8.2. Inson resurslarining tarkibi bo'yicha salmog’ini aniqlash tartibi
Son jihatidan xodimlarga bo'lgan talabni aniqlash vazifasi ma’lum vaqt davomida ishlovchilar sonini hisoblashdan iborat. Xodimlardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish uchun xodimlar soni ko'rsatkichini ko'rib chiqish kerak. O'zbekiston Respublikasining «Korxonalar to'g’risida»gi Qonuniga muvofiq korxona xodimlar sonini, ularning kasb malakasi tarkibini o'zi aniqlaydi
va shtatlar jadvalini tasdiqlaydi.
Ro'yxat bo'yicha sanoat ishlab chiqarishi xodimlari (SIX) soni doimiy, davriy, bir yoki undan. ko'proq vaqtga vaqtinchalik ishga qabul qilingan korxonaning hamma ishchilari (SI), rahbarlari (SR), mutaxassislari (SM), boshqa xizmatchilarini (SX) o'z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |