Ko’zlari - hayotining birinchi kunida hamma chaqaloqlarda yopiq bo’ladi.Bola tebratganda ko’zlari o’z-o’zidan ochib-yopiladi, bu esa labirint reflekslarning paydo bo’lishini bildiradi. Chaqaloqtug’ilgandan keyin bir necha haftadann so’ng qorachiqlari simmetrik bo’ladi va uning diametri 3 mmni tashkil qiladi. Skleralari oq rangda bo’ladi.Chala tug’ilganlarda skleralari juda yupqaligi sababli havo rangda bo’ladi. Agar skleralari qoramtir-havo rangda bo’lsa, chaqaloqda yetilmagan osteogenez kuzatilishi mumkin.Ko’pincha Daun sindromida kamalak pardasida Brashfild dog’lari aniqlanadi-qalampirli tuz sepilgan ko’rinishga ega bo’ladi. Sub'konyuktival qon talashlar kon'yuktivalarning mayda qon tomirlarining zararlanganligidan dalolat beradi, sog’lom chaqaloqlarda tug’ruq jarohatining asorati bo’lishi mumkin. Chaqaloqhayotiningbirinchi kunida gorizontal nistagm "botuvchi quyosh" simptomi kuzatiladi. Nazogastral zond orqali burun yo’llarining o’tkazuvchanligini tekshirish kerak, bolada xoan atreziyasi bo’lishi mumkin.Burun qanotlarining kerilishi respirator distress-sindromni bildiradi.
Og’iz bo’shlig’i.Chaqaloqda qattiq va yumshoq tanglay tug’ma nuqsonlari bor yo’qligini aniqlash maqsadida tanglay ko’rikdan o’tkaziladi. Og’iz bo’shlig’ining tubida kistoz o’sma - granula aniqlanishi mumkin, bu davo talab qilmaydi vao’z-o’zidan yo’qoladi. Qattiq va yumshoq tanglayda kista (Epshteyn munchoqlari) joylashadi,o’z-o’zidan keyinchalik yo’qoladi. 1:4000 chaqaloqlarda qo’shimcha tishlar bo’ladi, bu tishlarni olib tashlash kerak.Burundan vaog’iz bo’shlig’idan ko’piksimon ajralma kelishi, qizilo’ngach atreziyasi borligini bildiradi.
Teri rangi: pletora (to’q-qizil, eritematoz) rangi ko’proq polisitemiya -giperoksiya (kislorod konsentrasiyasi normadan ortiq berilganda) kuzatiladigan va parvarishda ko’p isitib yuborilgan chaqaloqlarda uchraydi. Sariqlik - sutka davomida qondagi bilirubin miqdori 85,5mkmol/ldan yuqori bo’lsa,chaqaloq uchun patologik sariqlik hisoblanadi, bunda chaqaloqlar gemolitik kasalligi, homila ichi infeksiyalari, sepsis rivojlanadi yoki fiziologik holat ham bo’lishi mumkin.Teri rangining oqimtirligi-kamqonlik, tug’ruq vaqtidagi asfiksiya, shok yoki arterial yo’lakning shakllanishida kuzatiladi.
Sianoz: a) markaziy (teri, lab, til ko’kimtirligi) - yurak tug’ma nuqsonlari yoki o’pka kasalliklarida uchraydi.
b) periferik (teri ko’kimtir, til va lab och - pushti rangda bo’ladi) -metgemglobinemiya simptomida uchraydi.
v) akrosianoz (teri barmoq uchlarida ko’kimtir bo’ladi, normada yangi tug’ilgan chaqaloqlarda uchraydi yoki sovuqqotgan chaqaloqlarda kuzatiladi, agar sianoz uzoq vaqtgacha saqlansa, gipovolemiya natijasida kelib chiqqan periferik qon aylanishi buzilishida namoyon bo’ladi, ekximozlardan keyin va tug’ruq jaroqatlari natijasida kuzatiladi.
-sianoz pushti rang tusida yoki pushti rang sianozli fonda-noadekvat oksigenasiya, ventilyasiya, yoki polisitemiyada kuzatiladi.
-Arlekin simptomi (persistik fetal qon aylanish, aorta koarktasiyasi yoki tranzitor holat natijasida - normal teri rangi bilan giperemiya o’rtasida aniq chegara) chiziq boshdan to qoringacha o’tishi mumkin.
-"marmar tusli teri" (terining arakashqizil rangda bo’lishi) -gipovolemiya, sovuqqotish, infeksiya natijasidaperiferik qon aylanishning buzilishida kuzatiladi.
Tabiiy burmalar sohasida toshmalar toshishi - ter bezlarining bekilib qolishi natijasida miliarning quyidagi turlari hosil bo’lishi mumkin:
1) yuzaki, yupqa devorli vezikula;
2) eritematoz papulalar;
3) noeritematoz pustulalar
4) Bola hayotining birinchi haftasida yoki tug’ilgandan keyin peshona, ko’krak qafasida, qo’l-oyoqlarida tranzitor neonatal pustulyar melanoz uchun xarakterli toshmalar paydo bo’ladi. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda boshning soch qismida neonatal pustulez uchraydi.
Chaqaloqlarda o’pka funksiyasini chuqur o’rganish kerak. Chaqaloqlar ko’krak qafasi-bochkasimon shaklda bo’ladi. Nafas olishi yuzaki, bir minutda 40-60 marta, to’liq diafragmal, ko’krak qafasining bo’sh qismlari nafas olishda tortilib turadi va qorni ko’tarilgan bo’ladi. Chaqaloqlarda burun yo’llari tor, Shuning uchun yig’laganda, emganda, bezovtalanganda hansirash tez rivojlanadi, burun shilliqqavatlari shishadi. Chaqaloqlarda nafasi bronxvezikulyar tipda bo’ladi. Chala tug’ilganlarda nafas tez-tez, noregulyar harakatlar bilan labilligi kuzatiladi.
Yurak.Chaqaloqlarda ko’krak qafasi o’lchami va shakli xilma-xilligi sababli yurak chegaralarini aniqlash qiyinchilik tug’diradi. Yurakning joylashgan o’rnini aniqlash kerak, chunki dekstrakardiya (yurakning o’ngda joylashishi) uchrashi mumkin.Yurak tonlari aniq, tiniq eshitiladi.
Chaqaloqlarda yurakqisqarishlari soni bir minutda 140-160zarbadan iborat. Son, radial, yelka, oyoqarteriyalarida pulsni paypaslab tekshirish lozim. Qorin sog’lomtug’ilgan chaqaloqlarda aylana shaklda bo’lib, nafas olishda ishtirok etadi. Bola ko’p emizilganda, yuqumli kasalliklarda va xirurgik kasalliklarda qorin dam bo’ladi. Sog’lomtug’ilgan chaqaloqlarda qorni paypaslaganda yumshoq, tinch holatda chuqur paypaslasa bo’ladi. Jigar qovurg’a ravog’idan +2smgacha paypaslanadi (5 yoshgacha norma). Sog’lom chaqaloqlarda taloqqovurg’a yoyi qirrasida paypaslanadi.
Buyraklar paypaslansa, bu chaqaloqlardatug’ma nuqsonlar mavjudligidan dalolat beradi.
Jinsiy a'zolar ko’rigi.Sog’lom chaqaloqlarda urug’don yorg’oqga tushgan, olat boshchasi chegaralangan bo’ladi. Ba'zi chaqaloqlarda gipospadiya uchrashi mumkin. Olat va yorg’oqning kattalashishi adrenogenital sindromning klinik belgisi hisoblanadi. Yorg’oqning pigmentasiyasi fiziologik belgidir.
Sog’lomtug’ilganqizlarda katta jinsiy lablar kichik jinsiy lablarni yopib turadi. Chala tug’ilganqizlardajinsiy yoriq ochiqbo’ladi, kichik jinsiy lablar kata jinsiy lablardan chiqibturadi yoki ular bir xil tenglikda bo’ladi.Klitorning kattalashishibolada qaysi jinsga mansubligini tekshirishni talab etadi.
Chaqaloqlarni to’liq ko’zdan kechirishning asosiy vazifalari: 1.quyidagilarning borligini ko’zdan kechirish:
-havfli simptomlar
-chaqaloqlarningtug’ruqdan keyin tashqi muhitga normal moslashishi
-tug’ma nuqsonlarning rivojlanishi
-chaqaloqlargaqo’pol muamola qilish belgilari va jaroxat yetkazish xolatlari
-tana uzunligini va rivojlanishini aniqlash
2.Ta'minlash usullari:
- parvarish va yordam berish zarur
- ota-onalarga maslaxatlar berish
3.Chaqaloqlarni ko’zdan kechirish o’tkazilishi shartlari:
- issiq xonalarda (>22ºC)
- onaning kuzatuvi ostida (oila a'zolari)
- bola uchunqulay bo’lgan holatda, ona va shifokor vaqtiga qarab
- ko’ruv 15-20 minutdan oshmasligi kerak
- chaqaloq to’liq yechintirilishi lozim
Ko’zdan kechirish to’liqva aniqo’tkazilishi kerak; bolani tekshirish tamoyillari "boshidan tovonigacha". Ko’zdan kechirish vaqtida onaga bolaning holati to’g’risida ko’proq rahbatlantirib, savollar berish, ko’ruv natijalarini onaga tushuntirish va ko’ruv natijalarini bolaning tibbiy xujjatlariga yozib qo’yish kerak.
Chaqaloq pozasi va xarakatlari Etuk tug’ilgan chaqaloqlarning fiziologik pozasi:
-oyoqlari chanoq son qismidan yengil bukilgan
-qo’llari tirsak qismidan bukilgan va tanaga tegib turadi, barmoqlari musht bo’lib tugilgan.
-kam vazn bilan tug’ilgan va chala tug’ilgan chaqaloqlarda oyoqlari yengil to’g’rilanadi. Tug’ruq vaqtida chanoq bilan tug’ruq yo’llariga kelib qolgan chaqaloqlarning oyoqlari to’liq chanoq son bo’g’imidan bukilgan bo’ladi.
-chaqaloqlar xarakatlari simmetrik bo’ladi.
- chaqaloqlarda oyoqlaridagi mushaklar tonusi yuqori (engil gipertonus); tanasi va bo’yni bir oz gipotonusda bo’ladi.
Antropometriya Chaqaloqlarning tana uzunligi va bosh aylanasini o’lchash lozim. Zarur bo’lganda chaqaloqlarning tana xaroratini o’lchash kerak. Chaqaloq normada hayotining birinchi kunidan boshlab tana vaznini 5-10% ni yo’qotadi. Tana vaznini tiklanishi chaqaloq hayotining 14-kunligiga to’g’ri keladi. Chaqaloqni har kuni o’lchash kerak emas agarda unda :
- aktiv so’rish refleksi bo’lsa;
- kuniga 8 martadan kam bo’lmagan holatda ko’krakni so’rishi, kunduzi va kechqurungi vaqtlarda ko’krakni emishi bilan.
- kuniga 6 martadan kam bo’lmagan holda tez-tez siyish, kuniga 4 martadan najas ajralishi.
1-jadval Chaqaloqni ko’zdan kechirishning asosiy usullari
-Ko’krаk suti bilanovqatlanturish
Infeksiya belgilari:
-terining qizarishi yoki pufakchalar paydo bo’lishi
-ko’zidan yiring ajralishi
-bola ushlab ko’rilganda sovuq yoki issiq
-nafas olishning qiyinlashishi
- Ko’krаk suti bilan ovqatlanturish
- tana vazni
- infeksiya belgilari
- teri rangi
- immunizasiya