Begmatov Muxriddin Yo’ldosh o’g’lining


XVII - XVIII asrlarda Fransiya davlatning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tuzumi



Download 278 Kb.
bet3/5
Sana17.01.2020
Hajmi278 Kb.
#35027
1   2   3   4   5
Bog'liq
Fransiyaning ijtimoiy-iqtisod


2. XVII - XVIII asrlarda Fransiya davlatning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tuzumi.

2.1. XVII asrda Fransiyada siyosiy feodal tuzum va iqtisodiy hayot.

1794 yil iyul oyi norozilik va omma ahvolining nihoyatda og'irlashishi natijasida Robesper boshchiligidagi yakobinchilarning zo'ravonlikka asoslangan o'ta so'l diktaturasi ag'darib tashlandi. Ko'p o'tmay 1795 yilda yangi konstitutsiya qabul qilindi. Saylab qo'yiladigan qonun chiqaruvchi korpus ta'sis qilindi, ijroiya hokimiyat esa 5 a'zodan iborat direktoriyaga (fransuzcha «direktoire» boshqaruv, rahbarlik ma'nosini anglatadi) topshirildi. Direktoriya hukmronligi (1795-1799)46 davrida ichki kurash bilan bir qatorda Fransiyaning Yevropadagi feodal monarxiyalari va Angliyaga qarshi urushi davom ettirildi. Rahbarlar ichida ayyor, ig'vogar Barras ajralib turar, hokimiyatning boshqaruv tizimlari ham uning qo'lida edi. Ammo, xalq orasida respublika g'oyalari keng tarqalib, fransuz qo'shinlari tashqi dushmanlar ustidan birin-ketin g'alabalarni qo'lga kiritayotgan edilar. Fransiya ilg'or ijtimoiy tizimi, rivojlanayotgan san'ati, erkin dehqonlardan tuzilgan muntazam armiyasi tufayli Yevropadagi feodal qirolliklardan harbiy ustunlikka erishmoqda edi. Reynning so'l sohili bilan Belgiya Fransiyaga qo'shib olindi, Gollandiya esa qaram respublikaga aylantirildi.



Fransiya qo'shinlari qayerga borsalar, dehqonlar va hunarmandlar yordamida ko'pgina feodal tartiblarni tugatib, yangi zamonaviy tartiblar o'rnatdilar. Mamlakat ichkarisida esa hamon direktoriya hokimiyatiga qarshi ilgarigadek isyonlar tez-tez bo'lib turar edi. Anna shunday isyonlardan biri Parijda yuz berdi. Bu isyonni bostirishda yosh general Napoleon Bonapart o'zining harbiy san'atini namoyish etdi. Fransiyaning Yevropa qirollik davlatlariga qarshi olib borgan urushlari asta-sekin bosqinchilik va boylik orttirish urushlariga aylandi. Urush natijasida pul, oziq-ovqat zaxiralari, nodir rasmlar, haykalchalar, san'at asarlarini tortib olish birinchi o'ringa chiqarildi. Bu narsalar o'lja sifatida Parijga tashila boshlandi. Ichki va tashqi urushlar natijasida armiya hamda uning generallarining Direktoriyaga ta'siri kuchaydi. 1799- yilgi davlat to'ntarilishdan so'ng Fransiyaning 1 konsuliga aylangan Napoleon Bonapart endi yakka hokimlikka intila boshladi47. Napoleon Bonapart 1769-yilda Korsika orolida kambag'allashgan dvoryan oilasida dunyoga keldi. Bonapartlar oilasida 8 farzand bo'lib, ular 5 o'g'il va 3 qiz-Jofer, Napoleon, Lyusen, Eliza, Lui, Pashna, Karolina va Jeramdan iborat edi48. Napoleon ikkinchi farzand edi. Otasi uni harbiy bilim yurtiga berdi. Napoleon bilim yurtini tugatib, 24 yoshidayoq general unvonini oldi. Napoleon Avstriya qo'shinlari egallab turgan shimoliy Italiyaga yurishga tayyorlanayotgan armiyaga qo'mondon etib tayinlandi. Bonapart armiyasi shimoliy Italiyaga bostirib kirib, Avstriya qo'shinlarini tor-mor etdi. 1797 yilda Napoleon Bonapart Avstriyani taslim bo'lish sulhini imzolashga va Fransiyaning g'alabasini tan olishga majbur etdi.Shundan so'ng Italiya Fransiyaga qaram bo'lgan bar necha kichik respublikalarga boiinib ketdi.

1798-yilning may oyida Napoleon 30 mingdan oshiq kishilik armiya bilan 350 ta kemada Misrga yo'l oldi. Quruqlikda fransuz qo'shinlari Misr otlaq armiyasi ustidan g'alaba qozondilar. Ammo tezda ingliz floti Misr sohillariga yetib kelib, fransuz kemalarini yondirib yobordi. Napoleon qo'shinlari Fransiyadan ajratib qo'yilib, halokatga mahkum etildi. Suriyaga qilingan hujum arablar bilan bilan turk qo'shinlarning qattiq qarshiligiga duch keldi. Shu paytning o'zida Suvorov qo'mondonligidagi rus armiyasi Shimoliy Italiyada fransuz qo'shinlarini mag'lubiyatga uchratdi.

Napoleon Bonapart o'z armiyasini tashlab,poytaxt Parijga shoshildi, u hokimiyat uchun kurashda asosiy da'vogarlardan biri edi. Napalyon Fransiyaga qaytgan paytda mamlakatda vaziyat og'ir edi. Direktoriya o'z obro'sini yo'qotib, ko'pchilik Napalyon Bonapart shaxsida o'z najotkorini izlayotgan edi. U armiya va xalq orasida kata obro'ga ega edi. Napoleon Fransiyaga qaytib kelgach, oradan bir oy o'tar o'tmas, 1799 yilning 9 noyabrida Direktoriya a'zolarining istefo berishlariga erishdi49. Ertasi kuni o'z ukasi, deputat Lyusen Bonapart yordamida sadoqatli qo'shinlar bilan qonun chiqaruvchi korpusni qurshab oldi. Deputatlarga hokimiyatni Napoleon boshchiligidagi uch konsulga (lotincha «consul» so'zidan kelib chiqqan bo'lib, Fransiyaga saylab qo'yiladigan ijro etuvchi hukumat rahbarlari) topshirish to'g'risidagi talab taqdim etildi. Tez orada yangi Konstitutsiya loyihasi ishlab chiqildi va konsullar ichida Napalyon keng vakolatlarga ega bo'lib, u 10 yillik muddat davomida shu lavozimni egallab turishi kerak edi.

Konstitutsiya va Napalyonning birinchi konsullikka tayinlanishi umumxalq ovoziga qo'yildi va deyarli ko'pchilik, ya'ni 3,5mln kishi uni yoqlab ovoz berdi.

Konsullik davrida davlat tizimi ancha mustahkamlandi, harbiydiktatura siyosati davom ettirildi. 1804 yilda Napoleon Bonapartni Napoleon I nomi bilan Fransiya imperatori deb e'lon qildi, mamlakatda monarxiya tuzumi qaytadan tiklandi50. Biroq mazkur monarxiya feodallar, dvoryanlar, ruhoniylar manfaatini emas balki yangidan rivojlanib kelayotgan o'rta tabaqalar, bankirlar, zodagonlar, armiya va amalorlarga tayanuvchi harbiy byurokratik monarxiya edi. Mulk, oila, savdo to'g'risidagi qonunlarning majmualari, jinoyat kodeksi tuzib chiqildi. «Napoleon kodeksi» deb nom olgan «fuqarolik kodeksi» ularning eng muhimi edi. Har qanday miqdodagi xususiy mulkka ega bo'lish huquqinimustahkamlab berish bu kodeksni asosiy vazifasi edi. Xususiy mulkka ozgina boisa ham tajovuz qiluvchilarga juda qattiq jazo joriy qilindi.



Napoleon Bonapart «orqa-o'ngiga qaramay» harakat qilib, Yevropada yangi-yangi yerlarni bosib olaverdi. Uning farmoniga binoan Piyemont va Genuya Fransiyaga qo'shib oldi. Bonapart Angliyaga desant tushirish rejasini tuzdi, bunga u rumanli ob-havoga va Ispaniyaning yordamiga umid qildi. Ammo, Angliya bilan birga Avstriya va Rossiya Napoleonga qarshi chiqdilar, o'z qo'shinlari bilan Reyndan o'tib, General Mak boshchiligidagi Avstriya armiyasini Ulm shahrida qurshab oldi. Avstriya qo'shinlari jangsiz taslim bo'ldilar. Ammo, Trafalgar burni yaqinida 1805 yiloktabr oyida Fransiya va Ispaniyaning deyarli barcha kemalarini ingliz eskadrasi yondirib, g'arq qilib yubordi. Eskadraga qo'mondonlik qilayotgan istedodli ingliz admirali Nelson shu dengiz jangida qattiq yaralandi.

Ammo, fransuz armiyasi quruqlikda katta muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritdi. 1805 yil 2-dekabrda Napoleon Austerlis yonida Avstriya va Rossiya armiyalari ustidan hal qiluvchi g'alaba qozondi. Birinchi imperiya (1804-1814) tuzumi o'n yil davomida Fransiyada hukmronlik qildi. Shu davr mobaynida Yevropaning turli burchaklarida Napoleon harbiy san'at nuqtai-nazaridan ajoyib g'alabalarni qo'lga kiritdi. Hatto, birgina uning nomini eslash yoki tilga olish Yevropa monarxlarini, ularning atrofidagi zodagonlarni dahshatga solarp edi.

Ulm Austerlis, Yyepa, Eylau, Fridland, Vagram - bu joylarda Napoleon qo'shinlari yuksak mahorat bilan o'z dushmanlari ustidan qator g'alabalarni qo'lga kiritdilar. Bu g'alabalarni taminlashda jonbozlik ko'rsatgan, fransuz armiyasiga qo'mondonlik qilgan, harbiy rejalarni ishlab chiqqan qo'shinni ruhlantirgan shaxs ham Napoleon I ning o'zi edi.

Napoleon, uning qo'shinlari, generallari Angliya ustidan hal qiluvchi g'alabani qo'lga kirita olmadilar. 1805-yil 21-oktabr Trafalgardagi dengiz mag'lubiyatidan so'ng Napoleon I Angliyaga nisbatan iqtisodiy qamal e'lon qildi51. Angliya uchun Yevropaning barcha bandargohlari berkitilib, Angliya bilan savdo-sotiq qilish Fransiyaga tobe bo'lgan barcha davlatlar uchun taqiqlandi. Shu yo'l bilan Napoleon I Angliya va uning rahbarlarini taslim qilmoqchi boidi, ammo Angliyaning rivojlangan iqtisodi va kuchli dengiz floti Napoleon I ga o'z oldiga qo'ygan maqsadiga erishishiga yo'l bermadi. Iqtisodiy tazyiq Angliyadan ko'ra Fransiyaning o'ziga kata zarar keltirdi. Bundan tashqarii Angliya hukumatio'z oltinlari yordamida va ayg'oqchiligi bilan Napoleon Ini tez-tez chalg'itib turdi. Angliyaning Napoleon Fransiyaga qarshi ishlatgan yana bir quroli bu targ'ibot bo'lib, Fransiya, ayniqsa Napoleon shaxsga qarshi turli bo'htonga to'la adabiyotlar Angliyada nashr etilar va Fransiya hududida xalq o'rtasida tarqatilar edi. Bu adabiyotlar maqola, kashfiyot (Inglizcha «pamphlet» so'zidan olingan bo'lib, shaxs yoki biror voqeylikni qoralovchi tanqidiy asar) varaqa, karikatura (italyancha «caricature» shaxs va hodisalarni kulgili qiyofada tasvirlash) shaklida bo’lib, yolg'on bo'lsada, fransuzlarga salbiy ta'sir ko'rsatar edi52. Angliyadan Fransiya hududiga tarqatilgan soxta xotiralar ham quruq yolg'on va tuhmatlardan iborat bo'lib, asosan Napoleon shaxsiga teguvchi uydirmalaridan iborat edi. Shunday qilib, tashqi siyosatda Napoleon I Yevropada Fransiya hukmronligini o'rnatish uchun urush olib bordi. 1810-1811 yillardan boshlangan bu urushlar fransuz askarlari va hukmron doiralarning tinka madorini quritdi. Napoleon I urushlari uzil-kesil bosqinchilik urushlariga aylandi.

Napoleon Shimoliy Italiyada Avstriya armiyasini tor-mor qildi. Italiyada yana Fransiya hukmronligi o'rnatildi. Avstriya Belgiyaning va Reynning chap soholining Fransiyaga o'tganligini e'tirof qildi. Fransiyaning kata raqobatchisi Angliya edi. Napoleon fransuz burjuaziyasining Yevropada va jahonda hukmronligini o'rnatishga intilardi. Angliya mustamlakalarda, dengizlarda hukmron bo'lishga va Yevropa ishlarini o'z foydasiga hal etishni taminlashga intilardi. 1805 yilda Bulonda, La-Mansh sohilida, Napaleon Angliyaga desant tushirish uchun 130 ming kishidan iborat armiya va 2300 mayda kema to'pladi53.

“Menga uch kun tumanli ob-havo kerak, shundan keyin men Londonga xo'jayin bo'lib olaman” - degan edi Napoleon54. Angliya esa Fransiyaga qarshm darholyangi ittifoq tuzdi: bu ittifoqqa Avstriya va Rossiya kirdi. Avstriya va rus qo'shinlarining harakat boshlaganini bilgach Napoleon Bulon lagerini yig'ishtirib, armiyani Germaniyaga yo'lladi. U avstriyaliklarni ruslar bilan qo'shilishdan oldin tor-mor etishga ahd qildi va o'z rejasini porloq suratda amalga oshirdi. Ko'p o'tmay Napoleon Venaga kirdi.

Bu orada Trafalgar burni yonida jang bo'ldi. (1805 yil oktabr) Ispan porti Kadisda turgan Fransiya va Ispaniya qo'shma floti Napoleondan O'rta dengizda Gibraltar orqali harakat qilib, inglizlar bilan jangga kirishishi to'g'risida buyruq oldi. Angliya flotiga admiral Napoleon qo'mondonlik qilar, avvalgi janglarda u bir ko'zidan va o'ng qoiidan ajralgan edi. Trafalgar jangida u o'ldi, lekin fransuz floti dahshatli mag'lubiyatga uchradi. Bu tarixda fransuz floti ingliz floti bilan kuch sinashishga jur'at etgan oxirgi jang edi. Shu paytdan to XX asrning boshlarigacha dengizlarda Angliya hukmronligi o'rnatildi.

Fransiya bilan Angliya urushini sher bilan kitning yakkama-yakka olishuvi deb ataydilar. Dengizda Angliya bilan kurashish uchun Fransiyaning yetarli darajada kuchli floti yo'q edi. Fransiyani quruqlikda yengish uchun armiyasi yo'q edi.

Rus armiyasi va Avstriya armiyasining qoldiqlari Venaning shimolida turardi. Eng tajribali rus sarkardasi Kutuzov to rezervlar kelguncha jangdan tortinib turmoq zarur deb hisoblardi. Uning maslahatlariga qaramasdan, Aleksandr I Napoldeo bilan jang boshlashga qaror qiladi. 1805 yil dekabrda Austrlits qishlog'i (hozir Chexoslavakiyadagi Slavko shahri) yonida qonli jang avj oldi. Napoleon dushmanni muzlagan hovuzlarga surishga muvaffaq bo'ldi; fransuzlarning arttilleriyasi muzga o'q ota boshladi. Muz yorildi. Ko'p soldatlar suvgv cho'kib ketdi. Biroq ruslarning asosiy kuchlari sabot-matonat ko'rsatib, jang maydonidan chekindi. Avstriya Fransiya bilan og'ir shartlar asosida sulh tuzdi. Rossiya urushni davom ettirdi. 1806 yilda Prussiya urushga kirdi. Ichki jangda fransuzlar pruss armiyasini tor-mor keltirdi, natijada urush boshlanganidan key in oradan bir hafta o'tgach, pruss armiyasi tor-mor qilindi. Prussiyani fransuzlar okkupatsiya qildilar.

1806 yilda Berlinda Napoleon blokada haqidagi dekretga imzo chekdi. «Britaniya orollari blokada holatida deb e'lon qilinadi. Bu orollar bilan har qanday savdo-sotiq qilish va aloqa bog'lash taqiqlanadi» - deyilgan edi dekretda. Angliyani harbiy yo'l bilan qahshatish umidi puchga chiqqach Napoleon uni iqtisodiy jihatdan bug'ishga harakat qildi va uning uchun Yevropa bozorlarini yopib qo'ydi. O'z maqsadini qisqacha tarzda: «men yerning qudrati bilan dengizni zabt etmoqchiman» deb ifodalagan edi. Hamma mamlakatlar qo'llab-quvvatlaganda qamal muvaffaqiyatli bo'lishi mumkin edi. Lekin buning uchun Napoleonga butun Yevropani itoat ettirish zarur edi.

1807 yilda qonli janglardan so'ng Napoleon o'z armiyasi bilan Rossiya chegaralariga yaqinlashib keldi55. Uning qo'shini holdan toyganbo'lib, urushni davom ettirolmas edi. Napoleon Aleksandr I ga sulh tuzishni taklif etdi. Ikki imperator Nemap daryosi bo'yidagi Tilzit shahri yaqinida uchrashishdi. Napoleon daryosi o'rtasida solda ular uchun chodir tikilgan edi. Napoleon bilan Aleksandr yuzma-yuz suhbatlashishgach, quchoqlashib chodirdan chiqdilar. Tilzit sulhi (1807) shu tariqa tuzilgan edi. Rossiya Napoleonning hamma istilolarini tan oldi va kontinental blokadaga qo'shildi. Lekin shu bilan birga Rossiya o'z mustaqilligini va buyuk davlat mavqeini saqlab qoldi. Prussiyaga Napoleon juda katta o'lpon soldi va uning territoriyasini ancha qisqartirib tashladi56.

XIX asrning boshlarida Germaniya 300 ta feodal davlatlarga bo'lingan edi va bu davlatlar rasman «muqaddas Rim imperiyasi» ga birlashgan edilar. Bu o'rta asr imperiyasi haqiqiy ahamiyatini allaqachon yo'qotgan edi, chunki har bir davlat o'ziga mustaqil edi. Napoleon 200 ga yaqin mayda nemis davlatlarini yo'q qilib, ularning yerlarini kattaroq davlatlarga qo'shdilar. Imperiya tugatildi. Yirikroq davlatlardan Napoleon Fransiyaga itoat qiluvchi Reyn ittifoqini tuzdi. Butun Germaniya ustidan Fransiyaning hukmronligi o'rnatildi. Tilzit sulhidan keyin Napoleon qudratining cho'qqisiga yetdi.

Napoleonning harbiy muvaffaqiyatlarining sababi faqat uning atoqli sarkardaligida emas edi. Shu narsa yana kata ahamiyatga ega ediki, Fransiya ilg'or burjua davlati bo'lib, qolgan feodal monarxiyalarning armiyalari bilan urush olib borgan edi. Fransiya armiyasi ozod dehqonlardan iborat edi. Revolyutsiya yillaridayoq bu armiyada xalq orasidan chiqqan ko'p talantli kishilar komandirlik lavozimlariga ko'tarilgan edi, ular generallar va marshallar bo'lib qolgan edilar. Shunday qilib, Napleon g'alabalarining sababi avvalo shu ediki, Fransiyada revolyutsiya bo'lib, feodal tuzimni tugatgan edi.



2.2.Fransiyada diniy urushlar va siyosiy diniy guruxlar faoliyati

1808 yilda Napoleon qo'shinlari Ispaniyaga bostirib kirdi. Ispaniya xalqi istilochilarga qarshi kurashga otlandi. Xalq urushi - gerilya boshlanib ketdi. Napoleon o'zi 180 ming kishilik qo'shinga bosh bo'lib, Ispaniyaga keldi, uni qilich va o't bilan kechib Madridga kirdi. Biroq butun mamlakatda partizan urushi davom etmoqda edi.

Qo'zg'olon ko'targan Saragos shahrini 1808 yilda fransuz qo'shinlari qurshab oldi. Ular sakkiz oy jang qilib, shaharni olomadilar. Shahar aholisi podvallariga berkinib olgan edi. Shahar deyarli butkul yondirilgan edi. Lekin to'plarning o'qlari binolarning devorlarni teshganda jangchilar shu teshiklarga miltiqlarini tiqib dushmanga qarshi o't ochardilar. «Ayanch firibgarlar» - deyar edi. Napoleon qo'zg'olonchilar haqida. Lekin baribir u ispan xalqini buysundira olmadi va Ispaniyada 250 ming kishilik armiyani saqlashga majbur bo'ldi (Napoleonning 1812 yilgi Rossiyadagi urushi).

Birinchi imperiya armiyasini halokatga olib keldi. Napoleon I 1812 yili 7 sentabrda bo'lgan Borodino jangidan keyin Moskvani olishga muyassar bo'lsada, Rossiyani taslim bo'lishga majbur qila olmadi. Napoleon I yangi qo'shin to'plash uchun Rossiyada qo'shinlarini tashlab Fransiyaga jo'nab ketdi. Ingliz qo'shinlari Napoleon armiyasini Ispaniyadan haydab chiqardi. 1813 yil oktabrda Leypsig yaqinida (Germaniya) ittifoqchilarining (Rossiya, Angliya, Avstriya va Germaniya) 300 minglik qo'shinni 3 kunlik jangda 190 minglik Napoleon qo'shinlarini tor-mor qildi57. 1814 yilda ittifoqchilarning qo'shinlari Parijni ishg'ol qildilar. Napoleon taxtdan voz kechdi va Italiya sohillari yaqinidagi Elba oroliga surgun qilindi. Burbonlar hkoimiyati tiklanib qatl etilgan qirolning ukasi Lyudovik XVIII taxtga o'tirdi. Dvoryanlar eski huquqlarini tiklashni va mulklari qaytarib berilishini talab qildilar. Bu burjuaziya va dehqonlarning noroziligini kuchaytirdi. Armiyada xizmat qilgan yigirma mingdan ko'proq zobit bo'shatildi. Napoleon Elba orolidan turib Fransiyadagi siyosiy vaziyatni diqqat bilan kuzatib bordi. Fransiya aholisining ko'pchiligini tashkil etgan dehqonlar burbonlarga nafrat bilane qarar edilar, armiya, ziyolilar o'rtasida norozilik kuchaydi. Napoleon yana hokimiyatni qo'lga kiritishga qaror qildi.

U kichik qo'shin bilan Fransiya janubiga kelib tushdi va Parijga yo'l oldi. Unga qarshi yuborilgan qo'shinlar, zobitlar, generallar, marshal Ney birin-ketin Napoleon tarafiga o'ta boshladilar. Qirol Lyudovik XVIII va saroydagilar qochib ketdilar. Napoleon yana taxtga o'tirdi, ammo u hokimiyatni atigi yuz kun idora qilishga muvofiq bo'ldi. Unga qarshi darhol yangi komissiya (Lotincha «Coalituo» -ittifoq, davlatlarning ittifoqini bildiradi) tuzildi, koalitsiya juda kuchli edi58. Napoleon o'z qo'shinlarini Belgiyaga qarab yo'naltirdi.

1815 yil 18 iyunda Vaterloo qishloqchasi yaqinidagi so'ngi katta jangda Angliya va Prussiya qo'shinlari Napoleon armiyasini uzil-kesil yanchib tashladilar. Napoleon inglizlarga asir tushdi. Uni ingliz fregatida Atlantika okeanidagi olis Muqaddas Yelena oroliga jo'natishdi. 1821 yil 5 mayda Napoleon 52 yoshida vafot etdi. Oradan taxminan 150 yil o'tgach, tarixchilar va tabiblar Napoleonga inglizlar sekin ta'sir etadigan zahar berganliklarini aniqladilar.

Napoleon ustidan qozonilgan g'alabadan dvoryanlar va monarxiya tarafdorlari bo'lgan hukumat a'zolar foydalandilar. Yevropada bir necha yilgacha mutaassib kuchlar hukmronligi boshlandi. Dvoryanlar va sulolalarning imtiyozlari qayta tiklandi. 1814 yilda Napoleon ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng Venada Yevropa davlatlarining kongresi o'tkazildi. Unda Rossiya, Angliya, Avstriya va Prussiya asosiy rol o'ynadilar. Maxfiy kengashlarga Fransiya vakili ham kiritildi. Rus podshosi Aleksandr I Angliya Bosh Vaziri Kaslri, Avstriya kansleri Metternix, Prussiya namoyondasi knyaz Gardenberg hamda Taleyran Yevropa xaritasini 1789 yilga holatga keltirish uchun bir qancha muammolarni hal qildilar, chunki Napoleon o'z harbiy yurishlari va g'alabalari bilan chegaralangani Fransiya foydasiga kengaytirib yuborgan edi.

Kongress qarorlariga muvofiq Angliya Malta orolini va Gollandiyaning sobiq mamlakatlari - Hindiston yaqinidagi Seylon orolini va Afrika janubidagi Kap viloyatini oldi. Angliyaning asosiy muvaffaqiyati lining eski dushmani -Fransiyaning zaiflashib qolganida edi. Britaniyaning dengizidagi va mustamlakalaridagi qudrati saqlanib qolindi. Rossiya Polshaning kata qismini o'ziga tobe qilib oldi.

Germaniyaning parchalanishga birmuncha chek qo'yildi. 200 dan ko'p mayda davlat o'rnida 39 davlatdan iborat Germaniya ittifoqi tuzildi. Muqaddas Rim imperiyasi tugatildi. Ammo, Germaniya ittifoqining rasmiy hukumati ham, puli ham, armiyasi ham, xalqaro ishlarga ta'siri ham yo'q edi. Boy va iqtisodiy jihatdan rivojlangan viloyatlar - Reyn bilan Vestfaliya Prussiya yerlari qatoriga qo'shildi. Bu yerlarda Napoleon davrida joriy qilingan yangi burjua tartibotlari saqlanib qoldi59. Polshaning g'arbiy yerlari Prussiya yerlari qatoriga qo'shildi.

Avstriya hududi ancha kengaydi, unga Italiyadagi oldingi yerlari va boshqa bir qancha yangi yerlar olib berildi. Pyyemontda oldingi sulola qayta tiklandi. Shimoliy Italiyadagi kichik davlatlarda yana Avstriyalik gersoglar hukmronligi o'rnatildi. Napoleonning Rim davlati ustidan dunyoviy hokimiyati qayta tiklandi. Neopal qirolligida esa avvalgi burbonlar sulolasi taxtga chiqarildi. Rim papasi bilan Neapol qiroli Shveytsariyalik yollanma askarlarga tayanib, hukmronlik qilar edilar. Italiyada mutloq monarxiya va inkvizitsiya (Lotincha «inquintio» ta'qib etish) qaytadan tiklandi. Belgiya Niderlandiya qirolligiga qo'shilib yuborildi. Shveytsariya Italiyaga boriladigan tog' yoiaklarini o'ziga qaytarib oldi va doimiy betaraf davlat deb e'lon qilindi. Sardiniya qirolligining hududi ancha kengaytirildi. Turin shahrini o'z ichiga oladigan Pyyemont uning asosiy qismi bo'lib qoldi. Fransiya 1815 yilgi sulh shartnomalariga muvofiq 1789 yilgi chegaralarigsha qaytarildi, unga 700 mln frank o'lpon solindi60. Shu o'lpon to'languncha uning shimoli-sharqiy qismini ittifoqchilar qo'shinlari ishg'ol qilib turishi kerak edi. Angliya, Rossiya, Avstriya, Prussiya harbiy ittifoqi qaytadan tiklandi. Fransiyada Bonapartchilar sulolasi tiklanishiga yoi qo'ymaslik uchun va Yevropada Napoleon urushlaridan keyin o'rnatilgan tartibni muhofaza qilish uchun ittifoqchilar vaqt-vaqti bilan kongresslar chaqirib turishi haqida kelishib oldilar. Yevropa monarxlari absolyutizm tartiblarini mustahkamlash, iqtisodiy harakatlarga qarshi kurashish uchun rus podshosi Aleksandr I ning «Muqaddas ittifoq» deb atalgan ittifoq tuzish haqidagi taklifini qabul qildilar. Uning qatnashchilari inqiloblarni birgalikda bostirish xristian dinini qullab-quvvatlash majburiyatini oldilar. «Muqaddas ittifoq» to'g'risidagi bitimni Avstriya, Prussiya so'ngra Yevropa davlatlarida deyarli barcha monarxlari imzoladilar61. Angliya «Muqaddas ittifoq» qa rasman qo'shilmasada, ammo inqiloblarni bostirish siyosatini qullab-quvvatlab turdi.

1815 yilda ikkinchi marta taxtga o'tirgan Lyudovik XVIII muhojirlikdan keyin dvoryanlar «yuz kun» davomida Napoleon tarafida bo'lganlardan shafqatsizlarcha o'ch oldilar. Ko'pgina general va zobitlar otib tashlandi. Ammo qirol huquqiy mulkchilikni, sotib olingan mulkni ham kafolatlaydigan 1814 yilgi Konstitutsiyani saqlab qolishga majbur bo'ldi. bu esa cherkov va muhojirlarning sotib yuborilgan yerlari Yangi egalari qo'lida qolishini bildirar edi. Ammo 30 million aholi orasida saylovchilar 90 ming kishidan oshmas edi62. Shu sababli mamlakat fuqarosining ko'pchiligi siyosiy jihatdan huquqsiz edi.

1830 yilning iyulida hukumat deputatlar palatasi tarqatib yuborilganini va saylov huquqi yanada ko'proq cheklanganini e'lon qildi. Bunga javoban Parijda Yangi inqilob boshlanib ketdi. Uni o'rta tabaqaga mansub shahar aholisi -hunarmandlar, ilg'or tabaqalar, ziyolilar, do'kondorlar, ishchilar amalga oshirdilar. Qo'zg'olonchilar respublika o'rnatilishiga umid bog'lab, poytaxtni qo'lga oldilar. Vafot etgan qirol Lyudovik XVIII ning o'rniga taxtga o'tirgan ukasi qirol Karl X va ko'pgina aristokratlar Angliyaga va boshqa mamlakatlarga qochdilar. hokimiyati yirik burjuaziya qo'liga o'tdi. Bankirlar va yirik gazetalarning nashrlari muvaqqat

hukumat tuzdilar. deputatlar palatasi taxtdan ag'darilgan burbonlarning qarindoshi Lui Filipp Orleanskiyni qirol deb e'lon qildi. bu voqealar iyul oyida yuz berganligi va Yangi qirol taxtga shu oydan o'tirganligi sababli Lui Filipp hukmronligi tarixda «iyul monarxiyasi» deb nom oldi va uning qirolligi 1848 yilgacha davom etdi. Davlat tuzimi monarxiya parlamentidan esa ikkita palatadan iborat edi63.

Yuqori palata - perlar palatasi 311 perdan iborat edi. Per (fransuzcha «Pair» - teng so'zidan olingan) anna shu 311 perdan 183 tasi qirol tomonidan tayinlangan edi. Saylovchilar soni mulkdorlar hisobiga 90 mingdan 250 ming kishiga ko'paydi. ammo saylovchilarning soni ko'paytirilgan bo'lsada, o'rta tabaqa namoyondalari mayda do'kondorlar, hunarmandalar, ishchilar va dehqonlar siyosiy huquq olmadilar. Hokimiyat eski feodal aristokratiyasidan yuqori burjua tabaqa namoyondalari -bankirlar, yirik sanoatchilar, yer egalari, temir yoilar va konlarning xo'jayinlariga o'tdi.

Qirol Lui Filipp juda katta boylikka ega bo'lib, ular yer-mulk va kata o'rmonlardan iborat edi. Shu sababli xalq orasida Lui Filippni «burjua qirol» yoki «Qirol fuqaro» nomi bilan yuritar edi. Lui Filipp oddiy kiyinar, xalq orasida tez-tez paydo bo'lar, fuqarolar Bilan qo'l berib ko'rishar va hamisha o'zi bilan soyabon olib yurish odati bor edi. Fransiyada Restavratsiya (qayta tiklash, 1815-1830) va «Iyul monarxiyasi» (1830-1848) yillarida savdo-sotiq, sanoat, yo'l qurilishi, kanala qazilishi aj oldi, temir yo'llar bunyod etildi. Qishloq xo'jaligi ham tobora bozor iqtisodiyotiga tortildi. Sanoatda o'sha davr talablariga javob beradigan yirik fabrikalar paydo bo'ldi, ular dastgohlar, bug' mashinalari bilan taminlangan edi. Biroq, Fransiyadagi sanoat to'ntarishi va taraqiyot Angliyaga nisbatan ancha sekinlik Bilan amalga oshdi. Fransiyada hali manufakturalar fabrikalardan ko'proq edi, chunki Fransiya Yevropada zeb-ziynat, atir-upa, xotin qizlar bezaklari, bejirim liboslarini ishlab chiqarishda yetakchi o'rinda bo'lib, ularning barchasi qo'l mehnatini talab qilar edi. «Qo'li gul» Fransuz ustalari ko'proq mayda ustaxonalarida band edilar.

Qishloq xo'jaligida esa Buyuk fransuz inqilobi davridan boshlab, yerlar kichik uchaskalarga bo'lingan bo'lib, dehqonlar o'z oila-a'zolari Bilan birlashib mehnat qilar edilar.

«Iyul monarxiyasi» davrida Fransiya bir necha yil olib borilgan urushlar natijasida boy mustamlaka - Al Jazoirni qo'lga kiritdi. Al-Jazoir xalqi, uning qahramonlari, Ayniqsa Abduqodir boshchiligidagi milliy - ozodlik urushlariga qaramasdan, Jazoirliklar o'rtasida yakdillik bo'lmaganligi sababli fransuz mustamlakachiliklariga tobe bo'lib qoldi.

Fransiya sanoatida Parijdan so'ng Lion yetakchi o'rnini egalladi. «Iyul monarxiyasi» davrida Lion o'zining shoyi-gazlamalari va ajoyib do'xobasi bilan butun Yevropada mashhur edi. Ammo 3000 ga yaqin to'quvchi, ularning oilalari og'ir sharoitda yashar edilar, bolalar mehnatidan keng foydalanilar edi. Shu sababli 1831 yil noyabr oyida Lion to'quvchilari hukumatga qarshi qo'zg'olon ko'tardi. ular ko'tarib chiqqan qizil bayroqda «Ishlab yashaylik yoki jang qilib halok bo'laylik» deb yozilgan edi. qo'zg'olonchilar 3 kun jang qilib Lionni egalladilar, ammo hukumat yuborgan qo'shin qo'zg'olonni bostirdi64.

1834 yil aprelida Lionda yangi, yanada qudratliroq qo'zg'olon ko'tarildi; qo'zg'olonchilar barrikadalar orqasida, g'ishtli uylarda mahkam o'rnashib oldilar. Bu gall ular ish haqqini oshirishi talabi Bilan chegaralanmay, mamlakatda demokratik respublika o'rnatilsin degan siyosiy mazmundagi talablarni ham ko'tarib chiqdilar. Shaharda olti kun davomida ishchilar qo'shinlarga qarshi shiddatli janglar olib bordilar, ammo qo'shinlar rahmsizlik Bilan artilleriyani ishga soldilar, cho'g'dek qizigan yadrolardan va bombalarning portlashidan bir necha mahallalar vayron bo'ldi, 800 kishi qurbon bo'ldi, hukumat armiya va politsiyani ishga soldi. Fransiyadagi politsiya taqiblari birgina ishchilarga emas, balki o'rta tabaqaga mansub kishilarga ham qarshi qaratilgan edi.

1840 yillarning ikkinchi yarmida Fransiyada chuqUr siyosiy, iqtisodiy inqiroz yuzaga kela boshladi. 1846-1847 yillarda keng avj olgan siyosiy yig'ilishlar, maxfiy respublikachi jamiyatlarining qarorlari, ishchilarning o'rta tabaqaga mansub aholining saylov islohotlarini o'tkazish to'g'risidagi talablari buning nishonalari edi. Shunday qilib, 1815 yildan 1847 yilgacha bo'lgan 32 yil davomida Fransiyada bir necha hokimiyat mamlakatni idora qildi. 1815 yilda Napoleon I ning yakka hokimlikka asoslangan harbiy-ma'muriy diktaturasi o'rniga Lyudovik XVIII ning Restavratsiya (qayta tiklash) tartibi, ozmi-ko'pmi feodal tartiblari qayta tiklandi. 1830 yil iyul oyi oxiridan mamlakatni yirik burjuaziya hukmronligiga asoslangan Lui Filipp qirolligi idora qila boshladi.

1840 yillarning ikkinchi yarmida «Iyul monarxiyasi» ham mamlakatni idora qilish tizimlarini qo'ldan chiqara boshladi. Shu sababli mamlakat uchun yanada xalqchilroq boshqa bir idora usuli zarur bo'lib qoldi65. Yirik burjuaziya kuchli hokimiyat o'rnatilishini istardi. Konstitutsiya qabul qilinib, u respublika prezidentiga juda kata huquq bergan edi. 1848 yilning oxirida prezident saylovlari bo'ldi. Bu mansabga Napoleon I ning jiyani Lui Napoleon va Parij ishchilarining jallodi general Kovenyak davogar edilar.



Lui Napoleon ayyor va makkor siyosatboz edi. Saylov arafasida u «mening butun umrim respublikani mustahkamlashga bag'ishlanadi» deb qasam ichdi. yozuvchi Viktor Gyugo uning haqida «boshqalar qancha nafas olsalar bu kishi shuncha yolg'on gapiradi» degan edi. Lui Napoleon dehqonlar ovozi bilan saylandi, dehqonlar orasida, Napoleon I bizning do'stimiz va himoyachimiz edi, degan afsona bor edi, ular soddalik qilib, uning jiyani bizni kata soliqlar va qarzlardan qutqaradi, deb o'ylar edilar66. 1851 yili 2 dekabr Fransiyaning birinchi prezidenti Lui Napoleon Bonapart boshchiligida o'tkazilgan davlat to'ntarilishidan so'ng roppa-rosa bir yil o'tgach, prezident tarafdorlari Fransiyani imperiya deb e'lon qildilar. Lui Napoleon Bonapart imperator Napoleon III nomi Bilan taxtga o'tirdi. Fransiya tarixida Ikkinchi imperiya davri - bonapartizimning ikkinchi hukmronlik qilish davri boshlanadi67. Bonapartizm burjuaziyaning o'ziga xos davlatni idora qilish usuli boiib, bunda avtoritar va zo'ravonlik usullari keng qo'llanildi.

Fransiyada bonapartchilarning ikkinchi marta hokimiyat tepasiga kelishiga kapitalizm iqtisodiy bazasining uncha mustahkam emasligi, qishloq aholisining mamlakat aholisi mutloq ko'pchiligini tashkil etishi, o'rta tabaqalarning to'la shakllanganligi, fuqarolar urushining salbiy oqibatlari sabab bo'ldi, siyosiy jihatdan esa Fransiyadagi XVIII asr oxiri XIX asr birinchi yarmidagi inqiloblar xalq orasida monarxiyaning g'oyaviy, axloqly, ommaviy an'analarni to'laligicha qo'porib tashlay olmagan edi. O'z navbatida respublikachilik an'analari hali Fransiya boshqaruv tizimida urf-odat tusiga kirmagan edi. Shu sababli fransuz burjuaziyasi o'z hukmronlik mavqeini saqlash va mustahkamlash uchun Birinchi imperiya (1804-1814) davrida sinovdan o'tgan bonapartchilar avtoritar rejimiga ikkinchi marta murojat qildi.

Bonapartchilarning hokimiyat tepasiga kelishiga respublikachilik mahkamalari va an'analarining zaifligi ham sabab bo'ldi. shuningdek, bonapartchilarning ikkinchi marta hokimiyat tepasiga kelishi burjuaziya hali davlatni demokratik usullar Bilan idora qilishni to'laligicha egallab olmaganligidan dalolat berar edi.

Napoleon III ning imperatorlik yillari (1852-1870) sanoat to'ntarilishining so'ngi bosqichiga to'g'ri keldi. bu davr Fransiya tarixida misli ko'rilmagan iqtisodiy ko'tarilish davri bo'ldi. 1851 yildan 1869 yilgacha Fransiyada ko'mir qazish xajmi 3 marta ko'paydi, chuyan eritish ham shuncha oshdi, temir ishlab chiqarish 3,5 marta, po'lat eritish 8 marta ko'paydi. Ikkinchi imperiya davrida temir yo'llarning uzunligi 5 marta oshdi. Bug' mashinalarining soni shu davrda 5672 tadan 26221 taga yetdi68. Fransiyaning iqtisodiy taraqqiyoti, sanoatlashtirilishi birgina shaharlarnigina emas, balki barcha vilogyatlarning ham qiyofasini o'zgartirib yubordi. Bu o'zgarishlar Parijda va Sena deportamentida ham o'z aksini topdi. Fransiyaning turli chekkalaridan kelgan quruvchilar qasrlar, hashamatli uylar qurishga jalb etildilar.

Parij shahrini qayta qurish ishlarini rejalashtirish 1853 yil iyun oyida Napoleon III tomonidan tayinlangan Sena deportamenti prefekti (hokimi) ishbilarmon Osman zimmasiga yuklatildi. Parij bilan bir qatorda Lion, Lill shaharlari va Gavr, Marsel kabi bandargoh shaharlar ham qayta qurildi. Sanoat taraqqiyoti va urbanizatsiya (shaharlashtirish) shaharlar aholisi nufuzining oshishiga olib keldi. Masalan, ikkinchi imperiya yillarida Marsell shahri aholisi 70% ga ko'paydi.

Ikkinchi imperiya tarixi ikki davrni o'z ichiga oladi69. 1852-1860 yillar davomida mamlakat Napoleon III va uning yaqinlari qattiqqo'llik asosida idora qilindi70. 1861-1870 yillarda esa qonun chiqaruvchi organ va senatga saylovlar o'tkazilishi natijasida hamda keng jamoatchilik tazyiqi ostida Napoleon III liberal islohotlar natijasida qonun chiqaruvchi organ va senatdan iborat ikki palatali parlamentning roli ancha oshdi. Endilikda har ikki palata sessiyalardagi o'z maxsus hisobotlarini matbuotda e'lon qilish huquqini qo'lga kiritdilar. Respublikachilar, liberallar, demokratlardan iborat muxolifat o'z mavqeini tobora mustahkamlab bordi. 1860 yillarda o'tkazilgan yalpi saylovlarda Roshfor, Gambita, Tyer boshqa muxolifat deputatlari va partiyalarning mavqelari mustahkamlandi.

Ikkinchi imperiyaning so'ngi yillarida liberallar, uchinchi partiya, radikallar va so'l demokratlar partiyalari vujudga kelib saylovlarda faol qatnasha boshladi.

O'z faoliyatini avtoritarlikdan boshlagan Napoleon III hukumati vaqt o'tishi bilan parlamentli imperiya shaklini ola boshladi. O'rta tabaqalar mavqelarining kuchayishi, respublikachilik va sotsialistik g'oyalarning keng tarqalishi, yangi-yangi jurnal va gazetalarning nashr etila boshlanishi Fransiya siyosiy va madaniy hayotida demokratiya rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Napoleon III «imperiya bu tinch-totuvlikdan iboratdir» deb jar solgan bo'lsada, ammo ko'pgina tashqi urushlarni olib bordi. 1853-1856 yillardagi Qrim urushi, 1859 yil Sardiniya qirolligi Bilan birgalikda Avstriyaga qarshi olib borilgan urush, Nitssasi va Savoyyaning Fransiyaga qo'shib olinishi, uning diplomatiya sohasidagi muvaffaqiyatlari Dunyo miqyosida ikkkinchi imperiya obro’sini oshirib yuborgan bo'lsa, 1867 yilda Meksikada olib borilgan bosqinchilik urushi va Ayniqsa Prussiya hukumat armiyasining 1866 yil iyul oyi boshlarida Avstriya armiyasiga qarshi harakatlar Fransiyaning o'zi uchun ham nohush oqibatlar keltirib chiqardi. Fransiya Prussiya munosabatlari keskinlashib kedi. 1870 yil iyul oyida boshlanib ketgan Fransiya Prussiya urushi Bonapart Fransiyaning zaiflashib qolganligini ko'rsatdi. 1870 yil 3 sentabrida Napoleon III armiyasi Sedan yaqinida qaqshatqich zarbaga uchradi71. Fransuz armiyasining mag'lubiyati Napoleon III ning prussiyaliklarga asir tushishi Fransiya poytaxti Parijda ommaning noroziligini keltirib chiqardi. Respublikachilar, demokratlar, liberallar va ularni qullab-quvvatlagan xalq ommasi 1870 yil 4 sentabr inqilobi natijasida ikkinchi imperiyani ag'darib, Fransiyada respublika tuzish o'rnatilganligini e'lon qildilar72. Shu tariqa deyarli 20 yil davom etgan avtoritar idora qilish usuliga asoslangan Ikkinchi imperiya quladi. Biroq, Fransiya Prussiya urushi 1871 yil yozigacha davom etdi. Fransuz xalqi uchun og'ir boigan shu damlarda mamlakatda fuqarolar urushi ham boshlanib ketdi. Bu urush davomida Parij Kommunasi 72 kun davomida hokimiyatni o'z qo'lida saqlab turdi. 1871 yil may oxirida Parij kommunasi Tyer boshchiligidagi versalchilar tomonidan ayovsiz bostirildi. 1870-1871 yillardagi Fransiya Prussiya urushi ikkinchi imperiyaning ag'darilishi, Fransiyada uchinchi respublikaning vujudga kelishi va Germaniyaning yagona imperiya asosida birlashganligi voqealari bilan nihoyasiga yetdi.
Napoleon III hokimiyat tepasiga chiqayotganida «imperiya - tinchlik demakdir» degan edi. lekin uning davrida deyarli hech bir yil bo'lmadiki Fransiya adolatsiz bosqinchilik urushlari olib bormagan bo'lsin, masalan, 1854-1856 yillarda Rossiyaga qarshi (Qrim urushi), Xitoyga qarshi, Meksikaga qarshi bosqinchilik urushlari olib bordi. Hindi xitoyda Fransiya Janubiy V'etnamni bosib oldi va Kambodja (Kampuchiya) ustidan hukmronlik o'rnatdi.

Fransiya ishchilari tobora ko'proq qat'iyat bilan imperiyaga qarshi chiqaverdilar. Burjuaziyaning keng doiralari ham respublikaga moyil bo'la boshladilar. Napoleon III taxtiga zil ketdi. U Prussiyaga qarshi urush qilib, mushkul ahvoldan qutulishga intildi. Bu urushdan u g'olib bo'lib chiqishni umid qilgan edi. 1870 yilgi bu urushda u tamomila va sharmandalarcha halokatga uchradi. 1870 yil 4 sentabrda bo'lgan yangi burjua inqilobi imperiyaga hotima berdi va respublika e'lon qildi.



Download 278 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish