Birinchi prezidenti, buyuk davlat va siyosat


ISLOM KARIMOV-TA’LIM VA TARBIYA SOHASIDAGI ULKAN



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/41
Sana23.02.2022
Hajmi1,33 Mb.
#136694
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41
Bog'liq
Islom Karimov Mustaqil Uzbekiston davlati asoschisi (1)

ISLOM KARIMOV-TA’LIM VA TARBIYA SOHASIDAGI ULKAN 
ISLOHOTLAR EGASI, KELAJAK AVLODGA MUNOSIB YO’LBOSHCHI 
Qudratov A., 
SamDCHTI talabasi 
Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo’lmaydi –
bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi. 
Islom Karimov 
Mustaqillikka erishganimizdan so’ng, ajdodlarimizning asriy orzu-umidlari 
ushalayotgan bir paytda boshqa sohalar qatori ta’lim tizimini ham qaytadan isloh 
qilish va rivojlantirish zaruriyati paydo bo’ldi. Ta’lim sohasini rivojlantirish uchun 
qisqa bir davrda zarur huquqiy, ilmiy-uslubiy va moliyaviy sharoitlar yaratildi. 
Birinchi prezidentimiz I.Karimov tomonidan, ayniqsa, maktab ta’limiga alohida 
e’tibor qaratildi. Negaki, kelajagimiz bunyodkorlari, ertangi kunimiz egalari 
hisoblanmish yosh avlodning har tomonlama shakllanishida maktabning ahamiyati 
beqiyos. “Ulug’ vatandoshlarimizdan biri ta’kidlaganidek, maktab taraqqiyotning 
boshlang’ichi, madaniyat va saodatning kalitidir.”
Qadim-qadimdan ota-bobolarimiz ta’lim-tarbiya jarayonini, ilm-u ma’rifatni 
shaxs kamolotining sababchisi sifatida baholashgan, ta’lim-tarbiyaga jamiyat va 
millat hayotini rivojlantiruvchi, sivilizatsiyaning eng yuksak pog’onasiga olib 


48 
chiquvchi xazina sifatida qarashgan va uni imkon qadar boyitishga harakat 
qilishgan. Negaki, ta’lim-tarbiya, avvalo, inson, uning dunyoqarashi, fikrlash tarzi 
va tafakkurini o’zida aks ettiradigan bir ko’zgu hisoblanadi va shaxsning o’zligini 
anglashiga, jamiyatda o’z o’rnini topishiga yordam beradigan, yurt ravnaqi, el-u 
yurt koriga yaraydigan komil inson sifatida shakllantiruvchi asosiy omillardan 
biridir. Ta’lim – tarbiya tizimi bir – birini bevosita to’ldirib, quvvatlab turadigan, 
o’zaro bog’liq holda rivojlanib boradigan jarayondir. Birinchi prezidentimiz 
I.A.Karimovning ta’lim haqidagi quyidagi fikrlari e’tiborga molik: 
“…xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi farzandlarimizning bugun 
qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’liq. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va 
murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko’rishi zarur. Ana shu oddiy 
talabdan kelib chiqqan holda

farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobilyatiga 
ega bo’lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish ta’lim-tarbiya 
sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo’lishi lozim deb qabul qilishimiz kerak. Bu 
esa ta’lim va tarbiya ishini uyg’un holda olib borishni talab etadi.”
2
O’zbekiston 
Respublikasi fuqarolarining bepul ta’lim olishi haqidagi qonunning bosh 
qomusimiz hisoblanmish Konstitutsiyamizning 41-moddasida “Har kim bilim olish 
huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari 
davlat nazoratidadir” deb qat’iy belgilab qo’yilishi ta’lim sohasidagi o’zgarishlar 
uchun tashlangan dastlabki yirik qadam bo’ldi. O’quvchi yoshlarga ta’lim – tarbiya 
beradigan maktab muassasalari faoliyatini davlat va jamiyat nazoratida bo’lishining 
o’zi ham bu tizimda amalga oshirilgan dastlabki islohotlarning biri edi. I.Karimov 
ta’lim tizimini isloh qilish bo’yicha maxsus istiqbolli dastur tayyorlash va uni 
amaliyotga tatbiq etish to’g’risida ko’p bora ta’kidlagan edi. Ana shu 
tashabbuslarning yorqin ifodasi sifatida 1997-yil 29-avgust sanasida O’zbekiston 
Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 
to’g’risida”gi qonunlari qabul qilindi. “Ta’lim to’g’risida”gi qonunning qabul 
qilinishi tizimdagi ulkan amaliy qadamlardan biri bo’ldi.”Ushbu qonun fuqarolarga 
ta’lim, tarbiya berish, kasb – hunar o’rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi 
hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga 


49 
qaratilgan”
3
. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni 
bajarish asnosida, maktablarning moddiy texnik bazasini oshirish, ularni zamon 
talablariga javob beradigan o’quv binolar, o’quv va laboratoriya jihozlari, darslik 
va o’quv qo’llanmalar bilan ta’minlash masalasi bo’yicha keng miqyosli ishlar 
amalga oshirildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishidan asosiy 
maqsad mustaqil O’zbekistonning jahon standartlariga mos keladigan, ilmiy 
taraqqiyotini ta’minlovchi, mustaqil fikrlay oladigan, yuqori malakali va bilimli, 
shu bilan birga ezgu insoniy sifatlarga ega bo’lgan kadrlarni tayyorlashdan iborat 
edi. Dastur Islom Karimov tomonidan ijtimoiy ongga kiritilgan, davlatni, jamiyatni 
rivojlantirishga xizmat qiladigan tamomila yangi tushunchadir. Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturining uzviy va mantiqiy davomi sifatida 2004 – 2010 – yillarda amalga 
oshirishga mo’ljallangan “Maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy davlat 
dasturi” qabul qilindi. Ushbu dasturdan asosiy maqsad faoliyat yuritayotgan o’n 
mingga yaqin umumta’lim maktabining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, 
shu bilan birga ta’lim jarayonini tubdan takomillashtirish, o’qituvchilar mehnatini 
moddiy va ma’naviy rag’batlantirishdan iborat edi. 
Yurtimizda 
ta’lim tizimini yuksaltirishda birinchi Prezidentimiz 
boshchiligida qator ishlar olib borildi. Statistik ma’lumotlarga asoslanadigan 
bo’lsak, 2004-2010-yillar oralg’ida yurtimizda I.Karimov tashabbusi bilan 7800 
dan ortiq yangi maktablar qurildi, ta’mirlandi va rekonstruksiya qilindi, ularning 
umumiy soni 9860 taga yetdi. 8 mingdan ortiq ta’lim muassasasi kapital 
ta’mirlandi, gaz va suv bilan ta’minlandi, markazlashgan kanalizatsiya tarmoqlariga 
ulandi. Bu ko’rsatkichlarni o’rta-maxsus ta’lim tizimida kuzatadigan bo’lsak, 1998-
2010-yillar oralig’ida yurtimizda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari soni 
1539 taga yetdi. “2014-yil holatiga nazar soladigan bo’lsak, joriy yilda hammasi 
bo’lib 540 dan ziyod obyekt , shu jumladan, 380 ta maktab, 160 dan ortiq kasb – 
hunar kolleji va akademik litsey tubdan yangilandi. Mazkur maqsadlar uchun 
qariyb 550 milliard so’m sarflangan bo’lib, shundan 120 milliard so’mdan ortig’i 
ta’lim muassasalarini o’quv, laboratoriya va ishlab chiqarish uskunalari, kompyuter 
va multimedia vositalari bilan ta’minlash uchun ajratildi. 2011 – 2016 – yillarda 


50 
oliy ta’lim muassasalarining moddiy – texnik bazasini modernizatsiya qilish dasturi 
doirasida 19 ta oliy ta’lim muassasasida qurilish, rekonstruksiya qilish, kapital 
ta’mirlash va jihozlash bo’yicha qiymati 230 milliard so’mlik ishlar bajarildi. 
Andijon davlat universiteti, Buxoro muhandislik– texnologiya instituti, O’zbekiston 
Milliy universitetida yangi o’quv binolari barpo etildi ” 
4
Oliy ta’lim tizimida bakalavriat va magistraturadan iborat ikki bosqichli 
xalqaro standartga o’tish amalga oshirildi. Birinchi prezidentimiz tashabbuskorligi 
natijasida yurtimizda Xalqaro Westminster universiteti, Singapur menejmentni 
rivojlantirish instituti, I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz instituti, 
G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot Akademiyasi, Turin politexnika 
universiteti, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti kabi bir qancha 
xalqaro oliy o’quv yurtlarining filiallari tashkil etildi.
Yana bir e’tiborga molik jihati shundaki, ”Mamlakatimizda ta’lim sohasini 
rivojlantirish va isloh etishga yo’naltirilayotgan yillik xarajatlar yalpi ichki 
mahsulotning 10-12 foizini tashkil etayotgani va bu sohaning davlat byudjeti 
xarajatlaridagi ulushi 35 foizdan ziyod ekani , bunday ko’rsatkichlarni dunyoning 
boshqa davlatlarida kamdan – kam uchratish mumkinligi bugungi kunda Birlashgan 
Millatlar Tashkiloti, YUNISEF, YUNESKO va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar 
tomonidan e’tirof etilmoqda”.
Ko’rinib turibdiki, Islom Karimov tomonidan olib borilgan bu islohotlarning 
bosh maqsadi, avvalo, yurtimizda sog’lom va barkamol, bilimli , yuksak ma’naviy-
axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan avlodni shakllantirishdan iborat edi. Bularning 
barchasi birinchi navbatda, biz yoshlarning farovon kelajagi, kamolotini o’ylab 
amalga oshirilgan.
Bir so’z bilan aytadigan bo’lsak, birinchi prezidentimiz I.Karimov 
o’zining “Islohot islohot uchun emas, avvalo inson uchun” deb nomlangan 
tamoyiliga asoslangan holda, biz yoshlar ertangi kunning munosib vorislari 
bo’lishimiz uchun astoydil harakat qildi. Hech birimizga sir emaski, biz yashab 
turgan mana shu zaminda, Markaziy Osiyo mintaqasida jahonga dong’i ketgan, 
bugungi kunda ham, o’z zamonasida ham dunyo ilm-fanining eng yuqori 


51 
pog’onalarida turadigan Abu Rayhon Beruniy, Al-Xorazmiy, Ibn Sino, Ahmad al-
Farg’oniy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Nodira, Uvaysiy kabi 
yirik allomalar, shoirlar va shoiralar yetishib chiqqan. Biz ham mana shu muqaddas 
zaminning farzandlarimiz, bizning ham tomirimizda beruniylar, xorazmiylar, 
navoiylar qoni oqmoqda. Shunday ekan ajdodlarimizga munosib voris bo’laylik. 
Bugun jahon minbarlarida turib “Men-o’zbekman, O’zbekiston farzandiman”- deb 
faxr bilan aytayotgan tengdoshlarimiz, aka-ukalarimiz, opa-singillarimiz yuziga 
boqing, xoh u sa’nat sohasi bo’lsin, xoh u sport sohasi bo’lsin, xoh ilm-fan sohasi 
bo’lsin ularning yuzida Vatan ravnaqi, rivoji uchun hissa qo’shganligidan 
mamnunlik tuyg’usini ko’ramiz. Birinchi prezidentimiz I.Karimov ta’biri bilan 
aytganda: “Agarki qachon biz xohlagan zamon kelsa ana o’shanda murodimizga 
yetamiz, degan fikr bilan bemalol yuradigan bo’lsak, bilib qo’yinglar, bunday 
zamon hech qachon o’z – o’zidan kelmaydi.O’zimiz istagan zamon uchun 
kurashish, kerak bo’lsa, o’zimizni, butun borlig’imizni berishimiz lozim. Shunday 
intilish bilan yashasak, nafaqat o’z hayotimiz, balki kelajak avlodlarimiz hayotini, 
ularning ertangi yorug’ kunini o’zimiz, o’z qo’limiz bilan barpo etgan bo’lamiz”
6

Shunday ekan yaratilgan mavjud imkoniyatlardan yetarlicha foydalanishimiz, 
o’zimizga berilayotgan ishonchni oqlashimiz bizning Vatan oldidagi ham qarzimiz, 
ham farzimizdir.
Xulosa o’rnida shuni aytishimiz joizki, Vatan bir ayvon bo’lsa, biz 
yoshlar uning ustunlarimiz, ustunlar, ya’ni biz yoshlar qanchalik mustahkam 
bilimga, tafakkurga ega bo’lib borsak, Vatanimiz qudratiga qudrat qo’shgan 
bo’lamiz. Zero, Vatan kelajagi, yurt istiqboli, jamiyat taqdiri biz yoshlar qo’lidadir.

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish