2.
Brettonvud (1944-1972y)
va Yamayka jahon valyuta tizimlari. (1976y.-hozirgi
paytgacha).
Brettonvud jahon valyuta tizimi (1944-1972 yy.)
. 1943
yilga kelib, AQSH hamda
Buyuk Britaniya erkin va barqaror valyuta tizimini barpo qilish uchun dastlabki qadamlarni
qo`ydi. 1944 yilning iyul oyida Bretton-Vuds shaxrida bo`lib o`tgan konferentsiyada,
AQSH oltin andozasiga asoslangan kontseptsiyaga o`tish tashabbusi bilan chiqdi. Shu
vaqtning o`zida, yangi xalqaro valyutani tartibga solish tizimi faoliyatini nazorat qilish
uchun, Xalqaro valyuta fondi (XVF)ni tashkil etish to`g`risida qaror qabul qilindi.
Yangi tartibning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat edi:
• barqaror almashuv kurslariga ega bo`lgan, xalqaro valyuta tizimini tashkil etish;
• qattiq valyuta nazorati bekor qilinishi va barcha valyutalarning konvertirlanishiga
erishish.
Brettonvud tizimining asosiy tomonlari quyidagi tamoyillarni o`z ichiga oladi:
• mamlakatlar o`rtasidagi hisob-kitoblarda oltin o`zining
oxirgi pul funktsiyasini
saqlab qoldi;
• Amerika dollari zahira valyuta sifatida qabul qilindi. U oltinga tenglashtirilib,
boshqa mamlakatlarning valyuta qiymatini o`lchash hamda xalqaro kredit to`lovi vositasi
sifatida qabul qilindi;
• boshqa mamlakatlarning Markaziy banklari va hukumatlari dollarni, AQSH
xazinachiligidan 1 troya untsiyasi (31,1 g.) uchun 35 doll, kurs bo`yicha
almashishi
mumkin edi. Bundan tashqari, hukumat organlari va xususiy shaxslar oltinni xususiy
bozorlardan xarid qilishlari mumkin edi.
Oltinning valyuta bahosi rasmiy kurs asosida belgilanib, u 1968 yilgacha sezilarli
darajada tebranmagan;
• valyutalarning bir-biriga tenglashtirilishi va ularni o`zaro
almashtirish, oltin va
dollarda ifodalanadigan rasmiy valyuta paritetlarida amalga oshirilgan;
• barcha mamlakatlar har qanday olingan boshqa mamlakat valyutasiga nisbatan, o`z
valyuta kursi barqarorligini saqlashi shart edi. Valyutaning bozor kursi, oltin yoki dollarda
belgilangan paritetdan 1 foizdan ortiq u yoki bu tomonga og`ishi mumkin emas edi.
Paritetlarning o`zgarishi, to`lov balansidagi buzilishlar barqaror tus olsagina, mumkin
hisoblanardi. Dollardan foydalanish ko`lamining
ommaviy tus olishi bilan, oltindan
foydalanish hajmi keskin pasaydi;
• valyuta munosabatlarini davlatlararo tartibga solish, asosan, XVF tomonidan
amalga oshiriladigan bo`ldi.
O`tgan asrning 60-yillariga kelib Brettonvud tizimi, o`sib
kelayotgan jahon
xo`jaligining baynalmilallashuvi, TMKlarning valyuta sohasidagi chayqovchiligining
boshlanishiga qarshilik qilardi.
Oltin tartibidagi dollar andozasi tizimi, amalda asta-sekin dollar andozasi tizimiga
aylanib bordi. O`tgan asrning 60-yillariga kelib, AQSH iqtisodiyotidagi
orqaga siljish, va
asosan, G`arbiy Yevropa va Yaponiya iqtisodiy qudratining o`sishi natijasida dollarning
qadri sezilarli darajada tushdi. AQSHdan tashqarida bo`lgan dollar zahiralari yirik
evrodollar bozorini tashkil qildi. To`lov balansidagi yirik taqchillik, 1 untsiya uchun dollar
narxini 35 dollarga oshishiga olib keldi.
Valyuta tizimining larzaga kelishiga, shuningdek,
turli mamlakatlardaturlicha
iqtisodiy o`sish yuz berganligi ham o`z ta`sirini o`tkazdi. 1961 yil martida yuzaga kelgan
sezilarli darajadagi ijobiy to`lov balansi natijasida, nemis markasi va golland guldenining
revalvatsiyasi yuz berdi. Bir paytning o`zida, 1963 yildan boshlab,
funt sterling qattiq
bosim ostida qoldi.
Ko`rsatilgan barcha yordamlarga qaramasdan, uch yillik inqiroz davrida, 1967 yilga
kelib, funt sterling pariteti 2,80 dan 2,40 dollargacha devalvatsiya qilindi. Buning natijasida
oltinga bo`lgan talab ortdi. Bularning barchasi oltinningkamayishiga olib keldi. Markaziy
banklarni 1968 yilda oltin puli (ingl. )dan vozkechishga va oltin bozorining amerika
sektoriga jamlanishiga olib keldi.
1960 yillarga kelib, AQSH to`lov balansidagi taqchillik, oltin zahirasini 18 mlrd.
dollarga, 1970
yillarda esa, 11 mlrd. dollarga kamaytirdi. Bir vaqtning o`zida, AQSHga
nisbatan xorijiy kreditorlarning talabi ancha o`sib, 1970 yilda u
AQSH ixtiyoridagi oltin zahiralaridan ikki marotaba ko`p edi. 1971 yilning iyuniga kelib
AQSH dollarni oltinga rasmiy bahoda almashtirishdan bir tomonlama bosh tortdi. Bu
Brettonvud tizimining amalda bekor bo`lishini bildirardi.
Do'stlaringiz bilan baham: