Balog`at ilmi. Balogʻatga yetish



Download 1,32 Mb.
bet1/44
Sana26.03.2022
Hajmi1,32 Mb.
#511998
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
2 этап .


  1. BALOG`AT ILMI. BALOGʻATGA YETISH.

BALOGʻATGA YETISH, — organizmning bir qancha anatomik va fiziologik oʻzgarishlar natijasida biologik jihatdan sekin-asta voyaga yetishi hamda jinsiy jihatdan yetilib, koʻpayishga, yaʼni naslni davom ettirishga layoqatli boʻlib qolishi. Qizlar oʻgʻil bolalarga nisbatan ertaroq balogʻatga yetadi. Qizlarda bu davr aksari 12 — 14 yoshdan 16 — 18 yoshgacha, oʻgʻil bolalarda 13 — 15 yoshdan 16 — 20 yoshgacha davom etadi.

Balogʻatga yetish muddati oʻsmirning irsiy xususiyatlariga, sogʻligʻiga, ovqatiga, shuningdek hayot tarzi (maishiy, ijtimoiy-iqtisodiy) va iqlim sharoitlariga bogʻliq. Turli noxush omillar: ogʻir kasalliklar, yolchib ovqatlanmaslik va boshqa odatda jismoniy va ruhiy rivojlanishning kechikishiga sabab boʻladi. Nimjon, kasalmand bolalar sogʻlom bolalarga nisbatan kechroq balogʻatga yetadi. Kech yoki erta Balogʻatga yetish jinsiy bezlar, buyrak usti bezlari va gipofiz funksiyasining buzilishiga aloqador boʻlishi mumkin. Balogʻatga yetish davrida jinsiy instinkt ancha tez shakllanadi. Qizlar hayz koʻradi, bolalarda ixtilom (pollyutsiya) kuzatiladi, shuningdek organizmda chuqur oʻzgarishlar roʻy beradi: oʻsmirning boʻyi choʻzilib, ikkilamchi jinsiy belgilari paydo boʻladi; oʻgʻil bolalarda soqol-moʻylov koʻrinib, ovozi doʻrillab qoladi, qizlarning badani yumaloq tortib, birinchi galda soni va dumbasida yogʻ toʻplanib boradi, sut bezlari kattalashib, chanoq suyaklari eniga kengayadi. Qonda jinsiy gormonlar koʻpayib, bir jins ikkinchi jinsga koʻproq eʼtibor bera boshlaydi. Balogʻatga yetish davrida oʻsmirning psixikasi ham oʻzgarib, nerv tizimining faoliyatida bir qator oʻzgarishlar roʻy beradi. Gormonlar, avvalo jinsiy bezlar (moyak, tuxumdon) gormonlari Balogʻatga yetishda muhim ahamiyatga ega. Balogʻatga yetishda jismoniy rivojlanishning eʼtiborli xususiyatlaridan biri tana qismlari nisbati, yaʼni proporsiyasining vaqtincha buzilishidir. Qoʻl-oyoqlar tanaga nisbatan koʻproq oʻsadi, shu sababdan harakatlari qoʻpolroq, kelishmagan boʻlib qoladi. Oʻgʻil bolalarda muskul kuchi zoʻr berib ortib boradi, muskullar massasi kattalashadi.


Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish