Barcha dasturlash tillari kabi Python dasturlash tili ham rivojlanib, zamonga va talabga qarab ishlab chiqaruvchilar tomonidan o’zgarishlar kiritib borilmoqda



Download 4,22 Mb.
bet3/52
Sana23.12.2022
Hajmi4,22 Mb.
#894684
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
Python дастурлаш тили Lotin yangi

PYTHON TILI ALFAVITI
Butun, haqiqiy va kompleks sonlar
Berilganlarni qayta ishlash, arifmetik amallarni bajarish uchun Python tilida butun, haqiqiy va kompleks sonlardan foydalaniladi. Python tilining kutubxonasida berilganlarning bir qator son tiplari bilan ishlashga mo’ljallangan metodlar mavjud.
Butun sonlar Python dasturlash tilida odatdagidek yoziladi. Ular yordamida odatdagi matematik amallar (qo’shish, ayrish, ko’paytirish, bo’lish, darajaga ko’tarish, sonning ishorasini o’zgartirish, sonning moduli, qoldiq, to’liqsiz bo’linma va boshq.) bajariladi.
Haqiqiy sonlar. Haqiqiy sonlarning butun va kasr qismi nuqta orqali ajratib yoziladi. Juda katta va juda kichik sonlarni yozishda “suzuvchi nuqtali” yozuvdan foydalaniladi. Bunda holda sonlar ikki qismga ajratilib, birinchi qismi o’nli kasr ko’rinishida bo’lib sonning mantissasi deyiladi. Ikkinchi qismi o’nning butun darajalari ko’rinishida ifodalanib, sonning tartibi deyiladi. Bu qismlar bir-biriga ko’paytirish belgisi orqali yoziladi. Masalan, erning massasi 5.9742*1024 , 1 gramm suvdagi molekulalar soni 3.7*1022 taga, molekula massasi 2.99*10-23grammga teng.
Python tilida sonlarning suzuvchi vergulli ko’rinishi quyidagicha yoziladi: avvalo sonning mantissasi, so’ngra e xarfi, undan so’ng sonning tartibi yoziladi. Yuqorida ko’rsatilgan sonlar 5.9742e24, 3.7e22 va 2.99e-23 ko’rinishida yoziladi.
Shuni takidlab o’tish kerakki, bo’lish / amalining natijasi hamisha haqiqiy (float) tipli bo’ladi. To’liqsiz bo’linma // natijasi hamisha butun (int) bo’ladi.
O’zgaruvchilar. O’zlashtirish operatori.
Pythondagi o'zgaruvchilar C++ yoki Delphi dasturlash tillaridagi o’zgaruvchilardan tubdan farq qiladi. Python'da o’zgaruvchilar o'rniga “nom”lar, boshqacha aytganda “ism”lar atamasidan ham foydalaniladi.
Dasturlash tillarini o’zgaruvchilarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Bu xuddi insonlarning familiyasi yoki ismisiz ularga murojaat qilib bo’lmasliga o’xshatish mumkin. Dasturlash tilida sonlarni, matnlarni, belgilarni, sonlar ketma-ketligi ro’yxatini ifodalash uchun o’zgaruvchilardan foydalaniladi. O’zgaruvchilar deb ma’lumotlarni saqlash uchun xotiraning nomlangan qismiga aytiladi.
O’zgaruvchilarni ifodalashda lotin alifbosining katta (A-Z) va kichik (a-z) xarflaridan, raqamlardan (0-9), ost chizig’i ( _ ), shuningdek, kiril alifbosining harlaridan ham foydalanish mumkin. bunda birinchi belgi lotin alifbosining xarflaridan so’ngra harf yoki raqamlardan tashkil topishi mumkin bo’ladi. Masalan, a, ism, yusa123 va boshqalar.
O’zgaruvchilarga qiymat berishda o’zlashtirish operatoridan foydalaniladi. U odatdagidek, “=” teng belgisi ko’rinishida bo’ladi. Qiymat berish operatori, ya’ni teng belgisining chap tomonida o’zgaruvchi o’ng tomniga son, arifmetik ifoda, funksiya yozilishi mumkin. Masalan, x = 5, yusa = s, y = z, ism = “Xasanboy” va boshqalar.
O’zgaruvchilar faqat raqamlardan iborat bo’lishi mumkin emas. Ularning uzunligi uchun chegara qo’yilmagan. O’zgaruvchilarni ifodalashda xizmatchi so’zlardan foydalanish tavsiya qilinmaydi.
Pythonda katta va kichik harflar bir-biridan farqlanadi, ya’ni D va d o’zgaruvchilar har xil o’zgaruvchilar hisoblanadi. Pythonda boshqa dasturlash tillaridan farqli o’zgaruvchilar va ularning tiplarini e’lon qilish talab etilmaydi. Bundan tashqari, o'zgaruvchining nomi Python tilidagi kalit so'zlarning nomi bilan bir xil bo'lmasligi kerak.

Python tilidagi kalit so'zlar

and

as

assert

async

await

break

class

continue

del

ef

elif

else

except

false

finally

for

from

global

if

import

in

is

lambda

none

nonlocal

not

or

pass

raise

return

true

try

while

with

yield

Python tilida bitta qiymatni bir-nechta o’zgaruvchiga o’zlashtirish mumkin: x = y = z = 4. Bu holda x, y va z o’zgaruvchilar bi vaqtda 4 qiymatiga ega bo’ladilar.


O’zgaruvchilar tiplari:

O’zgaruvchilarga qiymat berishda quyidagicha ko’rinishlarda ham amalga oshirish mumkin.






Download 4,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish