Qaychining o’tmas uchini kesilgan teshikka kirgizib, qorin tomonining o’rtasidan
og’izgacha kesing.
Anal teshigi oldidagi kesikdan yuqoriga tomon to umurtqa pog’onasigacha ko’ndalangiga
kesing. Kesikdan hosil bo’lgan tana ko’tarib, umurtqa pog’onasi bo’ylab bosh tomonga qarab
kesikni jabra qopqog’igacha davom ettiring va hosil bo’lgan parchani tanadan ajratib oling.
Baliqning jabra qopqoqlaridan
birini kesib olib, uning suyaklari hamda terisining
tuzilishini o’rganing. Qopqoq ostidagi jabralardan birini kesib olib, suvda yaxshilab yuving va
Petri shisha idishidagi suvga soling. Idish ostiga oq qog’oz qo’yib,
jabra ravoqlari tuzilishini
o’rganing. Baliqning og’ziga cho’p tiqib, cho’pni jabra yoriqlaridan chiqishiga ishonch hosil
qiling.
Ostiga mum solingan idishga yorilgan baliqni solib, labi va dumidan nina bilan sanchib
baliqni idish tubiga yopishtiring. So’ngra idishga yorilgan baliqni ko’madigan miqdorda suv
quying (ichki organlar suv yuzasiga qalqib chiqib, ularni ko’zdan kechirishni osonlashtiradi).
Yorilgan baliq yuragini ajratib olib, Petri shisha idishdagi suvga solib ko’rib chiqing. Yurakning
och qizg’ish qorinchasi va to’q qizg’ish yurak old bo’lmachasini toping. Barmog’ingizni
tekkizib, yurak qorinchasi devorining yurak old bo’lmachasi devoriga
nisbatan zichroq va
qalinroq ekanligiga ishonch hosil qiling.
Ichi yorilgan baliqning ovqat hazm qilish sistemasini o’rganish uchun uni og’iz
bo’shlig’i, halqumi, qizilo’ngachi, oshqozon va ichak bo’limlari, jigari, o’t pufagi va oshqozon
osti bezlarini topib, sinchiklab ko’rib chiqing. Suzgich pu-fagini
chiqarib olib, uning shakli va
tuzilishini o’rganing.
Baliqning ichki a’zolarini chiqarib olib, orqa miyasidan chiqadigan nervlami toping.
Baliq bosh miyasini ochib ko’rish uchun boshni chap qo’lga olib, bosh suyagining tepasini
ensadan ko’zga qarab, to bosh skeleti bo’shlig’i ochilguncha o’tkir skalpel bilan tarashlang. Bosh
skeleti bo’shlig’i och kulrang ko’pik (moy tomchilari) bilan to’lgan bo’ladi. Uni pipetkadan suv
tomizib yuving. So’ngra pinset bilan ko’z oldidagi va ular o’rtasidagi suyaklarni olib tashlang.
Hosil bo’lgan preparatni suvga solib, bosh miyaning ayrim qismlarini ko’rib chiqing. Tayyor
preparatdan
ham foydalanib, baliqning bosh miya bo’limlari bilan tanishib chiqsangiz bo’ladi.
Bu ishlar bajarib bo’lingach, ichki organlar tuzilishi bilan quyidagi tartibda tanishib
chiqing (2-rasm).
1.3-rasm. Zog’ora baliq ichki organlarining umumiy joylashish sxemasi:
l-venoz qo’ltig’i, 2-yurak bo’lmasi, 3-yurak qorinchasi, 4-qorin aortasi, 5-aorta so’g’oni, 6-olib
keluvchi jabra arteriyalari, 7-kyuvyerov quyilishi, 8-jabra, 9-oshqo-zon, 10-o’n
ikki bannoqli
ichak, 11-ingichka ichak, 12-to’g’ri ichak, 13-anal teshi-gi, 14-jigar, 15-o’t pufagi, 16-o’t yo’li,
17-oshqozon osti bezi, 18-taloq, 19-suzgich pufagi, 20-buyrak, 21-siydik yo’li, 22-siydik-tanosil
o’sig’i, 23-jinsiy bez, 24-jinsiy teshik.
Do'stlaringiz bilan baham: