Barno turdixodjaevna xalmatova, maktuba xabibullaevna mirraximova



Download 1,27 Mb.
bet123/170
Sana12.10.2022
Hajmi1,27 Mb.
#852584
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   170
Bog'liq
Халматова 2014-узб.лотин

Chaqaloqlarning anatomik-fiziologik xususiyatlari
Chaqaloqlarning birlamchi ko’rigi tug’ruq blokining bolalar xonasida o’tkaziladi: chaqaloqning umumiy holatiga baxo beriladi va kuzatilishi mumkin bo’lgan kasalliklar aniqlanadi. Xona harorati 24-26°C gacha bo’lishi, yo’rgaklash stoli isitilgan, bolaning terisi quruq bo’lishi kerak. Chaqaloqlar ko’rigi palatada, yo’rgaklash stoli yoki kuvezda xarorat 22°C bo’lganda o’tkaziladi. Chaqaloqni tekshirish extiyotkorlikni, chidamlilikni va yumshoqlikni talab qiladi.
Tashqi ko’rinishi: sog’lom yetuk tug’ilgan chaqaloqlar uchun yuzining tinch ko’rinishi xarakterli. Ko’rik boshlanishida ayrim xolatlarda baland emosional yig’lash kuzatiladi. Sog’lom chaqaloqlar uchun adekvat ta'sirlovchilarga (ochlik, taktil yoki og’riq) nisbatan uzoq vaqtli baland ovozda yig’lash hos bo’lib, yiqlash sababi aniqlangandan keyin bola yig’lashdan to’xtaydi. Bemor bola yig’isining kuchi va davomiyligi bo’yicha baholanadi. Kuchsiz yig’lash yoki umuman yig’lamaslik chalalik og’ir darajasi bilan tug’ilgan chaqaloqlarda aniqlansa, neonatologlarni bezovta qiladi. Afonik yig’lash o’tkazilgan reanimasion chora-tadbirlardan keyin (traxeya jarohati) yoki markaziy asab tizimining zararlanishi natijasida kuzatiladi. Moddalar almashinuvi buzilishi va nasliy kasalliklarda chaqaloq yig’isi o’ziga hos xususiyatga ega bo’ladi (Daun sindromi, "muShuk yig’isi" sindromi va boshqalar). Chaqaloqlar harakati koordinasiyalanmagan, ko’p harakatli bo’ladi. Bukuvchi mushaklar tonusi yuqori bo’ladi, bu fiziologik holat hisoblanadi, bu chaqaloqni pozasi bilan bog’liq (fleksiya pozasi, embrional poza): boshi ko’krakga keltirilgan, qo’llari tirsakga keltirilgan, ko’krak qafasining yonboshiga yaqinlashgan, qo’llari musht holatida bo’ladi.Oyoqlari tos-son va tizza bo’g’imlariga bukilgan holatda bo’ladi, bolani yonboshga yotqizganda boshi orqaga qaragan bo’ladi. Sog’lom chaqaloqlarda boldir-tovon va jaq sohasi bo’g’imlarida tremor kuzatiladi. Yetuk tug’ilgan chaqaloqlarning holati va yuz ko’rinishi homilaning tug’ruq vaqtidagi holatiga bog’liqdir. Agar homila yuziva peshonasi bilan joylashgan bo’lsa, chaqaloq yuzi shishgan, yuzida petexiyalar bo’ladi.Agar homila tosi bilan joylashgan bo’lsa, oyog’i tos-son bo’g’imiga bukilgan va tizza bo’g’imiga ochilgan holatda bo’ladi.
Sog’lomtug’ilganchaqaloqlarda quyidagi asosiy shartsiz reflekslar mavjud bo’ladi:
1. So’rish refleksi: labini ta'sirlantirilganda, bola so’rishga harakatqiladi.
2. Kaft-og’iz refleksi (Babkin refleksi): barmoq bilan bolaning kaftlariga bosilganda, bola og’zini ochadi va boshini yengil egadi. 3- oyda yo’qoladi.
3. Kaft- ushlash - Robinson refleksi: bolaning kaftiga barmoqlar qo’yilsa, bola barmoqlarni qattiqushlab oladi. Normada 2-4 oyda yo’qoladi.
4. Moro refleksi: bola yotgan stol ustiga tukullatilganda, bola qo’llarini yonga yozadi (1-fazasi), keyin xuddi tanasini quchoqlaganday birlashtiradi (2-fazasi). Normada bu refleks 4 oyda yo’qoladi.
5. Avtomatik yurish va tayanch refleksi: bola boshining ensa sohasini qo’l bilan ushlab tutganholda, uni qo’ltiqlari ostidan ushlanadi va bunda bolaavval oyoqlarini bukadi, keyin esa oyoqlarini tanasi bo’ylab tik tutadi.
6. Emaklash refleksi (Bauer refleksi): bola qornida yotganda tovonlariga shifokor qo’llarni qo’yib turilsa,bola oyoqlarini to’g’rilaydi va oldinga xarakat qiladi. Normada 4 oylarda yo’qoladi.
7. Chaqaloqlar himoya refleksi: bola qorni bilan yotqizilganda, boshini yon tarafga harakatlantiradi (himoyalaydi).
8. Galant refleksi- umurtqa pog’onasining pastdan yuqori yo’nalishi bo’yicha shtrix harakatlar bilan ta'sirlantiriladi, bunga javoban bola qo’zqatuvchi tomonga qarab, ko’krak qafasini bukadi.
Yuz ko’rinishi.
Chaqaloqlardagi qoniqmagan "kasal" yuz ko’rinishi ko’pgina kasalliklarga hos belgidir.Agar yuz ko’rinishi "qo’rqqan", bezovta, maskasimon, gipomimik bo’lsa, bu bosh miya gipoksiyasi, subaraxnoidal qon talashlar, bilirubinli ensefalopatiyalardan dalolat beradi. Chaqaloqlar yuzi asimmetrik bo’lishi, tug’ruq vaqtida homilaholatining qanday joylashganligi, VII-juft kalla nervlarining falajida kuzatiladi.
Boshi. Chaqaloqlar boshi miya qismining yuz qismiga nisbatan katta bo’lishi bilan farqqiladi.Chala tug’ilgan chaqaloqlarda kalla shakli xuddi gidrosefaliyaga o’xshash bo’ladi, chunki ularda bosh miyasi intensiv o’sadi.Kalla suyaklari bir-biri bilan qo’shilmagan, choklari birikmagan, katta liqildoq ochiq bo’ladi, kalla suyagining bunday o’ziga xos xususiyati tug’ruqga yordam beradi.Tug’ruq jarayonining kechishiga qarab, boshning shakli turli xil bo’ladi: dolixosefaliya(oldindan orqaga cho’zilgan), braxisefaliya (yuqoriga cho’zilgan) yoki noto’g’ri (asimmetrik) holatda bo’ladi.
Chaqaloqhayotining birinchi haftasida bosh shakli normal holatni egallaydi. Meningit, gidrosefaliya, kalla ichi bosimi oshganda katta liqildog’i ko’tarilgan bo’ladi, pulsasiya aniqlanadi.Suvsizlanishda esa, liqildoq cho’kadi.Sog’lom yetuk tug’ilgan chaqaloqlarda bosh aylanasi 32(33)-37(38)smni tashkil qiladi.

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish