5.5-§. Yuqori aniqlikdagi nivelirlarning geometrik chizmasi va asosiy qismlari
Hozirgi vaqtda yuqori aniqlikdagi nivelirlarning ikkita turi ishlab chiqilmoqda:
1. Qarash trubasida adilakga ega bo‘lgan nivelirlar.
2. Qiyalik burchagi kompensatoriga ega bo‘lgan nivelirlar. Yuqori aniqlikdagi nivelirlar quyidagi asosiy qismlardan tashkil
topadi (12.1-rasm): o‘qiy sistema, qarash trubasi, aniq adilak yoki uni almashtiruvchi qarash trubasining qiya burchakli kompensa tori, sanoq qurilmasi.
5.3-rasm. Yuqori aniqlikda nivelir
|
5.4-rasm. Yuqori aniqlikda nivelir
|
ning geometrik sxemasi:
|
trubasining iplar to‘ri
|
1 – vertikal o‘q, 2 – vtulka; 3 –
|
|
richag; 4 – yassi plastina;
|
|
5 – ko‘rish trubasi; 6 – aniq adilak;
|
|
7 – o‘lchov shesternya; 8 – elevat
|
|
sion vint; 9 – taglik
|
|
O‘qiy sistema nivelirning tagligi 9 bilan mustahkam birlash tirilgan vertikal o‘q 1 va nivelirning qarash trubasi bilan birlash tirilgan vtulka 2 dan tashkil topgan. Nivelirning tagligiga, ver
tikal o‘qni vetikal holatga keltirishga xizmat qiladigan va bo‘lak qiymati 8' teng doiraviy adilak mahkamlangan. Qarash trubasi da adilak o‘rnatilgan yuqori aniqlikdagi nivelirlarining o‘qiy sis temasi, nivelir qarash trubasini nafaqat vertikal o‘q atrofida ay lanishini, balki elevatsiya vinti 8 yordamida adilak pufakchasini o‘rtaga keltirishda gorizontga nisbatan qarash trubasini vertikal tekislikda uncha katta bo‘lmagan burchakga qiyalatish imkoni ni beradi.
Qarash trubasi to‘g‘ri, markaziy. Uning asosiy qismi obyek tiv, okular, fokuslovchi linza va iplar turi hisoblanadi. Iplar turi bissektorining o‘ng qismi (5.3-rasm) o‘tkir burchak ko‘rinishiga ega, uning bissektrisasi bissektorning chap qismida joylashgan gorizontal ipning davomi hisoblanadi.
Nivelir qarash trubasidagi aniq adilak hamda truba qiyalik bur chak kompensatori truba vizir o‘qini gorizontal holatga keltirish uchun xizmat qiladi. Kompensatorsiz yuqori aniqlikdagi nivelir lar, uchlari kavsharlangan shisha trubkali kontaktli adilakka ega, adilak ampulasi to‘ldiruvchi bilan temir g‘ilof ichiga joylashtiri ladi. Bunday adilak harorat -20°C dan +50°C gacha o‘zgarganda ham barcha ishchi diapazon bo‘yicha trubaning qiyalanishiga o‘ta sezgirlikni ta’minlaydi, bu esa juda muhim. Adilak o‘qini truba ning vizir o‘qiga parallel o‘rnatish uchun to‘g‘rilovchi vint bilan ta’minlangan. Adilak pufakchasini o‘rtaga keltirish uchun, tru baning vizir o‘qi gorizontal holatda bo‘lganda, elevatsiya vint yor damida pufakchaning qarama-qarshi uchlarining tasviri birlash guncha nivelir trubasi qiyalantiriladi.
Yuqori aniqlikdagi nivelirning sanoq olish qurilmasi optik mikrometrdan iborat bo‘lib, obyektiv oldiga yoki trubaning ichi ga o‘rnatilgan yassi parallel plastinkadan (5.4-rasmga qarang) iborat o‘lchovchi shesternya golovka bilan birlashtirilgan, uning shkalasi 100 bo‘laklarga bo‘lingan bo‘lib, har biri reykaning bitta bo‘lagiga to‘g‘ri keladi, ya’ni 5 mm; richagning bir tomoni sharnir tarzida yassi parallel plastinka bilan ulangan, ikkinchi tomoni esa o‘lchovchi shesternya ssepleniyasiga kiruvchi tishli ko‘rinishga ega. Optik mikrometrning turli tuzilish sxemasi bo‘lishi mumkin.
Reykadan sanoq olishda (5.4-rasm) elevatsion vinti yordami da nivelir kontaktli adilak pufakchasi uchlarining tasviri birlash tirilib nivelir trubasi qiyalantiriladi.
5.5-rasm. Nivelir optik mikrometrining ishlash sxemasi.
Bunda qarash trubasining vizir o‘qi M N gorizontal holatda bo‘lishi kerak. Sanoq olish ko‘rimasining golovkasi 3ni aylanti rish yo‘li bilan richak 2 siljitiladi, yassi parallel plastinka qiya lantiriladi va ko‘rish trubasining iplari turi bissektori reykaning yaqin kichik shtrixi tasviri bilan birlashtiriladi, so‘ngra mikrometr shkalasi bo‘yicha a sanoq olib reyka bo‘lagining c = aN kasr qismi aniqlanadi. Bu a sanoqni shtrix qiymatiga qo‘shib reyka bo‘yicha N = a + cs yig‘indi rasmidagi yakuniy sanoq olinadi. Aytaylik, iplar turi bissektori reykani a = 77,5 shtrixiga to‘g‘rilangan va mikrometr shkalasi bo‘yicha sanoq c = 44 ga teng, unda reyka bo‘yicha ya rim detsimetrda ifodalangan yakuniy sanoq N = a + c = 77,544 ga teng bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |