Bemorlarni tekshirishga tayyorlash:
1. Тerapevt maslahati.
2. Anesteziolog maslahati.
3. Qon va siydikni umumiy tekshirish.
4. Koagulogramma, qon gruppasi, kreatinin, mochevina, ALТ, ASТ, umumiy oqsil.
5. EKG.
6. Gisteroskopiya.
7. Gisterosalpingografiya.
8. Bachadon shilliq pardasi qirindisini gistologik tekshirish.
Bu usulni qo’llash uchun bemorning umumiy ahvoli, yoshi, o’smaning katta-kichikligi va joylashishiga qarab, bajariladigan tekshirish hajmi belgilanadi. Shu bilan birga qorin devori orqali yoki qin orqali aniqlanadi. Jarrohlikdan oldin katta miomani kichraytirish uchun dekopeptil 3,75mg-gonadotrop relizing omillarni har 28 kunda 1 marta mushak orasiga in’eksiya 4 oy gacha qo’llash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |