Qaytarish uchun savollar:
1. Nuqson deb nimaga aytiladi?
2. Diagnostikalash tizimining tarkibi nimadan iborat?
3. Diagnostikaning nazorati nimadan iborat?
4-avzu: Mashinalarni diagnostikalashni nazariy tushunchalari va nazariy asoslari.
Reja:
4.1. Diagnostika ob’yektlari modellari: tuzilmaviy va funksional.
4.2. Nazoratga yaroqlilikni baholash ko’rsatkichlari: transport vositasining nazoratga yaroqlilik koeffitsenti, bo`laklarga ajratmasdan diagnostikalash koeffitsenti.
4.1. Diagnostika ob’ektlari modellari.
Diagnoz qo’yish jarayonida ob’ekt bevosita tadqiq etilmasdan, balki uning ideallashtirilgan modeli tadqiq etiladi va real texnik tizim birorta model bilan almashtiriladi. Diagnostika jarayonlari va ob’ektlarning matematik modellarini qurish quyidagi asosiy vazifalar tahlili bilan birga olib boriladi:
- nosoz va buzilgan elementlarni topishda diagnostik testlar yaratish usullarini ishlab chiqish;
- diagnostikalashning eng maqbul dasturini ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |