Badiiy so’z qudrati



Download 0,84 Mb.
bet43/80
Sana12.01.2017
Hajmi0,84 Mb.
#401
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   80
ZULFIYA (1915-1996)

Shoira o'zi to'g'risida...

Men Toshkentda tug'ilganman. Bundan shuncha yillar muqaddam, albatta, zamon ham, shahar ham, odamlar ham, hayot ham bo'lakcha, nurli, bugungiga sira o'xshamagan edi. Men o'zim tug'ilib o'sgan uyni eslayman. Yozda tuproqqa, qishda loyga botib, ...devorlarni ushlab uyimizga kirar edik. Lekin hovlimizni bog' deb atar edilar. Biz asli Toshkentning Degrezlik mahallasidanmiz. Bobomni Muslim degrez deb atar edilar. Otamni ham xuddi bobom kabi Isroil degrez der edilar. Otam zahmatkash temirchi edi. O'sha vaqtda bolalarini boqish, ro'zg'or tebratish uchun odamlar juda ko'p mehnat qilishlari zarur ekanligiga sira aqlim yetmas ekan. Otamning hamma vaqt olovga yo'ldosh kasbidan faqat zavq va shavqni ko'rar edim. Otamday qudratli odam yo'q edi men uchun. Temirlar otam qo'lida chaqmoqlar taratishiga boqib, hayratda qolar edim. Uning qo'llari cho'qqa aylangan temir parchasini istagan shaklga solib, inson uchun kerakli narsaga aylantirishga qodir edi. Men hali-hanuz otamday bo'lishni orzu qilaman, ammo na iloj, inson qalbiga kira bilish temirga ishlov berishdan mashaqqatliroq, yurakni chaqmoq kabi alanga oldirish har kimga ham muyassar bo'lavermas ekan... Mening onam, o'zining ta'biricha, «usti butun – ichi tutun» ayollardan edi. U hamma vaqt kamgap.' xayolchan edi, lekin uning fikrlari, o’ylari mudroq emasligini, unga mutelik, zaiflik yot ekanligini bilar edim. Onamning qanchadan qancha qo'shiq va afsonalarni, doston va ertaklarni bilishiga aqlimiz bovar qilmasdi. Bu sehrli afsona va dostonlar bizga benihoya huzur bag'ishlar, o'ziga rom qilib olar edi. Aminmanki, mo'jizalar yaratishga qodir, jahonni ko'zga keng ochuvchi, insonni go'zallik sari yetaklovchi so'zga shaydolik hissini mening qalbimda ostona xatlab ko'chaga chiqmagan oddiy ayol - onam uyg'otgan. Mening ilk muallimlarimning mehribon qiyofasi hamma vaqt xotiramda. Ular nihoyatda yosh, ba'zilari o'z o'quvchila­ridan bir necha yoshgina katta edilar. Men chanqoqlik bilan tinglar, havaslanar va bir qator dugonalarim qatori o'qituvchi bo'lishga intilar edim. Shu intilish... meni o'qituvchilar texnikumiga olib kirdi... Keyin oliy o'quv yurti, keyin hayot maktabi... o'qish, o'qish, o'rganish, izlanish... Bu o'qish-o'rganishda kitob menga katta ko'makdosh va murabbiy bo'ldi. Navoiy va Pushkin, Hofiz va Shekspir, Bayron va Nekrasov, Lermontov va Lutfiyni o'qir edim va uqishga intilardim. O'zim ham qandaydir juftlangan, ohangdosh, allaqanday baytlar to'qiy olayotganimni payqab borar edim. Men o'qiganlarim chuqur ma'nolar to'la, yorqin hislar harakatga keltirgan ajoyib satrlar. Men to'qiganlar esa qofiyalashgan so'zlar turkumidan ko'ra xiyol nari o'tar edi, xolos. Lekin quvonar, ajablanar, hayajonlanar edim... Birinchi she'rlar to'plamim 1932-yilda bosilib chiqdi. O'sha vaqtda endi 18 yoshga qadam qo'ygan edim. Shosha - pisha to'plamga «Hayot varaqlari» deb nom beribman. Ko'p o'tmay, hayot menga talabchan va qattiqqo'l muhar­rirni baxsh etdi. Hayotimning o'n yili, faqatgina o'n yili Hamid Olimjon bilan hamnafas va hamqadam o'tgani men uchun ulkan baxt bo'ldi. U eng gullagan yoshlik chog'ida, rang-barang, sira tuganmas, yorqin iste'dodining kamol cho'qqisiga yetganda fojiali halok bo'ldi. Men o'zimni u bilan halok bo'ldim dedim xayolimda. Mana hozir ham... u ayriliq­ning kuydiruvchi alamlarini butun og'irligi bilan his qilib turibman... Hamid Olimjon faqat mening turmush yo'ldoshim va farzandlarimning otasi bo'libgina qolmasdan, ayni choqda qalbim va ruhimga uyg'un hamrohim va sezgir maslahatchim ham edi. She'rlar minglarcha kishilar o'z qalbi va dili bilan his etib o'zlariniki qilib olgandagina poeziyaga aylanadi. Menimcha, she'rlar ustida qunt va chidam bilan ishlashga undaydigan kuchlardan biri ham shudir.

Zulfiya. 1965-yil.

O'zbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilova 1996-yil 1-avgustda vafot etdi.


Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish