B. N. Sirliyev a. Beknazarov d. N. Arziqulov



Download 149,6 Kb.
bet44/49
Sana21.06.2022
Hajmi149,6 Kb.
#686947
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y

Bevosita muloqot shaxs bilan «yuzma-yuz» suhbat bo‘lib, bunda uning har bir ishtirokchisi o‘zi idrok qiladi, aloqa qiladi va hamma mavjud vositalarni keng qo‘llaydi.
Bilvosita muloqot ham aloqa vositasi bo‘lib, unda shaxslar, bo‘- limlar va mexanizmlar ishtirok etishadi, (masalan, telegraf, telefon or- qali gaplashish).
Muloqotning ba’zi bir turlari ijtimoiy rollar orqali vujudga keladi. Bunday muloqot rolli muloqot deyiladi. Bunday holatda odamlar nafa- qat shaxslar sifatida, balki muayyan ijtimoiy rollarni bajaruvchi kishi- lar tarzidagi muloqotchilar bo‘lishadi. Masalan, tergovchi va jabrla- nuvchi o‘rtasidagi muloqot rollidir.
Individning boshqa shaxsga o‘z holati, kayfiyati, xohishini bildi- rishda mimikasi, harakati, imo-ishorasi orqali axborot berishi maz- munli muloqot deb ataladi.
Muloqotga kirishishda nafaqat so‘zlar bilan, balki harakatlar, imo- ishoralar ham muhim o‘rin tutadi. Shaxslar muloqotga kirishar ekan, muloqot uchta jihatni o‘z ichiga qamrab oladi:

  1. kommunikativ (axborot berish);

  2. interaktiv (o‘zaro birgalikda harakat qilish);

  3. perseptiv (o‘zaro birgalikda idrok qilish).

Shaxs muloqotga kirishishda boshqa bir shaxsning o‘zinikidan bi- limini sayoz, men bilgan narsani bilmaydi, dunyoqarishi «juda past» deb o‘ylashi ham muhim hisoblanadi, chunki shaxs o‘zining «men»i bilan ajralib turishga harakat qiladi.
Muloqot jarayonida axborotni boshqa kishiga yo‘llayotgan kishi kommunikator, uni qabul qilayotgan kishi retsepiyent deb nomlanadi.
Axborotni tarqatish imo-ishoralar orqali amalga oshadi. Shu bilan birga, muloqotni vujudga keltiruvchi vositalar bor. Bunday vositalarni ikki turga bo‘lish mumkin, nutq orqali bo‘ladigan muloqot va nutqsiz muloqot.
Muloqotning psixologik vositalari:
verbal (nutq orqali) noverbal (nutqsiz)

Verbal muloqotning asosiy vositasi insonning nutqi bo‘lib, u alo- qaning universal vositasi hisoblanadi, chunki axborotni nutq orqali tarqatganda, uning mazmuni deyarli to‘liq beriladi.
Verbal muloqot orqali shaxs o‘zining fikr-mulohazalarini bemalol bayon eta oladi. Og‘zaki nutq bir vaqtning o‘zida ikki ko‘rinishda bo‘ladi:

  1. dialogik nutq;

  2. monologik nutq.

So‘zlovchilarning bab-baravar, teng, birgalikda faollik ko‘rsatishi dialogik nutq hisoblanadi. Shaxsning o‘z fikrlarini og‘zaki yoki yoz- ma ravishda ifodalash nutqi monologik nutq deyiladi.
Nutq, o‘z navbatida, boshqa noverbal muloqot vositalari bilan bir- ga olib boriladi. Bunday nutqsiz vositalarga, birinchidan, imo-ishora- lar va mimika kiradi. Mimika - muloqot vaqtida shaxsning yuzidagi dinamik ko‘rinishi, ya’ni shaxs yuzidagi o‘zgarishlar.
Imo-ishoralar ijtimoiy shakllangan harakatlar bo‘lib, shaxsning psixik holatini ko‘rsatadi. Ular asosida insonni u yoki bu hodisa, shaxs yoki predmetga nisbatan bo‘lgan munosabatini aniqlashimiz mumkin. Insonning imo-ishoralari asosida biz uning holatini tushunib olamiz.
Inson gavdasining mimika, imo-ishora, intonatsiyalar bilan birga, uning psixik holatini, ayniqsa, his-tuyg‘ularini ifodalovchi harakatla- riga pantomimika deyiladi.
Nutqsiz muloqotning ikkinchi guruhiga ovozdagi o‘zgarish, uning uzunligi (diapazon), ohangi kiradi. Bularning hammasi axborotning ahamiyatini oshiradi va nutqqa o‘ziga xos «qo‘shimcha» bo‘lib xizmat qiladi. Muloqotda nutq muhim o‘rin tutadi, ayniqsa, uning ravonligi,
atamalarning o‘z joyida va to‘g‘ri ishlatilishi va hokazolar. Nutq eshittirilib, yo ovoz chiqarmasdan aytilishi yoki kar-soqov kishilarda biron-bir mohiyatga ega bo‘lgan imo-ishoralar bilan almashtirilishi mumkin.
Muloqotda axborot beruvchi bilan axborot qabul qiluvchi o‘rtasi- da o‘zaro hamkorlik yuzaga keladi. Axborot shaxsning tashqi ko‘rini- shi, kiyimi, mimikasi, ovozi, tez gapirishi yoki salmoqlab gapirishiga bog‘liq bo‘ladi.
Shaxs axborotni ikkinchi bir shaxsga nutq orqali berish bilan birga, jest, mimikalarni qo‘shib beradi yoki u yozma usulda, ko‘rgaz- mali shaklda ham bo‘lishi mumkin. Muloqot davomidagi emotsional holat muloqotga kirishayotgan shaxsning xatti-harakatiga ta’sir qiladi.
Ko‘p hollarda muloqotda majburiylik bo‘ladi, ya’ni guvoh va gu- mon qilinuvchi muloqot qilishga majbur, buning ustiga, qonunga aso- san, muloqot qilmasa, shaxs jazolanishi mumkin. Muloqotdagi har bir fakt shaxs ongi orqali amalga oshadi, eng asosiysi, bu faktlar shaxslar- da ba’zi bir narsalarni bo‘rttirib ko‘rsatishga olib kelishi mumkin. Ba’zan muloqotga kirishayotgan shaxs o‘z maqsadini yashiradi, nati- jada ma’lum bir vaqtdan keyin uning bu maqsadi yuzaga chiqadi.
Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida muloqot ikki kishi- lik va bir necha (ko‘p) kishilik bo‘lishi mumkin. Muloqotning maqsa- didan kelib chiqib, u har xil darajada tugashi mumkin, ya’ni keskin agressiv holatda yoki yangi muloqotni davom ettirish va butunlay muloqotga boshqa qaytmaslik ham mumkin.
Har bir muloqotda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari- ning bir necha maqsadlari, ya’ni dalillarni yana bir marotaba aniqlash, o‘zidagi bor dalillarni boyitish, shaxsning yuqoridagi voqealarga alo- qadorligi qay darajada ekanligidan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin. Muloqot doimo inson xarakteri bilan bog‘liq bo‘ladi, masalan, shaxs janjalkash bo‘lishi mumkin, bu janjal ziddiyatlarning natijasida yuza- ga keladi yoki shaxsning ziddiyatni keltirib chiqaradigan holatlarini o‘rganish kerak bo‘ladi.
Xulosa qilib shuni ta’kidlashimiz mumkinki, muloqot, avvalam- bor, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining faoliyatida yetakchi o‘rinni egallaydi. Muloqotning verbal va noverbal turlari shaxslararo munosabatlarda doimo ishtirok etadi.
2. Insonlarning bir-birlarini tushunish va
idrok etish mexanizmlari

Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida muloqot orqali xo- dim o‘z xizmat burchini bajaradi, qonun asosida muloqot tartibga soli- nadi. Muloqotning vositalari huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida nafaqat «til», shuningdek yuqorida aytib o‘tganimizdek, imo-ishora, eng asosiysi muloqot davomida shaxsning yuzidagi o‘zgarishlar ham muhim hisoblanadi. Huquqni muhofaza qilish organi xodimlarining muloqoti xizmat faoliyati davomida quyidagi xusu- siyatlarni o‘z ichiga oladi.

Download 149,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish