7.3. Boshqaruvchi va iqtisodchi kadrlarning shakllanishi
Boshqaruvchilar va iqtisodchilar. Bu ishlab chiqarish guruhi o'z ichiga asosiy ishchilar (boshqaruvchilar, huquqshunoslar, iqtisodchilar, buxgalterlar), shuningdek, boshqaruv jarayonlariga xizmat ko'rsatuvchi xodimlarni oladi. Guruhning asosiy xodimlari menejerlar, ma’murlar va tashkilotchilar bo'lib, ularning mehnat funksiyalari asosan iqtisodiy mazmunga ega.
Rahbarlar mehnati unumdorligini baholashning o'ziga xosligi shundaki, ular insonlar bilan ishlaydilar. Rahbar mehnati unumdorligini uning qoi ostidagilari mehnati natijalari asosida baholash mumkin. Rahbarning vazifasi — barcha xodimlarni va ayniqsa, mutaxassislarni samarali ishlashga rag’batlantirishdir.
Rahbarlar-vazifalari tarkibida boshqaruv tizimini takomillashtirishga qaratilgan faoliyatning ulushi ortib bormoqda. Masalan, amerikalik buxgalter va moliyaviy nazoratchilar (auditorlar) vazifalariga mustaqil ravishda hisobga olish shakllarini takomillashtirish, statistik tahlilning yanada samarali usullarini ishlab chiqish kiradi. Bunday talabning amalda qo‘llanishi odatdagi davriy hisobotlar yo‘q bo'lishiga olib keladi. Ular o‘rniga iqtisod boiimining har qanday vaqtda kerakli axborotlarni bera olishiga ko‘maklashadi.
Iqtisodiyotning ijtimoiy tayyorgarlikka ega bo'lgan kadrlar bilan ta’minlanganligi. O'tgan asrning 50-60-yillarida menejerlar o‘z faoliyatida yangi ko‘rinishdagi muammoga duch keldilar: bozorga chiqarilgan yangi tovarlarning 40-90 foizi iste’molchilar talablariga mos kelmay, zarar keltirdi. Buning asosiy sababi — awalgi texnokratik menejmentga ko'nikib qolgan rahbarlar bozorning zamonaviy talablarini to'g’ri aniqlay olmaganligi, mahsulotni faqat qisqa davrdagi foydani ko‘zlab marketing tadqiqotlarini qo‘Uamagan holda ishlab
chiqarilganligidadir.
Yuqoridagi xatodan tashqari amerikalik rahbarlar F.Teylordan qolgan ta’limotga asoslanib, inson kapitaliga yetarli baho bermaganlar, unga tashabbussiz, befarq omil sifatida qarab, bu sohadagi investitsiyalarni xarajatlar deb hisoblaganlar. Lekin, o'tkazilgan amaliy, iqtisodiy, ijtimoiy va psixologik izlanishlar teylorizmga qarama-qarshi natijalarni berdi. Iqtisodchilar inson kapitaliga investitsiyalar faqat ijobiy natijalar berishini isbotladilar. Ijtimoiy soha olimlari korxona va uning xodimlari o‘rtasidagi munosabatlar, motivatsiya,
guruh manfaatlari va nizolar sohasida yangi tadqiqotlar o‘tkazib, bu sohaga o‘z hissalarini qo'shdilar. Natijada yangi menejment konstitutsiyasi shakllandi. Rahbarlarni tayyorlashda strategik rejalashtirish, qaror qabul qilish, boshqaruvda marketing va moliyaviy tahlil kabi yo‘nalishlar o‘rganila boshlandi. Korxona rahbarligiga ko‘proq ijodkor shaxslarni jalb qilishga intilish hozirda barcha rahbar- mutaxassislarning 45,3 foizi ijtimoiy va gumanitar tayyorgarlikka ega bo'lishiga olib keldi.
Iqtisodchi kadrlarni tayyorlash modeli. Hozirgi paytda umuman, oliy ta’lim va xususan, iqtisodiy nazariya sohasida ta’limni rivojlantirishda AQSH jahonda 1-o‘rinda turadi (Iqtisodiyot bo'yicha Nobel mukofotlarining ko'pchiligi AQSHdan). AQSH universitetlari o‘z mamlakatlaridan ancha uzoqlarda ham iqtisodiy ta’limlar standartlarini o‘rnatishda yetakchi rol o‘ynaydilar. U yerda amaliyotchi-iqtisodchilar soni, iqtisodiy fanlarga ketadigan xarajatlar, talaba
va aspirantlar kontingenti boshqa rivojlangan mamlakatlarning bu boradagi hamma ko'rsatkichlarini qo'shganda ham bir necha marta yuqoridir. Iqtisodiy ixtisosliklardan birining mutaxassislarini tanlash, tayyorlash va ulardan foydalanish borasidagi amerikacha modelning asosiy belgilarini ko'rib chiqayotganda seziladiki, unda oliy maktabda tadqiqiy va amaliy turdagi mutaxassislar tayyorlash samarali jarayonining umumiy prinsiplari bayon etiladi.
AQSHdabu turdagi kadrlarga bo‘lgan talabni aniqlashning cxidiy va ishonchli tizimi tashkil topganiga ancha bo'lgan. Uning asosiy bo'g’inlariga quyidagilar kiradi:
=> faqatgina bitiruvchilari emas, balki boshqa obro‘li o‘quv yurtlari aspirantlari va yosh o‘qituvchilari ham jalb qilinishini nazarda tutadigan universitetlaming shaxsiy ehtiyojlarini hisobga olish;
=> iqtisodchilarning turli ixtisoslashgan professional jamiyatlarining axborot-vositachilik faoliyatlari;
=> davlat muassasalari xizmatiga qabul qilishning yo‘lga qo‘yilgan konkurs tizimi;
=> shaxsiy aloqalarning keng tarqalgan tarmog’i. Bundan tashqari, bandlik va ish haqi tendensiyalari haqida yosh iqtisodchilar ishining xarakteri bilan tanishtirib boruvchi kasbga yo‘naltirish tizimi mavjud. Bunday ishlar bilan o‘z
nizomiga ko‘ra, AQSH Mehnat vazirligi shug’ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |