6.1. Inson resurslaridan samarali foydalanish yo‘lIari
Iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonida jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash vazifalaridan biri inson resurslaridan samarali foydalanishdir. Bu masala shaxslarning manfaatlari, yashashi, rivojlanishi va ertangi kuni bilan bogiiq. Respublikamizda mavjud inson resurslaridan oqilona, ishchi kuchidan unga bo'lgan talab va ehtiyojga qarab foydalanish bozor iqtisodiyoti davrida, umuman, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning asosini tashkil qiladi, Shuning uchun mavjud inson resurslarini takror hosil qilish va ulardan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlarini har tomonlama o‘rganish kerak.
Inson resurslaridan foydalanishning ekstensiv va intensiv yo‘llari mavjud:
ekstensiv yoi - ishchilar umumiy sonining, mehnatga layoqatli aholi bandligining o'sishi, mehnatga layoqatlilik davri va ish vaqtining uzunligi, shuningdek, jami mehnat hajmining ortishi bilan ifodalanadi.
intensiv yo‘l - mehnat faoliyati samarasini oshirishni bildiradi (shaxsiy, tashkiliy-iqtisodiy, moddiy-texnikaviy omillarni); mehnat unumdorligi o'sishiga asoslanadi.
Jahon tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki, inson resurslaridan unumli foydalanish uchun intensiv yoiga tayanmoq kerak. 0 ‘tmishga nazar soladigan boisak, o‘tgan asrning 70-yillari boshiga qadar sobiq SSSR milliy iqtisodiyotni to‘la ishchi kuchi bilan ta’minlashi ancha mushkul edi. Ana shunday vaziyatda inson resurslaridan foydalanishning ekstensiv tipi vujudgakeldiki, ungaishlab turgan korxonalarni yangi texnika asosida qayta ko'rish o'rniga keraksiz bo'lgan yangi ish joylari sonini ko'paytirib borish, mehnat jamoalari oz sonli xodimlar bilan ishlab chiqarishni rivojlantirishdan unchalik manfaatdor bo'lmasligi xosdir. Buning ustiga ba’zi iqtisodiy va tashkiliy omillar (ish haqi fondi va mansab maoshlarini ishlovchilar soniga bog’liq holda rejalashtirish, ularni korxonaning asosiy faoliyati bilan bog’liq boimagan mehnat majburiyatlarini bajarishga
jalb etish va boshqalar) ortiqcha xodimlarni ushlab turishni rag’batlantirar edi. Buning natijasida mamlakatda ishchi kuchining taqchilligi va undan samarasiz foydalanish hollari yuzaga keldi.
Yangidan ishga tushirilayotgan quwatlardan ishchilar yetishmasligi tufayli uzoq vaqt to'la foydalanilmas edi. Ayni vaqtda juda ko'p ishchilar eskirib ketgan uskunalami ishlatishga band qilinardi. Bulaming barchasi butun ishlab chiqarish samaradorligini keskin pasaytirib yuborgan edi. Shuningdek, ishlab turgan korxonalarni yangi texnika asosida qayta qurishga yetarli baho bermaslik,
66
uskunalarni yangilashning sekinlashishi qo‘l mehnatini siqib chiqarishni to‘xtatib qo'yardi, malakali ishchilar esa yetishmasdi. Ishchi kuchi yetishmovchiligi tufayli ishlab chiqarish quwatlaridan to‘la foydalanmaslikka va ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishchilarning ko'proq ishlashiga to'g’ri kelardi. (78)
Xullas, respublikada sobiq ma’muriy boshqaruvning tarkibiy investitsiya siyosati, inson resurslari miqdorining o‘sishi va ish joylari sonining doimiy nomuvofiqligi tufayli ish joylariga nisbatan inson resurslarining nisbiy ortiqchaligi kelib chiqqandi. Ish joylari miqdor va sifat tomonlarining inson resurslari bilan muvofiq kelmasligiga ko‘p yillar davomida nazariya va amaliyotning bir-
biri bilan bog’lanmaganligi, ish sharoitining qoniqarsiz ekanligi sabab boidi. Iqtisodiyotning asosan ekstensiv yo‘l bilan rivojlanishi ishlab chiqarishning insoniy va moddiy-ashyoviy omillari o'rtasida qarama-qarshiliklarni keltirib chiqardi. Zarur paytlarda ishchi kuchi kerakli miqdorda topilardi-yu, lekin
ularning mehnat sharoitlari va mazmuniga mos kelish darajasi ancha past edi. Buning asosiy sababi shundaki, mutaxassis tayyorlashda inson resurslarining faqat miqdor ko‘rsatkichlariga ahamiyat berilib, uning sifat tomonlari ikkinchi darajali bo‘lib qolgandi.
Bozor munosabatlari sharoitida inson resurslaridan foydalanishdagi ekstensiv tendensiyalar fan-texnika taraqqiyotini rivojlantirish manfaatlariga zid kelmoqda. Iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonida asosiy e’tibor jamiyat mehnat salohiyatidan, inson resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilishi kerak. Bularni hal qilish uchun:
=> ish joylarining miqdor va sifat jihatidan mavjud inson resurslari bilan muvozanatini ta’minlash;
=> ishchilar sonini qisqartirgan holda ishlab chiqarishni o‘stirib borishning ta’sirchan yo'llarini yaratish;
=> mehnatda band bo 1 ish sharoitlari va shakllarini o‘zgartirish talab etiladi.
0 ‘zbekistonning o‘ziga xos demografik jaryonlarini hisobga olganda, ya’ni aholi tabiiy o'sishining yuqoriligi munosabati bilan inson resurslaridan samaraliroq foydalanish muammosi kelib chiqadiki, mazkur muammoni hal qilish uchun, birinchi navbatda, respublika mehnat salohiyatining sifat va miqdori tomonlari o‘zaro muvofiqligini ta’minlash kerak. Shundagina inson resurslaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish mumkin.
Inson resurslari o'zgaruvchan funksiya bo‘lib, uni quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |