Qiz bola va ayollar jinsiy a`zolari anatomiyasi va muammolari.
Tashqi jinsiy a’zolarga qov, katta va kichik (uyatli) jinsiy lablar, klitor, qin dahlizi, uning katta bezlari — Bartolin bezlari kiradi
Tashqi va ichki jinsiy a’zolar o‘rtasidagi chegara qizlik pardas
hisoblanadi.
Qov simfizning oldingi1 va yuqori tomonida joylashgan, teri ostidagi yog‘ qatlami qalin bo‘ladigan uchburchak tepacha (qov do‘mbog‘i)dan iborat. Qovning yuqori chegarasi terining ko‘ndalang egatchasidan iborat bo‘lib, qov usti burmasi deb ataladi; qovdan o‘ng va chap tomonda qov burmalari bor, qov orqa tomondan katta jinsiy lablarga qo‘shilib ketadi. Qovni jun bosgan. Voyaga yetgan ayolda qovdagi junning yuqori chegarasi gorizontal chiziq shaklida bo‘ladi. Bunga qarama-qarshi o‘laroq erkaklarda qov junining yuqori chegarasi yuqoriga tomon o‘tkirlanib, qorinning oq chizig‘i bo‘ylab ba’zan kindikkacha boradi. Bolalik davrida qov junsiz bo‘ladi, keksalik davrida esa qovdagi jun siyraklashib qoladi.
Qov junining o‘sishi tuxumdonlarning va qisman buyrak usti bezlari po‘stlog‘ining faoliyatiga bog‘liq. Ba’zi ayollarda qov juni erkaklardagiga o‘xshash joylashgan yoki yetarlicha qalin bo‘lmaydi, bu esa jinsiy a’zolarning yaxshi yetilmasligidan va tuxumdonlar funksiyasining yetarli emasligidan dalolat beradi.
Katta jinsiy lablar— uzunasiga ketgan, jinsiy yoriqni ikkala tomondan chegaralab turadigan ikkita teri burmasidan iborat. Teri ostida qalin yog‘ qatlami bor, undan qon tomirlar, nervlar va fibroz tolalar o‘tadi. Katta jinsiy lablar oldingi tomonda qov terisiga o‘tadi, orqa tomonda esa sekin-asta torayib pastga tushadi va o‘rta chiziqda bir-biriga qo‘shilib, orqadagi bitishma ni hosil qiladi. Katta jinsiy lablar sirtini jun bosgan, ter va yog‘ bezlari bor. Katta jinsiy lablarning ichki yuzasi shilliq pardaga o‘xshaydigan nozik pushti teri bilan qoplangan. Katta jinsiy lablar orasi jinsiy yoriq deb ataladi. Katta jinsiy lablar bag‘rida qin dahlizining katta bezlari – Bartolin bezlari joylashgan. Ular yumaloq, loviyadek keladigan alveolyar-naysimon bezlardir. Bezlarning alveolalari epiteliy bilan qoplangan, bu epiteliy sekret ishlab chiqaradi. Orqadagi bitishma bilan orqa chiqaruv teshigi (anus) o‘rtasidagi joy oraliq deb ataladi.
Oraliq muskul-fassiyadan tuzilgan plastinka bo‘lib, tashqaridan teri bilan qoplangan; terida orqadagi bitishmadan opqa chiqaruv teshigigacha davom etadigan chiziq ko‘rinadi, u oraliq choki deb ataladi.
Kichik jinsiy lablar oldingi tomonda ikkiga bo‘linib, ikki juft oyoqcha hosil qiladi. Oyoqchalarning oldingi jufti o‘rta chiziqda, klitor ustida bir-biri bilan qo‘shilib, kichkina burma hosil qiladi, bu burma klitorning chekka kertmagi Aniqrog‘i, bu oldingi oraliq yoki akusherlar oralig‘idir. Opqa chiqaruv teshigi bilan dum suyagi o‘rtasidagi joy orqadagi oraliq deb ataladi.
Klitor (clitoris) — kichkina konussimon tuzilma (erkaklar jinsiy a’zosi (penis)ga analog a’zo) bo‘lib, qo‘shilib ketgan ikkita (g‘orsimon) tanadan iborat. G‘orsimon tanalarda tutash bo‘shliqlar bor, tomirlardan keladigan qon shu bo‘shliqlarda aylanib yuradi. Klitor qon tomirlari va nervlarga boy: terisida nerv oxirlari juda ko‘p. Klitor funksiyasi jihatdan jinsiy hissiy a’zosidir. Jinsiy qo‘zg‘alish paytida arterial qonning tez kelishi va venoz qonning sekinroq oqib ketishi natijasida klitor kattalashadi va zichlashadi (ereksiya).
Siydik chiqarish kanalining tashqi teshigi klitordan 2–3 sm orqada bo‘lib, yumaloq, ba’zan yoriq, yulduz yoki yarimoy shaklidadir. Uretraning bo‘yi ayollarda 3–4 sm, eni o‘zgaruvchan, kanali oson cho‘ziladi (diametri 1 sm gacha boradi va undan ham oshadi). Uretra kanali deyarli to‘ppato‘g‘ri yo‘l oladi, picha yuqoriga egilgan bo‘ladi. Uretra boshidan oxirigacha qinning oldingi devoriga qo‘shilgan. Qin devorining shu qismi milkka o‘xshab picha do‘ppayib turadi. Qizlik pardasi (hymen) – qo‘shuvchi to‘qimadan tuzilgan bo‘lib, iffatli qizlarda qin kirish qismini to‘sib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |