Ayupova M. Yu. Logopediya toshkent 2007


MOTOR ALALIYADA KORREKSION TA’SIR ETISH TIZIMI



Download 2,99 Mb.
bet71/142
Sana20.03.2022
Hajmi2,99 Mb.
#504435
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   142
Bog'liq
Ayupova M Логопедия кутубхонага (2)

MOTOR ALALIYADA KORREKSION TA’SIR ETISH TIZIMI


Alaliya – tibbiy psixologik pedagogik muammo. Logopediya sohasiga, bola shaxsi va nutq rivojlanishiga yo‘naltirilgan korreksion ta’sir usullari va tamoyillarini aniqlash kiradi.
Sistemali uzoq davom etuvchi logopedik ishlar qator hollarda bolalarning nutqiy muloqoti uchun yetarli vositalarni beradi, ayrim hollarda esa – elementlar nutqnigina. Nutqiy nuqsonni tabiatiga ko‘ra bu muammo motor va sensor alaliya ko‘rinishiga ko‘ra differensial hal etiladi.
Alaliyada nutq shakllanishi har tomonlama yondashuv, nutqni rivojlanishiga yordam beruvchi va bilish faoliyatining yaxshilanishiga imkon beruvchi nutqning barcha funksiyalari rivojlanishiga e’tiborni qaratadi.
Nutq va shaxsiyat ustidan bir butun har tomonlama tizimli ish olib boriladi. Bunda ontogenezda nutqiy funksiyalar rivojlanishi qonuniyatlari hisobga olinadi.
Tizimli logopedik ish nutqiy rivojlanishdagi uzilishlarni to‘ldirishga va maxsus dastur bo‘yicha maktab ta’limiga tayyorlashga yo‘naltiriladi yoki u maktab ta’limiga qo‘shimcha ravishda parallel olib boriladi. Nutqiy rivojlanmaganlikni bartaraf etishni Shunday tashkil qilish kerakki, ish jarayonida maktab vazifalarini o‘zlashtirishga tayyorgarlik yuzaga kelsin. Samarali logopedik ish, agar u psixonevrolog (nevropatolog, psixiatr) tomonidan o‘tkaziladigan faol dori-darmon va fizioterapevtik muolajalar fonida har tomonlama o‘tkazilsagina amalga oshadi.
Ish jarayonida turli metod, usullardan mujassamlashgan holda foydalaniladi. Bolaning nutqiy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ishning vazifa va mazmuni aniqlanadi.
Olib boriladigan ishlar nutqiy faoliyat mexanizmlarini shakllantirishga qaratiladi:
motiv, aloqa bog‘lash maqsadi, bayonning ichki dasturi, uning leksik-grammatik vositalarini tanlash grammatik tuzilishi shakllantiriladi.
Nutqiy tajribani boyitish uchun bilimlardan ongli foydalanish uquvi rivojlantiriladi, nutqiy operatsiyalarni modellashtirishni egallash uquvi orttiriladi.
Mayda qo‘l motorikasi rivojlanishiga e’tibor qaratiladi: chiziq tortishga, bo‘yashga, shtrixlashga o‘rgatiladi, tugunchalar bog‘lashga, mozaykalar va geometrik materiallardan naqshlar chizish o‘rgatiladi va h.k. Agar bolalar qo‘l barmoqlari harakati rivojlanishidan orqada qolsa, u holda nutq rivojlanishidan ham orqada qolishligi isbotlangan. Qo‘l harakatlarini mashq qildirish jarayonida nutq holati mukammallashadi.
Ishning boshlang‘ich bosqichlarida nutqning psixofiziologik asoslari shakllantiriladi, bolada muloqotga ehtiyoj hissi uyg‘otiladi.
Bolada motivatsion bayon qilishning asosini shakllantirish, nutqiy va psixik faollikni rivojlantirish, taqlid faoliyati va aks ettiruvchi nutq funksiyalarini shakllantirish muhimdir.
Faoliyat motivini tarbiyalash va bayon qilish dasturini tashkil qilish muhim baza yaratadi; alaliyali bolalarda o‘zi shakllana olmaydigan, nutq rivojlanishi uchun vositalar qatori. Bu qatorlarning asosiysi, predikativ tizimni rivojlantirish va grammatik qurilish elementlarini egallash hisoblanadi.
Faqatgina nutqiy buzilishlargina bartaraf etilmay, nutqiy bo‘lmagan kamchiliklar bartaraf etiladi, tahlil, tarkib jarayonlari rivojlantiriladi, nutqiy rivojlanish uchun muhim sanalgan diqqat, idrok, umumlashtirish, taqqoslash jarayonlari ham shakllantiriladi. Bu buyumlarni shakli, rangi kattaligiga ko‘ra farqlashga va nomlashga o‘rgatiladi. Tevarakatrofga munosabati bo‘yicha predmet holatini ajratish va nomlashga o‘rgatish olib boriladi (tepada, o‘rtada va h.k.). Ko‘ruv idroki va fazoviy solishtirishning shakllanmaganligini bartaraf etishda, vaqt va fazoviy tasavvurlarni shakllantirishda bolaning fazoda faol ko‘chishi bilan, qayta saflanish, yo‘nalishli yurish va h.k. li o‘yinlardan foydalaniladi. Figura detallarini farqlash bo‘yicha ish olib boriladi. Ko‘p miqdordagi elementlari bo‘lgan murakkab figuralar tahlil qilinadi, konstruktorlash qobiliyati va konstruksiyalarni fahmlash rivojlantiriladi. Analiz, sintez operatsiyalari, nutqiy bo‘lmagan materialni umumlashtirish (solishtirish, taqqoslash, o‘xshatish, predmetlarning o‘xshashligi va farqini ajratish, belgilari bo‘yicha taqqoslash – rang, kattalik, shakl), o‘rnatilgan sabab-oqibatning o‘zaro munosabatlari nutq shakllanishi uchun muhim shart-sharoit yaratadi.
Nutqni rivojlantirish uchun ritmika va logaritmika usullaridan foydalanish samarali natija beradi. Musiqa, so‘z va harakatlar turli mashqlarda uyg‘unlashib, harakat va nutq-harakat faoliyatini shakllantiradi, bolalarning ritmik, nutqiy va shaxsiyat rivojlanishidagi uzilishlarni to‘ldirishni ta’minlaydi.
Nutqni rivojlantirish uchun bola uchun qulay darajadagi muloqot amaliyoti muhimdir: mazmunli kontekst bilan birlashmagan (savollarni tushunish, ularga batafsil javob berish) jumlalar bilan, alohida so‘zlar bilan o‘tkaziluvchi operatsiyalar (ko‘rsat, qaytar, nomla) bola uchun emotsional va semantik ahamiyatli bo‘lgan vaziyatlar fonidagi mazmunli kontekst bilan qo‘shilgan iborali material bilan (o‘yinchoqni so‘rash, mashg‘ulot turini tanlash va h.k.), tanish rasmlar bilan o‘tkaziladigan operatsiyalar, dialogik so‘ng monologik nutqdan foydalanib o‘tkaziluvchi o‘yinlar bilan va h.k. lar. Asta-sekin leksik-grammatik materal hajmi va murakkabligi oshib boradi.
Nutqni to‘g‘rilash ishlari amaliy predmetli faoliyat bilan bog‘liq va unga tayanadi. Bola o‘z harakatlarini tushunish shakllantiriladi men o‘tiryapman, chopayapman, sakrayapman. Bola nutqining rivojlanishi imkoniyatlariga ko‘ra, bajarilayotgan ish yuzasidan bog‘langan va to‘g‘ri tushuntirish nutqi hisobot rivojlantirib boriladi.
Logoped bolalarda faol diqqati, tushunishni tarbiyalab borish bilan birgalikda, bolaning jumlani oxirigacha eshitishga, leksik-grammatik shakllarni tushunishga, savol mohiyatini tushunishga Nima yemoqdamiz? Nima bilan yemoqdamiz va va h.k. o‘rgatib boradi.
Bolalarda leksik-grammatik shakllarni qo‘llash, intonatsiya ustidan ongli kuzatuvchanlik tarbiyalandi, flektiv munosabatlarni tushunish mustahkamlanadi, turli xil birikmalarda so‘zlar aloqasi, so‘z va grammatik strukturalar ketma-ketligi tarbiyalanadi.
Ish jarayoniga turli analizatorlar eshitish, ko‘rish, taktil analizatorni jalb etish muhim. Bola buyum nomini eshitishi, kuzatib ko‘rishi, imo-ishora bilan ko‘rsatib berishi, nomlashi zarur. Buning natijasida bola ongida qo‘shimcha bog‘lanishlar yuzaga keladi, nutqiy material mustahkamlanadi.
Ko‘pgina analizatorlar faoliyatiga tayanib, taqqoslash va qarama-qarshi qo‘yishdan foydalaniladi. I.P. Pavlov bularni differensirovkalar shakllanishining asosiy uslublari sifatida tavsiya qilgan. Ishda qo‘shimcha tayanch tahlili va hisoblaridan foydalaniladi, shu jumladan, ramziylik va modellashtirish.
Ko‘pincha ishning o‘yin shaklidan foydalaniladi, chunki u qiziqishni uyg‘otadi, muloqotga ehtiyoj tug‘diradi, nutqiy taqlidni, motorikaning rivojlanishiga yordam beradi, ta’sirning emotsionalligini ta’minlaydi, biroq o‘yinda ham bir qator hollarda bunday bolalarni maxsus o‘rgatishga to‘g‘ri keladi, chunki ularda o‘yin harakatlari shakllanmagan bo‘lishi mumkin.
Mashg‘ulotlarning samaradorligi ko‘rgazmali qurollarning mavjudligi va ulardan to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq.
Olib borilayotgan ishning bosqichlaridan qat’iy nazar, ta’sir butun nutq tizimiga qaratiladi: lug‘atini aniqlash va boyitish, frazali va bog‘langan nutqni shakllantirish, tovush talaffuzini korreksiyalash. Shuningdek, har bir bosqichning maxsus vazifalari va o‘ziga xos ish mazmuni aniqlanadi.
Birinchi bosqichda olib borilayotgan ishlar quyidagilar sanaladi: nutqiy faollikni tarbiyalash, passiv va faol lug‘atni shakllantirish. Dialog, sodda, katta bo‘lmagan hikoya ustida ish olib boriladi. Nutqiy faoliyatning psixofiziologik asoslari va vaziyatli muloqotning birlamchi ko‘nikmalari shakllantiriladi.
Ikkinchi bosqichda lug‘at va jumla tuzilishini murakkablashtirish asosida frazali nutqi shakllantiriladi.
Gaplardan foydalanish ularni grammatik jihozlash, dialog va hikoya ustida ish olib boriladi.
Uchinchi bosqichda mustaqil nutqni shakllantirish ishlari olib boriladi. Barcha bosqichlarda nutqiy faoliyatning hamma tomonlari shakllantiriladi.

Download 2,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish