Armatura tayyorlash. Armatura tsexida armatura karkaslari va to’rlari maxsus payvandlash uskunalari vositasida tayyorlanadi. Tsexda armatura sterjenlari va simlari kalavalar va o’ramlarni maxsus stanoklarda metall zaklardan, zanglardan tozalanadi, to’g’rilanadi, kerakli uzunlikda qirqiladi. Aloh’ida sterjenlar ko’p nuqtali payvandlash uskunalarida kontakt usulida payvandlab armatura karkaslari va to’rlari tayyorlanadi. Armatura karkaslari va to’rlari zavodning qoliplash tsexiga yuboriladi.
Armaturalarni avvaldan taranglash qoliplash tsexida maxsus stendlar va qoliplarda gidravlik domkratlar yordamida yoki elektrotermomexanik usulda beton quyilmasdan oldin amalga oshiriladi.
Avvaldan taranglangan armaturalar stend yoki qolipning chekka qismiga moslamalar yordamida maxkamlanadi. Beton qotib siqilishdagi mustah’kamligi 20 MPa dan ortganda maxkamlangan armatura bo’shatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |