’rin egallash kabi ko’pdan ko’p dolzarb vazifalar mustaqilligimizning 
poydevori qo’yilayotgan o’sha davrda Yurtboshimizning chiqishlarida har 
tomonlama o’z ifodasini topa boshlagan edi.
Bir so’z bilan aytganda, bugungi kunda “Taraqqiyotning o’zbek 

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish