Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Download 7,95 Mb.
bet29/93
Sana31.12.2021
Hajmi7,95 Mb.
#277226
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   93
Bog'liq
Maruza

NAZORAT SAVOLLARI.


  1. Ijtimoiy media tarmoqlari tushunchasini izohlang.

  2. Ijtimoiy media tarmoqlarining afzallik va kamchiliklarini izohlang.


8 -MA’RUZA.
SMART KITOB TUSHUNCHASI.TA’LIM JARAYONIDA SMART KITOBDAN FOYDALANISH. (2 SOAT)

REJA:

  1. Smart kitob tushunchasi.

  2. OTM oʻquv jarayonida Smart kitoblardan foydalanish asoslari.

Axborot asrining kirib kelish davri haqida so‘z borganda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), ularni real o‘quv jarayoniga qo‘llash, zamonaviy axborot infrastruktu­rasini yaratish, mutlaq yangi multimedia o‘quv dasturlarini yaratish va ta’limga tatbiq etish bosqichlari asta-sekin nihoyasiga yetib bormoqda.

Shu o‘rinda, tabiiy bir savol paydo bo‘ladi: orttirilgan bilim va tajribalarni qanday baholash mumkin, keyingi qo‘yiladigan qa­dam qanday bo‘lmog‘i kerak?! Masalan, an’anaviy o‘quv jarayonlarining AKT qo‘llash bilan bog‘liq muammolari, jumladan: dunyo internet tarmoqlarida tobora taraqqiy etib borayotgan turli ko‘ri­nishdagi noformal ta’lim birlashmalari, «real» ta’lim maskanlarini «virtual» lari bilan almashinuvi, masofaviy ta’lim va boshqalar.

AKT rivojlanishining zamonaviy bosqichida nafaqat klassik ta’lim texnologiyalari, balki elektron ta’lim (e-learning) ham qanoatlantira olmaydigan ehtiyojlar kuzatiladi. Ayni vaqtda e-learning tizimidan Smart (ingl. — aqilli, mushohadali, harakatchan) e-lear­ning hamda Smart Education (aqilli ta’lim) ga o‘tish jarayoni bormoqda. Bu konsepsiya ta’lim sohasining barcha jarayonlarini, shuningdek, bu jarayonda qo‘llaniluvchi barcha usul va texnolo­giyalarni kompleks modernizatsiyasini mujassamlashtiradi. Smart konsepsiyasi ta’lim kesimida o‘zi bilan birga, «aqilli taxta», «aqilli ekran», ixtiyoriy nuqtadan Internetga chiqish kabi texnologiyalarni shakllantiradi. Ushbu texnologiyalarning har biri kontentni ishlab chiqish jarayonini yangidan qurish, yetkazib berish va aktuallashtirish imkonini beradi. Natijada ta’lim olishni nafaqat sinfda, balki uyda, ish joyida, jamoat joylarida, dam olish joylarida ham amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Bunda ta’lim jarayonini baholovchi aso­siy element sifatida faol ta’lim beruvchi kontent maydonga chiqadi. Uning asosida vaqt va fazo tushunchalari to‘sig‘idan holi qiluvchi yagona repozitor yaratiladi.

Smart ta’lim konsepsiyasi — mavjud manbalarga tez mosla­shuvchanlik, multimedianing maksimal xilma-xilligi, tinglovchi­ning saviyasi va talabi darajasiga tezkorlikda moslashuvchanlikdan iborat. Kompetentlikning uzluksiz rivojlanishi, bilimlarni doimiy o‘sishi va yangilanib borishi zamonaviy ta’lim tizimidagi dolzarb muammolardan hisoblanadi. Sababi bilimni rivojlantirish uchun endi inson kapitalining ta’siri kamlik qila boshlaydi. Bu kabi masalalarni hal qilishda nafaqat ta’lim muhitining o‘zini, balki ta’lim tizimining tarkibi, instrumentlari, usullari tubdan o‘zgartirilishi shart. Analitik kompetensiyalar, kompleks muammolarni yechish mahorati, yangi g‘oyalarni rivojlantiruvchi — innovatsion xususiyatlar, o‘zaro kommunikatsiya madaniyati kabi bilimlarni takomillashtirish zarur. Chunki an’anaviy ta’lim parametrlari asosida bilim berish insonlarni Smart — jamiyat uchun tayyorlamaydi. O‘z navbatida, Smart — texnologiyasisiz, innovatsion faoliyat yuritib bo‘lmaydi. Agar ta’lim shu yo‘nalishda ortda qolsa, u tormozlanib, qotib qoladi.

Hozirgi kunda, o‘quv darslarida, multimedia vositalaridan foydalangan holda, Microsoft Power Point yoki Macromedia Flash dasturiy paketlarida tayyorlangan taqdimotlarni qo‘llash oddatiy holga aylanib bormoqda, biroq shu bilan birga, ta’lim sohasiga shunday interfaol texnologiyalar kirib kelmoqdaki, ular slayd-shou turkumidagi taqdimotlarni siqib chiqarmoqda. Axborotlarni talabalarga yangi interfaol uskunalar (interfaol taxta — Smart Boards, interaktiv displey — Sympodium) yordamida uzatish, ma’ruzachiga dars jarayonining o‘zida taqdimotlar yaratish imkonini beradi. Interfaol Smart Boards taxtalariga maxsus markerlar yordamida yozish, o‘quv materiallarini namoyish etish, ekrandagi tasvir ustidan yozma sharh­lar berish mumkin. Shu bilan birga, interfaol Smart Board taxtasiga yozilgan ma’lumotlarni magnit tashuvchilarda saqlanib qolib, ularni bosib chiqarish, darsga kelmagan talabaning elektron pochtasiga yuborish amalga oshiriladi. Ma’ruza davomida Smart Board taxtasida yaratilgan o‘quv materiallini esa, o‘rnatilgan videokoderga yozib olib, ko‘p martta qayta qo‘llanishi mumkin.

Albatta bugungi kunda interfaol smart taxtalar imkoniyatlaridan maksimal foydalanish uchun maxsus dasturiy ta’minotlar (Smart Notebook, Bridgit, Synhron Eyes) ishlab chiqilgan. Mazkur dasturiy ta’minotlar har birining o‘z imkoniyatlari mavjud. Masalan, Smart Notebook matnlar va obyektlar bilan ishlaydi, axborotlarni saqlaydi, yozma harflarni bosma harflarga aylantiradi. Bridgit dasturi taqdimotlarni tez va osonlik bilan butun dunyoning turli nuqtala­ridagi hamkorlarga tarqatadi, o‘z hujjatlariga taqrizlar oladi. Buni amalga oshirish uchun o‘qituvchi chiqishidagi muhim pozitsiyalarini umumiy «ishchi stol»da ajratib ko‘satishi bilan shu onning o‘zidayoq, dastur real vaqtda, barcha konferensiya ishtirokchilari oynasida paydo bo‘ladi. Synhron Eyes (sinxron ko‘z) dasturiy paket yordamida o‘qituvchi barcha o‘quvchilarni kuzatib turishi, o‘quvchilar ishchi monitorlarini ekranga chiqarishi, blokirovka qilishi, inter­faol taxta yordamida o‘quv materiallarini, darsliklarni, testlarni yuborishi va jarayonni nazorat qilishi mumkin.

Interfaol taxtalar bilan ishlash jarayonida barcha ishtirok­chilarning diqqati konsentratsiyalanadi va ular o‘quv materialla­rini juda tez o‘zlashtirishni boshlaydilar. Buning natijasida har bir ishtirokchining o‘zlashtirish ko‘rsatkichi oshib boradi. Yangi ta’lim texnologiyasini ta’limga joriy etilishi o‘zi bilan birga, ta’lim sxemasini reproduktiv shakldan kreativ shaklga o‘tishini ta’minlaydi. Zamonaviy Smart ta’limning o‘z oldiga qo‘ygan ikkita asosiy maqsadi mavjud bo‘­lib, ular: 1. O‘quvchilarda bilim olish uchun zarur bo‘lgan barqaror motivatsiyani yaratish. 2. Ijodiy yechimlar yordamida bilim o‘zlash­tirish­ning yangi shakli va instrumentlarini izlab topishdan iborat.

Qisqacha aytganda, Smart ta’lim — bu ta’lim muassasalari hamda professor-o‘qituvchilar tarkibining umumiy standartlar, kelishuvlar va texnologiyalar asosida yagona Internet tarmog‘i orqali ta’limni amalga oshiruvchi birlashmasidir. Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ham ta’lim jarayonida AKTni qo‘llash borasida qator loyihalar amalga oshirib kelinmoqda, jumladan, joriy o‘quv yilida universitetning «Teleradioeshittirishlar tizimlari» kafed­rasining Internetda Lincom.uz (Learning in communication) nomli sayti tashkil etilganligi haqida alohida to‘xtalib o‘tish o‘rinli (2-rasm) bo‘ladi. Ushbu sayt bir nechta, bo‘limlardan iborat bo‘lib, ular orqali talabalar kafedra yangiliklari bilan muntazam tanishib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shuningdek, sayt kutubxonasiga joylashtirilgan, kafedrada o‘qitiladigan «Elektromagnetizm», «Elekt­romagnit maydonlar va to‘lqinlar», «Antenna asoslari» kabi fanlardan yuzga yaqin mamlakatimizda va xorijda chop etilgan darslik, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni mutolaa qilishlari va osonlik bilan ko‘chirib olishlari mumkin.



Sejong kutubxonasi nafaqat turli-tuman sohalarga bagʻishlangan kitoblarni oʻzida jamlagan zamonaviy maskan, balki kitobxonlar qulayligi uchun eng ilgʻor raqamli texnologiyalarni oʻzida mujassam etgan mukammal majmua hisoblanadi. Shu sababli ham kutubxonaga “E-BRARY”, (yaʼni emotion –emotsiya, library – kutubxona) nomi berilgan. Bu yerda odamlar hamisha gavjum boʻlib, foydalanuvchilar tashrifining keti uzilmaydi. Mahalliy aholi va talabalar uchun esa allaqachon sevimli maskanga aylanishga ulgurgan. Kutubxona ichida turli boʻlinmalarga boʻlingan keng va yorugʻ zonalar mavjud boʻlib, siz istalgan yerda kitob oʻqishingiz, ishlaringiz bilan mashgʻul boʻlishingiz mumkin. Shuningdek, koʻrgazmalar zalida kutubxona mehmonlari oʻz qoʻllari bilan ajoyib ijod namunalarini yaratishlari mumkin.

Kutubxonada Wi-Fidan foydalanish oson boʻlib, zamonaviy texnik qurilmalar orqali muhim ishlarni ham bitirish mumkin. Agarda zarur qoʻngʻiroq boʻlib qolsa, atrofdagilarga xalaqit bermaslik uchun maxsus telefon budkalari oʻrnatilgan. Ishonch hosil qilish maqsadida qoʻngʻiroq amalga oshirib koʻrdim va tashqaridagi doʻstim ovozimni umuman eshita olmaganligini aytdi. Bu budkalar tovush oʻtkazmaydigan qilib yasalgan. Taʼkidlash joizki, koreyaliklar energotejamkorlikka va qayta tiklanuvchi energiya manbaalaridan foydalanishga juda katta eʼtibor berishadi. Shuning uchun, koʻpgina katta bino va inshootlarda quyosh panellaridan va kichik shamol parraklaridan elektr energiyasini ishlab chiqarishda foydalanishadi.

Kutubxona maʼmuriyati esa bino qancha elektr energiyasi ishlab chiqardi va qancha sarf etganligini onlayn rejimida koʻrsatib turuvchi tablo oʻrnatgan. Bu oʻz navbatida Koreyada davlat tashkilotlarining elektr energiyasi boʻyicha sarf-xarajatlarning shaffofligini koʻrsatib turish mexanizmi borligi va “yashil va smart iqtisodiyot”ga oʻtilayotganligidan dalolat beradi.

Elektron kitoblar. CD-ROM rusumidagi katta hajmli uncha qimmat bo‘lmagan xotira- qurilmalarning mavjudligi tufayli elektron kitoblarning paydo bo‘lishi mumkin bo‘ldi. Elektron kitob atamasi sahifalari displey ekranida tasvirlanadigan yangi rusumdagi kitobni anglatadi. Boshqacha aytganda, bu axborot interaktiv tizimi foydalanuvchi (o‘quvchi) uchun sahifama-sahifa tashkil etilgan axborotga kirishni ta’minlaydi.

Elektron kitob sahifalaridagi axborot uch xil bo‘lishi mumkin: estetik (kitobning "yoqimli" ko‘rinishini belgilovchi va uning o‘quvchiga ta’sirini kuchaytiruvchi), axborot (kitob mazmunini ochib boruvchi) va nazorat (piktogramma, ikona, dialogli darchalar, dinamik menyu va hokazolar ko‘rinishida taqdim etilgan material).

Elektron kitoblarni to‘rt sinfga:


  • qomusiy

  • axborot

  • o‘qituvchi

  • imtihon oluvchilarga bo‘lish mumkin.

Elektron kitoblarning birinchi xili muayayn mavzu bo‘yicha ulkan hajmdagi axborotni o‘zida saqlaydi. Crolier enseklopediya, Comptons Multi media enseklopediya, Mikrosoft Bookshelf va boshqa shu kabi mashhur mahsulotlar misol bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Elektron kitobning ikkinchi xili birinchisiga o‘xshamaydi, biroq bu kitoblarda saqlanuvchi axborot unchalik keng emas va maqsadga yo‘naltirilgan xususiyatga ega. Masalan, Oxford Textbook of Medicine on Compact Disk, elsevie, s Aktive Library on Corrosion va boshqalar.

Uchinchi xil elektron kitoblar amaliyotda ko‘p tarqalgan va ta’lim jarayonida, bolalar bog‘chalarida (masalan, Broderburd,s Living Book) hamda o‘qishdan keyingi malaka oshirish kurslarida foydalanishi mumkin. Bundan tashqari, mazkur kitoblar badiiy asarlarni o‘zida saqlashi mumkin (masalan, Herman Melville,s Moby Dick, Gustave Flaubert,s Madame Bovary, Michael Crichton,s Jurassic Park, Adam Hitchhiker ,s GUIDe to Galaxy).

To‘rtinchi xil kitoblarda uch muhim komponent: masalalar (vazifalar) banki, testlash va javoblar moduli, tahlil va baholash uchun o‘quvchi javoblaridan foydalanuvchi ekspert tizimi mavjud.

Yuqorida keltirilgan elektron kitoblar tasnifi yagona emas. Masalan, elektron kitoblarda saqlanuvchi axborot turi: matnli kitoblar, statik rasmlar, berilgan kitoblar, harakatlanuvchi rasmli kitoblar, "gapiradigan" kitoblar, Media- kitoblar, gipermedia- kitoblar, telemedia- kitoblar va kibernetik kitoblarga ko‘ra tasnif qilish taklif etilgan edi.

Aftidan, faqat keltirilgan tushunchalardan ayrimlarigina qo‘shimcha sharhlashga muhtoj.

Media- kitoblar bitta tashuvchida (CD-ROM yoki magnit diskda) yozilgan va bir chiziqda (to‘g‘ri) tashkil qilingan, ya’ni zarur axborot izchil ravishda aks ettirilgan matn audio, statik tasvir va videodan foydalaniladi.


Download 7,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish