Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Download 7,95 Mb.
bet21/93
Sana31.12.2021
Hajmi7,95 Mb.
#277226
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   93
Bog'liq
Maruza

M-learning - bu mobil aloqa vositalari (mobil telefon va kommunikatorlar) yorda­mida о’quv jarayonini tashkil etishda foydala­niladigan texnologiya;

M-learning - bu ta’lim shunday jarayonki, masofaviy ta’limda shaxsiy о’qitish jihoz (noutbuk, chо’ntak kompyuteri yoki mobil telefon)laridan foydalanish tushuniladi.

Mobil ta’lim­ning ahamiyati quyidagicha:



  • ta’limga yangi texnologiyalarni jalb qilish imkonini beradi;

  • mobil qurilmalar kitoblar, kompyuter­lar va boshqa vositalarga nisbatan ihcham va kichikroq hajmga ega;

  • ta’lim olishda ishtirok etayotgan о’quvchilar tomonidan foydalanishini baholash mumkin.

Mobil qurilmalarning imkoniyati nafaqat qо’ng’iroq qilish yoki xabar almashish uchun, balki undan kengroq vazifalarni bajarishga mо’ljallangan. Bugungi kunda bu qurilmalar kо’pgina foydalanuvchilar uchun axborot olish, bilimlarni shakllantirish, fikr almashish imkoniyatlarini taqdim etmoqda. Bu vosita­lar о’quvchilarning ma’lumotlar olishida aso­siy vositalardan biri bо’lib qolmoqda. О’quvchilar smartfon yoki planshetlarlarda ta’­lim resurslariga doimo ega bо’lishni xohlashadi.

Bugungi kunda о’quvchilarning kо’pchiligi internetga ulanishda shaxsiy va portativ kom­pyuterlarga nisbatan mobil texnologiyalarda ulanishlar soni bir necha barobarga oshib ketdi. Mutaxassislarning fikriga kо’ra, mobil aloqa kompaniyalari kо’rsatadigan xizmatlar tahlil qilinganda avval mobil aloqa faqat aloqa uchun ishlatilgan bо’lsa, hozir borgan sayin gaplashish о’rniga internet aloqasidan foydalanishga talab kо’payayotgani ta’kidlanmoqda.

О’quvchilar darsdan tashqari vaqtlarida mustaqil ta’lim olishda mobil vosi­talar, internetdan foydalanishga harakat qilishlari bilimlarini oshirishlariga ijo­biy ta’sir kо’rsatishi amaliyotlarda isbotlanmoqda. Ular ta’lim resurslariga doimo ega bо’lishni xohlashadi. Mobil ta’lim kо’p afzal­liklarga ega: о’quvchilar ta’lim ma’lumotlari va tizimlariga mobil aloqadan foydalanishga harakat qilsalar, bu texnologiya о’quv jarayoni­ningо’zini ancha yaxshilashi va boyitishi mum­kin.

Mobil vositalardan foydalanuvchilar axborotga bо’lgan ehtiyojlarini ta’minlashda turli mavzulardagi yangiliklarni о’qish, video­larni tomosha qilish, jonli efir va eksklyuziv kо’rsatuvlar va tijorat sohalari bо’yicha axbo­rotlardan mobil ilovalarni qurilmaga о’rnatish orqali foydalanadilar. Buning uchun avvalo internet tarmog’i orqali mobil ilo­valarni qurilmaga о’rnatish lozim.

Hozirgi vaqtda о’quv jarayonini tashkil etishni an’anaviy, texnologik, multimedia­viy darajalarga ajratishimiz mumkin. An’a­naviy darajada о’qituvchi va о’quvchi aloqasi doimo ta’minlanadi. Shuning uchun bilimlarni egallash darajasini doimiy ravishda nazorat qilish va amaliy kо’nikmalarni shakllantirish, xatolarni darhol aniqlash va tо’g’rilash kerak bо’ladi. Ta’lim sifatining texnologik dara­jasi ta’limda axborotning kо’p kanallari mav­judligini aniqlaydi, bu uning rivojlanishi va mustahkamlanishini sezilarli darajada tezlashtiradi. О’quv jarayonida о’qitishga kо’proq e’tibor qaratiladi. Bunda og’zaki ta’limdan va televizor, shaxsiy kompyuter, texnik vosita­lar, о’qitishning butun majmuasidan foydala­nishni nazarda tutadi.

О’quvchilarning aksariyati mustaqil ta’limda mobil texnologiyalardan foydalanishga tex­nik va psixologik jihatdan tayyor bо’lib, mobil qurilmalar va texnologiyalarning imkoniyatidan yanada samarali foydalanish uchun yangi imkoniyatlar yaratish zarur. Buning uchun mutaxassis о’qituvchilar tomonidan tashki­liy ishlar, о’quvchilarni mustaqil ta’limda mobil ta’limdan foydalanishning imkoniyat­lari, shakllari va usullarini joriy etish bо’yicha ilmiy va uslubiy ishlarini ishlab chiqish talab qilinadi. О’quvchilar о’rtasida mobil texnologiyalar­ning mashhurligini hisobga olib, biz ushbu muloqot turlarini intellektual bilimlarni oshirishga xizmat qilish uchun mustaqil ta’­limda foydalanishga qanday hissa qо’shishini tahlil qilishimiz kerak. Mustaqil ta’limda mobil qurilmalardan foydalanishning bir qator usullari mavjud:



  • multimediali о’qitish veb-resurslari (audio fayllar, videofilmlar, podkastlar, grafikalar, xaritalar, rasmlar) ishlab chiqish uchun;

  • о’quv saytlari, resurslar, kataloglar, lug’atlarga tezkor kirishni ta’minlash;

  • haqiqiy ta’lim vositasi sifatida mobil aloqa platformalari uchun moslashtirilgan о’quv materiallarini ishlab chiqishni ta’min­lash (SMS-testlar, о’quv qо’llanmalari va mobil ilovalarga asoslangan yо’riqnomalar).

Bugungi kunda mobil ta’lim о’quvchilarga yangi aloqa va hamkorlik vositalarini taqdim etmoqda. Pedagogik nuqtai nazardan, bilim­larni о’zlashtirishda о’quvchilar о’z-о’zini о’qitish vositasi sifatida mobil ta’limdan foy­dalanadilar.

Shuning uchun mobil ta’limni rivojlanti­rish uchun bir qator qadamlar qо’yilishi kerak. Bular quyidagicha:

● ta’limni noan’anaviy tarzda tashkil etish, norasmiy yoki kundalik muhitda mobil о’quv vositalaridan foydalanib о’quvchilar о’zini о’zi anglashga intilishlarini rag’batlantirish;

● о’quvchilar bilim va tajriba almashishlari uchun mobil texnologiyalardan foydala­nish;

● mobil ta’limni joriy etish uchun ta’­lim muassasalari bilan birga ma’muriy va huquqiy standartlarni yaratish;

● shaxsiy mobil qurilmalar bilan о’z о’quv uslublarini muntazam takomillashtiradigan о’qituvchilarni rag’batlantirish;

● telekommunikatsion kompaniyalar bilan mobil ta’lim uchun mobil internetning nar­xinixini pasaytirish imkoniyatini muhokama qilish.

Mobil ta’limdan foydalanish uchun о’quvchilarning mustaqil faoliyati uchun motivatsiyasini oshirish kerak. Buning uchun virtual muhitda о’qituvchi, masalan, LMS Moodle plat­formasidan foydalangan holda «Informatika va axborot texnologiyalari» kursida mavzuga oid о’quv resurslarni yaratib, о’quvchilarga mustaqil ishlash uchun taqdim etadi. Uning afzalliklari shundaki, mobil qurilmalar orqali о’quvchi darsda о’tilgan mavzuni bо’sh vaqtlarida chuqurroq о’rganishi mumkin.

Talabalar о’zining smartfon yoki plansheti yordamida ta’lim muassasasi hududidagi «WiFi» simsiz tarmoq yordamida «Moodle» tizimiga brauzer dasturi yoki Moodle Mobile apk mobil ilova yordamida kiradi. Talabalar «Moodle» tizi­miga login va parol kiritish bilan fanga tegishli о’quv resurslar ekranga chiqadi.


Download 7,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish