Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi: O‘rganilayotgan mavzudagi tabiiy ofatlardan “yer silkinishi”ning xarakterlovchi belgilari va ko‘rsatkichlari keltiriladi; jumladan:
yer silkinish o‘chog‘ini chuqurligi;
silkinish amplitudasi;
yer silkinishining intensiv energiyasi;
tuproq zarrachalarini deformatsiyalanishi;
tog‘ jinslarining elektr qarshiligini o‘zgarishi;
yer osti suvlar sathining ko‘tarilishi;
yer osti suvlarida radon miqdorining ortishi;
uy hayvonlarining bezovtalanishi.
Bu ko‘rsatkichlarga qarshi boshqa bir tabiiy ofat, masalan “yer ko‘chki”sining xarakterlovchi belgilari keltiriladi; jumladan: tuproq zarrachalarining namlik darajasining oshishi, tuproq zarrachalarining mustahkamlik darajasining pasayishi, qiya sathli joylarda yoriqlarning paydo bo‘lishi, daraxtlarning to‘g‘ri o‘smasligi; uylarning konstruksiyasini buzilishi va boshqa ko‘rsatkichlar.
So‘ngra o‘rganilayotgan ikkala tabiiy ofatning xarakterlovchi ko‘rsatkichlari taqqoslanib, mulohaza yuritilib, ular to‘g‘risida muayyan bilimga erishiladi. Ammo ikkala ofat to‘g‘risidagi mukammal ma’lumotlarni ularning boshqa xususiyatlarini xarakterlovchi ko‘rsatkichlarni o‘rganish orqali amalga oshiriladi.
Chunonchi tabiiy ofatlarning har bir turi o‘zlarining kelib chiqish sabablariga, belgilariga, xususiyatlariga va keltiradigan salbiy oqibatlariga ega. Shuning uchun har bir ofat turini mukammal o‘rganish orqali o‘rganilayotgan mavzuni to‘liq yoritish imkoniyatiga ega bo‘linadi.
Mavzuni yoritish uchun guruh talabalari 5 kishidan 4 guruhga bo‘linadi va o‘qituvchi tomonidan guruhlardagi talabalarga o‘rganilayotgan mavzuning maqsadi va uni o‘tkazish tartibi tushuntiriladi.
”O‘zbekistonda kuzatiladigan tabiiy ofatlar va ularning oqibatlari” mavzusini o‘rganishda “Panorama” trening uslubi uchun tayyorlangan tarqatma materialning tuzilishi.
Har bir guruhga avvaldan tayyorlangan tarqatma materiallari tarqatiladi. Tarqatma materiallaridagi jadvalda ko‘rsatilgan “O‘zbekistonda kuzatiladigan tabiiy ofatlar va ularning oqibatlari” mavzusida ko‘zda tutilgan tabiiy ofatlardan birortasi masalan “yer silkinishi” tanlab olinadi. Tanlangan ofat turi bo‘yicha har bir guruh o‘z fikr-mulohazalarini tarqatma materillarga yozma ravishda bayon etadilar. Bu vazifalarni bajarish uchun 10 daqiqa vaqt beriladi. Guruhlar berilgan vaqtda vazifani bajarishgach, o‘qituvchi guruhdagi tarqatma materillarni guruhlararo almashtiradi. Guruh a’zolari ularga kelib tushgan tarqatma material varag‘idagi yozilmay qolgan ofat turlarining ko‘rsatkichlarini ajratilgan vaqt mobaynida varaqqa o‘z fikrlarini yozadilar.
Guruhlarda o‘zaro ishlash.
I II
10 min.
5min
5min.
5 min. 5 min.
IV III
Vazifa bajarilgach, tarqatma materillari yana guruhlararo almashtiriladi, guruh a’zolari tarqatma material varag‘idagi yozilmay qolgan yoki to‘latilmay qolgan bo‘limlarini to‘latib, o‘z fikrlarini yozib beradilar. Guruhlarda o‘zaro ishlash.
“O‘zbekistonda kuzatiladigan tabiiy ofatlar va ularning oqibatlari” mavzusidagi “Panorama” treningi uchun mo‘ljallangan tarqatma materialning tuzilishi.
Tarqatma materiallarini guruhlararo almashtirishda vazifalarni bajarish uchun 5 daqiqadan vaqt ajratiladi.
Tarqatma materiallari o‘z guruhlariga qaytgach, guruh a’zolari tarqatma materialda to‘plangan barcha ma’lumotlarni o‘qib, ular umumlashtiriladi, umumiy bir fikrga kelinib, guruh vakillaridan biri tayyorlagan ma’lumotni taqdimot qiladi. Taqdimotda mavzu yechimi, har bir tabiiy ofatga qarshi olib boriladigan chora-tadbirlar va ularni o‘rganish uslubiyatlariga e’tibor berish talab etiladi. Taqdimot vaqtida boshqa guruh a’zolari qo‘shimcha qilishlari yoki to‘ldirishlari mumkin.
Taqdimot tugagach, o‘qituvchi o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha bildirilgan ma’lumotlarni umumlashtirib, guruhlarning bajargan ishlarini baholaydi.
Dars oxirida o‘qituvchi mavzuga doir multimedia yoki videomaterial ko‘rishni, hamda talabalarni bo‘sh vaqtlarida mustaqil o‘qishlari uchun O‘zbekiston Respublikasi FVV ning “Muhofaza” jurnalini va “Vaziyat” gazetalarini tavsiya etadi.
Muammolar
|
Yuzaga kelish sabablari
|
Salbiy oqibatlari
|
Ofat
oqibatlarini tuzatish tadbirlari
|
O‘zbekistonning qaysi hududlarida va qachon kuzatilgan
|
Ofatga qarshi chora-tadbirlar
|
Yer silkinishi
Yer surilishi
Suv toshqini
Qurg‘oqchilik
Qor ko‘chkisi
Sel hodisasi
Kuchli shamollar
|
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |